Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə18/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79
10.05.2023

Birinchi bob bo‘yicha xulosalar
1. Ilmiy – nazariy manbalarni o‘rganish tahlillarimizga ko‘ra, psixologik himoya – subyektga ta’sir etuvchi ichki va tashqi mojarolar, bezovtalik, noqulaylik bilan bog‘liq bo‘lgan axborotlarni qabul qilmaslik va jarohatlovchi omillardan himoya qilishga qaratilgan shaxsning ongli psixologik munosabatlarini barqarorlashtirishning maxsus tizimi hisoblanadi.
2. Psixologik himoyadan foydalanish hissiy stressni yengillashtirish, xulq-atvorni tartibsizlantirishning oldini olish va qisqa vaqt ichida yangi ijtimoiy-psixologik sharoitlarga moslashish imkonini beradi. Ba’zi hollarda himoya mexanizmlari doimiy mojaro holatiga olib kelishi mumkin, shuning uchun destruktiv (halokatli) va konstruktiv (tuzatuvchi) psixologik himoya mexanizmlari sifatida tasniflanadi.
3. O‘zbek xalq maqollari orasida kishilar fel – atvorida uchraydigan salbiy illatlarning (distruktiv xulq - atvor) zarari va oqibatlaridan ogoh etuvchi maqollar keng o‘rin topgan bo‘lib, ulardan psixologiya fanlarini o‘qitish jarayonida talaba yoshlar tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida psixoterapevtik vositalar sifatida o‘rinli foydalanish mumkin.
4. O‘zbek xalq maqollari to‘plamidan shaxslararo munosabatlarni meyorlashtirish, yashash va turmush farovonligini ta’minlashga yo‘nalgan maqollar keng o‘rin olgan bo‘lib ular talaba yoshlarda muomala - munosabat odobini shakllantirishga, yashash va turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodida odamning narsalar, hodisalar va mehnatga bo‘lgan munosabatlarini tarbiyalashga xos maqollar anchagina bo‘lib, ulardan psixologiya fanlarini o‘qitish jarayonida hayotiy misollar sifatida foydalanilsa, yoshlarda narsalarga to‘g‘ri baho berish, voqealarni real va obyektiv baholash, halol mehnat qilishga o‘rganish, mehnatga xos bilim, malaka va mahorat kabi insoniy sifat va fazilatlar (konstruktiv xulq - atvor) shakllanadi.
5. Ilmiy psixologik adabiyotlarda konstruktiv psixologik himoya quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: konstruktiv psixologik himoyaning faoliyat ko‘rsatish asosi bo‘lib, fikrlash va tasavvur qilish jarayonlari hisoblanadi; konstruktiv psixologik himoyani qo‘llash ro‘hiy jarohatlaydigan vaziyat mazmuniga mos keladi; konstruktiv psixologik himoyaning amal qilishi ongli ravishda amalga oshiriladi va aks ettirish orqali nazorat qilinadi; konstruktiv psixologik himoya himoya mexanizmlaridan mo‘tadil foydalanishning keng spektriga tayanib, tashqi ijtimoiy va psixologik moslashuvchanlikni nazarda tutadi; konstruktiv psixologik himoya shaxsning hayotiy muammolarini qoniqarli hal etishni ta’minlaydi; shaxslararo o‘zaro munosabatlarda konstruktiv psixologik himoya shaxsning jadal rivojlanishini, va uning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin