Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


Tadqiqotlarimiz 3 bosqichda amalga oshirildi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə10/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79
10.05.2023

Tadqiqotlarimiz 3 bosqichda amalga oshirildi.
Birinchi bosqichda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi- milliy ongning in’ikosi ekanligi nazariy jihatdan o‘rganilib tahlil qilindi. Unda milliy ongning psixologik talqini haqidagi ilmiy qarashlar, o‘zbek xalqining milliy psixologik xususiyatlari, o‘zbek xalq og‘zaki ijodida shaxsning psixologik qiyofasi va psixologik fazilatlarining talqini yoritildi.
Ikkinchi bosqichda o‘zbek xalq og‘zaki ijodining muhim sohasi o‘zbek xalq maqollari o‘rganildi, psixologiya fanlarini o‘qitishda misollar va namuna sifatida foydalanishi zarur bo‘lgan maqollar to‘plandi, tizimlashtirildi va tahlil qilindi hamda psixologiya fanlarni (umumiy psixologiya, ontogeniz psixologiyasi, pedagogik psixologiya va shaxs psixologiyasi) o‘qitishda ulardan psixologik himoya mexanizmi sifatida o‘rinli foydalanish rejalashtirildi.
Uchinchi bosqichda psixologiya fanlarini o‘qitish jarayonida foydalanish ko‘zda tutilgan o‘zbek xalq maqollarining quyidagicha tasnifi yaratildi va ularning mohiyati psixologik nuqtai nazardan talqin qilindi:
yoshlarda yuksak insoniy sifat va fazilatlarni (konstruktiv xulq – atvorni) tarbiyalashga yo‘naltirilgan maqollar;
kishilar fe’l-atvorida uchraydigan salbiy illatlarning zarari va oqibatlaridan (distruktiv xulq – atvor) ogoh etuvchi maqollar;
odamlarning narsalar, hodisalar va mehnatga bo‘lgan munosabatlarini (ratsionalizatsiya) tarbiyalashga xos maqollar;
shaxslararo munosabatlarni meyorlashtirish, yashash va turmush farovonligini ta’minlashga (giperkompensatsiya) yo‘nalgan maqollar.(Ular ilovada to‘liq berildi).
O‘zbek xalq maqollarining psixologik talqini va uning tub mohiyatini o‘rganish va anglashga doir tadqiqot ishlarini aqsariyat qismini universitetning psixologiya yo‘nalishi talabalari bilan o‘tkazdik. Tadqiqoqot ishlarini olib borish uchun asosan 2 ta (ikkita) guruh tanlandi. Har bir guruh tarkibida 30 nafardan (N =30) talaba mavjud. 1 chi guruhni tajriba (eksperiment) guruhi, 2 chi guruhni nazorat (kontrol) guruhi sifatida belgilab oldik.
Dastlabki tajriba ishlari ikkala guruhda ham bir vaqtda o‘tkazildi (tajribagacha). Keyinchalik tadqiqot ishlari tajriba guruhida muntazam olib borildi. (Psixologiya fanlarini o‘qitishda o‘zbek xalq maqollaridan foydalanish). Tajriba guruhining natijalari esa nazorat guruhi natijalariga muntazam qiyoslab borildi.
Olib borgan tadqiqotlarimiz natijalarini asosan uch bosqichdagi tekshiruvlarimiz (qiyoslash) asosida aniqladik. Ular quyidagi (1,2,3 jadvallarda) aks etgan.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin