Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


III BOB. SHAXS PSIXOLOGIK HIMOYA MEXANIZMI STRUKTURAVIY-FUNKSIONAL HOLATINI EMPIRIK TAHLILI



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə26/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79
10.05.2023

III BOB. SHAXS PSIXOLOGIK HIMOYA MEXANIZMI STRUKTURAVIY-FUNKSIONAL HOLATINI EMPIRIK TAHLILI.
3.1. Psixolog kasbiy faoliyatida psixologik himoya mexanizmining meyoriy namoyon bulish ifodasi
Kasbiy faoliyatda psixologik himoyaning namoyon bo‘lish muammosini tadqiq etish hozirgi zamon psixologiya fanining dolzarb masalalaridan biridir. Adabiy manbalarning tahliliga ko‘ra kasbiy faoliyatda psixologik himoyaning bo‘lishi maqsadga muvofiqlikni tasdiqlaydi. Biz tadqiqotimizda o‘rgangan psixologning kasbiy faoliyati va undagi psixologik himoyaning namoyon bo‘lishiga xos jihatlarga ilmiy-psixologik izoh beramiz. Shaxs yoki guruhlarning munosabatlariga xos psixologik qonuniyatlarni o‘rganish, maqsadga muvofiq o‘zgartirish va shakllantirish, ularning samaradorligini oshirish bilan tashqi olam-borliqdan subyektiv qoniqishni hosil qilish faoliyati psixologning kasbiy faoliyatini tashkil etadi. Psixolog faoliyati o‘quvchi shaxsining ijtimoiylashuv jarayonini ta’minlaydi, bu esa kasbiy funksiyalarda o‘z izini qoldiradi. Psixolog nafaqat insonning individualligi namoyon bo‘lishi bilan shug‘ullanadi, balki o‘zi ham individuallikka ega, u doimo turli yoshdagi, ijtimoiy va madaniy toifadagi kishilarga duch keladi, alohida shaxs va odamlar uyushmasi bilan muntazam muloqot qilish uning asosiy vazifalari ro‘yxatiga kiradi. Psixolog ish faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, turli ijtimoiy guruhlar bilan kasbiy muloqot qilish uchun undan mutaxassis mahoratini, shuningdek, muayyan shaxsiy fazilatlar va kasbiy bilimlarni talab qiladi. Shuning uchun psixologni tayyorlash murakkab shaxsiy va kasbiy tayyorgarlik jarayoni bo‘lib, unda nafaqat kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni belgilangan darajasi, balki unda umumiy axloqiy-madaniy saviya, shaxsiy xususiyatlar, ma’naviy-axloqiy sifat va fazilatlarni ham shakllantirish maqsadga muvofiqdir.
Shaxsiy fazilatlar, R.V. Ovcharovaning fikriga ko‘ra, amaliy psixologning boshqa odamlar qalbiga yo‘l topish kaliti hisoblanadi. [94;440] Ichki mojaro, shaxsiy muammolar haqida o‘ylash odamlar bilan samarali professional muloqot qilishga xalaqit beradi. R.V. Ovcharova amaliy psixologning zarur bilim, ko‘nikma va professional jihatdan muhim fazilatlari ro‘yxatini taqdim etadi:
1. Psixolog o‘zining shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlaridan xabardor bo‘lishi kerak.
2. Psixolog o‘zining hissiy holatini nazorat qila olishi kerak.
3. Psixolog kasbiy jihatdan muhim sifatlarni tarbiyalashi zarur, ulardan eng muhimi-yutuqqa erishish uchun ehtiyoji yuqori bo‘lgan "men" ning kuchi, o‘zini-o‘zi tshg‘ri tanqid qila olishi, hissiy barqarorlik, quvnoqlik va optimizmning meyoriy rivojlanganligi.
4. Psixolog o‘quvchilarning yosh va tipologik xususiyatlarini, ta’lim va rivojlanish o‘rtasidagi psixologik qonuniyatlar mushtarakligini bilishi kerak.
5. Psixologning talabalar bilan ishlash jarayonida tashkiliy, kommunikativ, psixodiagnostik ko‘nikmalar, shaxsga xos xususiyatlarning rivojlanish variantlarini oldindan ko‘ra bilish qobiliyati, psixoprofilaktik va psixokorreksion mahorati alohida o‘rin tutadi.
Psixologning ish faoliyatiga mos kelmaydigan quyidagi shaxsiy hususiyatlar: shaxsiy va kasbiy jihatdan yetarlicha shakllanmaganlik, simpatiyaning yetishmasligi, ortiqcha sustlik va loqaydlik, "Ego" kuchining pastligi, stressga qarshilik ko‘rsatishning yomonligi, tashvishlanishning yuqoriligi, intellektning pastligi, muammolarni hal qila olmaslik, o‘rinsiz tashvishlanish va aybdorlik hissi hamda tashkilotchilikning past darajasidir.
K.K. Platonovning baholashicha psixologiya, ayniqsa, diqqat bilan o‘rganilishi kerak bo‘lgan professional faoliyat turidir. Professional faoliyatning obyekti-bu shaxsdir, shaxs haddan tashqari juda murakkab va o‘zgaruvchan, psixologik bilimlarning xilma-xilligi va nomuvofiqligi ularning mahoratini murakkablashtiradi, psixologning professional pozitsiyasiga diniy, badiiy, mistik g‘oyalar ta’sir qiladi, shuning uchun psixologiyada professionalning shaxsga bo‘lgan talablari ayniqsa yuqori va faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan shaxsiy fazilatlarning roli boshqa kasblarga qaraganda ancha yuqori bshlishni taqozo etadi. Psixologning shaxsiyati tadqiqot va amaliy ishlarning vositalaridan biri bo‘lib, uning xususiyatlari kasbiy faoliyat natijalari va usullariga ta’sir qiladi. O.N. Rodina, N.N. Zotova professionalizmni ikki pozitsiyadan ko‘rib chiqishni maqsadga muvofiq deb baholaydi: zarur bilim, malaka va mahoratlarga ega bo‘lish, shuningdek, insonning psixologik xususiyatlariga ko‘ra, kasb talablariga rioya qilish. Psixologning professionalizmi ma’lum darajada uning psixologik xususiyatlari bilan aniqlangan, ular orasida mualliflar: hissiy va shaxsiy xususiyatlar (motivatsiya, subyektiv nazorat darajasi, hissiy barqarorlik, boshqa odamlar bilan o‘zaro aloqani belgilaydigan fazilatlar), aql va ularning faoliyatini tashkil etish, ko‘rsata bilish qobiliyatlaridir.
A.I. Donsov va G.M. Belokrilovalarning ta’kidlashicha, psixolog dunyosi manzarasining professional shakllanish elementlari professional shakllanishning dastlabki davrida namoyon bo‘ladi, yanada keyingi ta’lim olish jarayonida sezilarli darajada o‘zgarmaydi. Psixolog talabalarning kasbiy dunyoqarashi inson va jamiyat haqidagi ilmiy-nazariy va amaliy psixologik bilimlarning kesishuvida shakllanadi, kundalik interpretatsii (talqin) sxemalaridan, metaforik va shtamplarning va stereotiplarning tarqalishi bilan tavsiflanadi.
O.B. Polyakovaning tadqiqotlariga ko‘ra, psixolog kasbini tanlashning o‘ziga xosligi nafaqat psixologiyaning ilmiy-nazariy va amaliy mavzular doirasida bilim egallash, balki o‘z-o‘zini bilish va shaxsiy muammolarni hal qilish usullariga ham e’tibor qaratishdan iborat. Psixolog kasbini tanlaganda psixologik tayyorlikning asosi bo‘lgan bo‘lajak mutaxassislarning o‘z-o‘zini bilish ehtiyojlarini qondirish va shaxsiy muammolarni hal qilishda kasbiy motivatsiyani aktuallashtirish hisoblanadi.
YE.G. Yefremov psixologning kasbiy faoliyatida o‘z-o‘zini anglashning rolini o‘rgangan. Muallifning fikriga ko‘ra, mutaxassisning asosiy vazifasi, mijozga shunday sharoit yaratib berish kerakki, unda u o‘zining haqiqiy his-tuyg‘ulari va ehtiyojlarini ro‘yobga chiqara olishi, hulq-atvor stereotiplarini tahlil qilib, o‘zini qabul qiladi va shu bilan tuzatish va o‘z-o‘zini takomillashtirishni amalga oshira olishi kerak. Ammo bunday shart-sharoitlarni yaratish uchun psixolog o‘z-o‘zini qabul qilishga, o‘zining potensial qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga asoslangan o‘z konsepsiyasiga ega bo‘lishi kerak, shuning uchun psixologning majburiy sharti bo‘lib o‘z-o‘zini anglash va adekvat Men konsepsiyasini rivojlantirish maqsadida o‘z ustida ishlash kiradi. Men-konsepsiyasi xususiyatlariga ega bo‘lgan shaxsning hulq-atvor strategiyasiga ta’sirini V.I. Golovanevskaya o‘rgangan. Men-konsepsiyasining kaliti komponentiga ega bo‘lgan hulq-atvor strategiyasi uchun “yehtimolli Men” tushunchasi amalga oshadi, chunki ko‘plik tanlov vaziyatida prognoz va o‘z-o‘zini prognozlash funksiyasi faollashadi (“yehtimolli Men” qisqa vaqtni o‘z ichiga oladi va o‘z-o‘zini modellashtirish uchun o‘rinish boshlanadi.)
YE.G.Ovchinnikova kasbiy mehnat faoliyatining xususiyatlarini o‘zgartiradigan identifikatsiya inqirozini hal qilish usullarini o‘rganib chiqqan. Eksperimental tadqiqotlari natijalariga asoslanib, muallif identifikatsiya inqirozini hal qilishga hissa qo‘shadigan omillarni aniqlagan: qiymat tizimining o‘zgarishi, refleksning kuchayishi, o‘z motivlari va ehtiyojlarini tushunishga harakat qilish va konstruktiv pozitsiyalardir. Konstruktiv yo‘nalishda (kasb egallash bosqichlarida) voqelikning salbiy va ijobiy hodisalari keyingi o‘sish va rivojlanish manbalari sifatida ifodalanadi.
Kasbiy rivojlanish turli xil qarama-qarshiliklar bilan belgilanadi, ammo ulardan yetakchisi va eng muhimi shaxsning ichki ziddiyatidir. Ichki ziddiyatlarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishga ta’siri muammosi K.A. Abulxanova-Slavskaya, L.I. Ansiferova, F.YE. Vasilyuk, I.A. Vishnyakov, A.I. Zaxarov, YE.S. Kalmikova, G.S. Kostyuk, V.N. Myasishev va boshqalar tadqiqotlarining asosiy predmeti (bosh mavzusi) bo‘lgan. Shaxsning ichki qarama-qarshiliklari shaxsning o‘z-o‘zini anglashidagi u yoki bu meyorlarga mos kelmaydigan muayyan tendensiyalarning subyektiv ta’surotlarini, ularning rivojlanishi jarayonida o‘zaro manfaatli bo‘lishi va bir-biriga zid kelishini ifodalaydi.
Ichki ziddiyatlar shaxsning rivojlanishi uchun faqatgina asos bo‘lib hisoblanadi. Kasbiy rivojlanishning yo‘nalishi o‘z-o‘zini anglash darajasi, tashqi ta’sirlarga nisbatan mustaqillikka intilish, o‘z-o‘zini faollashtirish, kasb mazmun-mohiyatini bilish, o‘z ruhiy holati haqida o‘ylash, ijodiy yondoshuvni kuchaytirish, o‘ziga nisbatan hurmat-ye’tiborni saqlash, hulqdagi tajovuzkorlikning pastligi, o‘ylab, fikrlab ish qilishi bilan belgilanadi. Ushbu tadqiqotda psixolog kasbini egallayotganlar tomonidan qo‘llaniladigan psixologik himoyaning sifatli xususiyatlari ham kasbiy rivojlanish yo‘nalishini aniqlashga qodir deb taxmin qilinadi.
YE.S. Romanova shaxs psixologik himoya mexanizmlarini kasbiy faoliyatning keyingi yo‘nalishini belgilaydigan kasbiy rivojlanish va shaxsiy kasb tanlash omillaridan biri deb hisoblaydi. "Professional shaxsning psixologik himoyasi-ongning maxsus funksiyasi sifatida namoyon bo‘ladi, subyekt uchun nomaqbul bo‘lgan va keyingi faoliyatida almashtirish bilan yoki shaxs uchun yanada qulay imkoniyatga o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lishi kerak bo‘lgan, shunday mantiqiy tizimlashgan istiqbolli ko‘rinishni anglash sohasidan "olib tashlash" vazifasiga aylanadi. Psixologik himoya kasbiy faoliyat subyektiga yuzaga kelgan hayotiy qiyinchiliklarni yengib uzi uchun eng maqbul yo‘lni topish imkoniyatini beradi. [113;563]
Inson o‘z hayotini tashkil etishda shaxsiy intilishlar va ehtiyojlarini qondirishga intilar ekan, shunday hulq-atvorning va hissiy holatni tartibga solish tuzilmasida ongli va ongsiz o‘zaro ta’sir mexanizmlari, psixologik himoya kabi kasbiy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi va shaxsning ichki zo‘riqishini, shaxsiy va kasbiy nizolar rivojlanishining ehtimoliy yo‘nalishlarini aniqlaydi. Professional shaxsiy himoyaning kelib chiqishini YE.S. Romanova “tayyor emaslik”ning turli shakllari bilan, ya’ni to‘liq shaxsiy tayyorgarlikning tegishli tarkibiy qismlarini shakllantirishning yetishmasligi bilan bog‘lagan. [113;416] Masalan, “ishlashni istamaslik, o‘zi-o‘ziga ortiqcha yuklamaslik” (umumshaxsiy tayyorlik), ma’lum ishni bajara olmaslik (operativ tayyorlik), “ish joyidan qoniqmaslik” (motivatsion tayyorlik). Muallifning ta’kidlashicha, psixologik himoya psixikaning dinamik tarkibiy qismi sifatida shaxsning ichki zo‘riqishini yuzaga keltiradi va strukturlaydi(tuzadi) va subyektning borliq olamga, jamiyatga va o‘zining kasbiy martabasiga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai-nazardan YE.S. Romanovaning fikriga ko‘ra, shaxsning qiziqishlari va qobiliyatlari jamiyat va kasbiy faoliyat tomonidan subyektga bo‘lgan talablar tizimi bilan birlashadi. Yuqorida ko‘rsatilgan tashqi muammolarning hal etilmaganligi kasbiy ishning samarasizligini va o‘z ishidan qoniqmaslikni yuzaga keltiradi. Muammoning ichki jihatlarini hal etilmasligi psixologik himoya mexanizmlarini o‘z ichiga olgan ichki keskinlik va shaxsiy nizolarni keltirib chiqaradi.
M.F. Sekach, YE.S. Kaminerlarning ilmiy izlanishlarida ijtimoiy-psixologik vaziyat ta’sirida ruhiy barqarorlik tizimida psixologik himoya shakllanganligi qayd etilgan. Kasbni egallash va yoshga oid tajribaning ortishi bilan bir qatorda, oliy ta’lim dargohida psixologik himoya mexanizmlarining transformatsiyasi sodir bo‘ladi. Psixologik himoya mexanizmlarinining yetarli darajadagi transformatsiyasi ijtimoiy-psixologik talablar oshgan sharoitlarda muvaffaqiyatli moslashishga yordam beradi.
M.V. Sheburakov kasbiy muhitning salbiy psixologik ta’sirlariga shaxsiy tolerantlikni shakllanishini o‘rgangan. Muallifning fikricha, salbiy psixologik ta’sirlarga bo‘lgan tolerantlik tushunchasi psixologik himoya va psixologik xavfsizlik tushunchalari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Psixologik xavfsizlik holatini, tolerantlikni shakllantirishni hamda faoliyat subyektining psixologik xavfsizligini ta’minlovchi asosiy mexanizm -bu psixologik himoyaning turli mexanizmlari va darajalaridir. Ichki shaxsiy psixologik himoya asosan ichki psixologik bezovtalikdan va shaxslararo psixologik himoya esa tashqi psixologik ta’sirdan himoya qiladi. Psixologik himoya majmuasining faoliyat ko‘rsatishi, mutaxassisga qulay va salbiy sharoitlarda ham kasbiy faoliyatni samarali va muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi. Shaxsiy rivojlanish, borliq olam bilan konstruktiv munosabatda bo‘lish va psixologik himoyani faollashtirish shartidir.
O.G. Vlasova psixologik himoya va shaxs rivojlanishi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni aniqlagan. Muallif universitet talabalarining kasbiy tayyorgarligi tizimida shaxsni tartibga solish mexanizmlarini o‘rganish asosida pedagogik yordam ko‘rsatishi kerak deb taxmin qilgan. Bu shartning bajarilishi talabalarning nafaqat shaxsiy, balki kasbiy takomillashuvini ham ta’minlaydi.
Y.F. Zeyer, YE.V. Yeslikova shaxsning professional o‘z-o‘zini aniqlash va baholash muammolarining xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullangan. Mualliflarning fikriga ko‘ra, psixologik himoya professional o‘z-o‘zini anglash muammosini "professional-neytral" hal qilish usuli sifatida xizmat qiladi. Xulq-atvorning himoya usuli bo‘lgan konstruktiv va destruktiv xulq-atvor o‘rtasida o‘rta pozitsiyani egallaydi, muammolarni hal qilishdan qochish, muammoning mavjudligini inkor etish, boshqa faoliyat sohasiga qayta yo‘naltirish va unda o‘zini uzi anglab olishni o‘z ichiga oladi. Bunday xatti-harakat strategiyasidan foydalanadigan shaxs o‘zini o‘zi hurmat qilish, fatalizmga moyillik, befarqlik va kasbiy rivojlanish istagi yo‘qligi bilan ajralib turadi. Nizoli vaziyatda konstruktiv xulq-atvor usulini tanlash tafakkurning rivojlanishi, nazorat lokusi, o‘z-o‘zini hurmat qilish va o‘z-o‘zini faollashtirishga intilish bilan belgilanadi. [54;245]
Tadqiqotlarimiz tahlillariga ko‘ra, koping xulq-atvor motivatsiyasi namoyon bo‘lishi hayotiy qiyin vaziyatlarda (yoki stressda) shaxsning anglangan strategiya harakatlari orqali shakllanadi va rivojlanadi. Bu anglangan xulq-atvor faol o‘zgarishga yo‘nalgan bo‘lib, vaziyatni boshqarib turishni imkoni bo‘lmasa, uni tubdan o‘zgartiradi, yoki nazorat ostida ushlab turadi, hech bo‘lmaganda unga ko‘nikadi. Bunday yondashuvda koping strategiyalari anglangan ijtimoiy xulq-atvorning alohida elementi sifatida qaraladi va uning yordamida inson hayotiy qiyin vaziyatni bartaraf eta oladi. Bu jarayon aynan talabalar faoliyatida o‘ziga xos tarzda namoyon etiladi. Demak, talabalardagi koping strategiyalari xuddi kattalarniki singari asosan, xulq-atvor, emotsional va kognitiv tarzda namoyon bo‘ladi.
Yengib o‘tish strategiyasini tekshirishga yo‘nalgan bir qator nazariyalar mavjud. Jumladan, I.M. Nikolskaya va R.M. Granovskaya mazkur strategiyani uchta asosiy tarkibdan:
- xulq-atvor;
- emotsional;
- kognetiv (bilish) tarkibdan tashkil topganligini izohlaydilar.
L.I. Ansiferova [42;18] tadqiqotlarida sifatli konstruktivlikka asoslangan quyidagi strategiyalarni ajratib ko‘rsatadi:

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin