Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


Yengishning o‘zgartiruvchi strategiyalari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə27/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79
10.05.2023

Yengishning o‘zgartiruvchi strategiyalari. Vaziyatni yuqori darajada o‘zgartirish imkoniyati haqidagi qarorni qabul qilib, kishi uni muammo sifatida shakllantiradi: u tugal va oraliq maqsadlarni belgilab oladi, maqsadga erishish yo‘llarini aniqlaydi, hal qilish rejasini tuzadi. Bunda odam o‘zining boshqa sohalardagi muvaffakiyatlarini eslaydi, yengish extimoli murakkab sinovlarga psixologik tayyor turish imkonini yaratadi.
Moslashish usullari. Mazkur usul turlariga yuqori darajada fikr yuritish kiradi, bunday shaxslar noma’kul va ma’naviy og‘ir hissiyotlardan ijobiy jixatlarni kidirib topishga urinadilar. Moslashish usullariga rolli xulq xam kiradi, bunda inson o‘ziga ma’lum rolni mujassamlashtiradi va bor kuchini ishga solib unga mos ravishda o‘zini to‘tadi.
Muammoli va stressli vaziyatlarda talaba o‘zini o‘zi saqlashning yordamchi usullari. Bunday usullarga emotsional buzilishlar bilan kurashish texnikalari kiradi. Masalan, salbiy vaziyatlardan chikish fakat amaliy jihatdan emas, psixologik jihatdan bo‘lishi kerak. O‘tib ketadigan vaziyatdan kochadigan shaxslar - bu juda ko‘p omadsizlikka duchor bo‘lgan va hafsalasi pir bo‘lgan insonlardir. Barcha xavotirli vaziyatlardan kochish, ularning individual psixologik xususiyatiga xosdir. Bunday vaziyatlarda inson o‘zidagi salbiy emotsiyalar va og‘riqli hissiyotlar bilan psixologik imkoniyatlariga tayanib kurashish strategiyasini tanlaydi. Mazkur usullar nokonstruktiv hisoblanadi, chunki ular muammoni bartaraf etmaydi, biroq, ular adaptiv bo‘lib psixologik holatni yengillashtiradi.
Xulq-atvorning nokonstruktiv strategiyalari qatoriga psixologik himoyaning turli usullarini – muammoni ongdan siqib chiqarishdan tortib, impulsiv xulq, emotsional tangliklar, agressiv xulq-atvorni shular jumlasiga kiritish mumkin.
O‘zini o‘zi himoyalashning tarkalgan usullariga inkor etish texnikasi xam kiradi. Bu usul tugallangan jarohatlovchi vaziyatni qabul qilishdan bosh tortishdan iborat. Inkor etish subyektga hodisani kichik miadorda qayta ishlash imkonini beradi. Yenguvchi xulq yengishning samaraliligi nuqtai nazaridan farqlanadi. Koping samarasini uni tugallagandan so‘ng baholash zarur, ya’ni muammoli yoki stressli vaziyat inson uchun ahamiyatsiz bo‘lib qolganda yoki yangi vazifalarni yechishga energiya ajratilishi holatlarida baholash zarur. Juda ko‘p psixologik manbalarda samarali yengish mezoni insonning psixologik muvaffakiyati bilan bog‘lik, bu xavotirlanishning pasayishi, psixosomatik simptomatika, depressiv ko‘rsatkichlarning kamayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Demak talabalik davri koping-strategiya imkoniyatlaridan unumli foydalanish uchun muhim ahamiyat kasb etishi bilan xarakterlanadi. Bu esa talaba yoshlarda o‘zini-o‘zi himoya qilishga karatilgan psixologik mexanizmlar shakllanishida muhim o‘rin to‘tadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin