Subyektiv muljal oluvchi tip, stressli vaziyatlarni yengish jarayonida vaziyatni hissiy hal qilib, aniq vazifani bajarishga, mavjud muammoli holatni muhokama qilishni istashmaydi, ular o‘zlarining g‘am-tashvishlarini salbiy emotsiya vositalar bilan himoyalab, bunday vaziyatdan alkogol, uyqu, ovqat vositasida chiqaradilar. Ular o‘zlarining emotsional zaxiralarini tiklashda passiv strategiyalardan jadalroq foydalanadilar, tabiiyki insonda mavjud masala bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lmasa yoki mavjud imkoniyatlaridan foydalana olish qobiliyatiga ega bo‘lmasa stressor bosimi pasayadi.
Muammoga muljal oluvchi tip vakillarida esa- muammoli vaziyatni yuqori darajada barataraf etishga qaratilgan bo‘lib, ularda mavjud vaziyatni mustaqil tahlil qila olishga, qo‘shimcha manbalardan ma’lumot izlashga nisbatan moyillik kuzatiladi.
S.Folkman va R.Lazaruslar kopingni maxsus moslashuvchan xulq- atvorining beshta asosiy vazifalarini bo‘lib chiqqan:
salbiy holatga nisbatan uning ta’sirchanligini pasaytirish va faollik imkoniyatlarini yuksaltirish;
“Men” siymosini ijobiy qo‘llab-quvvatlash va o‘z imkoniyatlariga ishontirish;
yoqimsiz vaziyatlarga qayg‘urish;
hissiy muvozanatni qo‘llab-quvvatlash;
boshqalar bilan talab darajasida o‘zaro yaqin munosabatlarni o‘rnatish va saqlab qolish kabilar.
“Hayotiy muammolarni yengish” kategoriyasining o‘zi ham stressli vaziyatlarda insonni hayoti uchun ahamiyatli hisoblanadi. Albatta, bu o‘zgaruvchan jarayon ekanligini qayd etish lozim. Psixolog olimlar T.Uills va S.Shifman “Hayotiy muammolarni yengish” jarayonini uch bosqichga bo‘lib talqin qilishgan:
Birinchi bosqich- ogohlantirish bosqichi bo‘lib, ushbu bosqichdagi faoliyatda shaxs hayotiy salbiy holatlarni yechimini topish orqali sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan murakkablikni bartaraf etadi.
Ikkinchi bosqich - muammoni bevosita hal qilish bosqichida real muammoni hal qilishda aqliy bilish va xulq-atvor imkoniyatlaridan keng foydalanadi.
Uchinchi bosqich - shaxs yuzaga kelgan holat natijalariga tanqidiy yondashib, o‘ziga oladigan salbiy ta’sirlarni pasaytirib, hayotiy normal holatga tezroq qaytish orqali o‘zlarini tiklashlari nazarda tutiladi.
Yuqoridagilarga asoslanib, koping xulq-atvor o‘zida insonning stress holatiga nisbatan o‘ziga xos munosabatni namoyon etadi, deyish mumkin. Tabiiyki, qachon inson stressni his qila olsa, turli muammoli vaziyatlarda uni ongli ravishda bartaraf etishga urinadi. Bunda subyekt xulq-atvorining odatiy va hayotida erishgan yutuqlariga (ijtimoiy tajribaga) asoslanib, odatdagi salbiy jihatlarini yengishdagi xususiyatlarni inobatga olmaydi.
Barcha amaliy koping xulq-atvor mutaxasisslarining umum fikrlariga kura, shaxs o‘zidagi shaxsiy qurilmalariga ega bo‘lib, uning yordamida inson o‘zida vaziyatga mos qiyinchilikni yengish strategiyalarini rivojlantirar ekan.
Tajribalarga tayangan holda Folkman va Lazarus insonlarda uchraydigan yokimsiz juda ko‘p (67 ta) holatga nisbatan javob reaksiyasini baholovchi “Yenga olish qobiliyati” metodikasini ishlab chiqqan. Faktorli tahlil natijalariga asosan yenga olish qobiliyati quyidagi strategik yo‘nalishni o‘z ichiga olishi bilan ahamiyatli hisoblanadi: