Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


-rasm Konstruktiv psixologik himoyani shakllantirish modelining stixiyali darajasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə37/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79
10.05.2023

2-rasm Konstruktiv psixologik himoyani shakllantirish modelining stixiyali darajasi.
Stixiyali darajasi elementlar bilan ifodalanadi: emotsional (1.1.) va hulq-atvorli (1.2.). Modelning emotsional elementi (1.1.) modelda shaxsning psixologik himoyasi tizimi bilan ifodalanadi, bu esa o‘z-o‘zidan faoliyat darajasida ongsiz qo‘llanishi bilan tavsiflanadi, ibtidoiy mexanizmlar yordamida yuqori umumiy keskinlik (50% dan ortiq): "inkor"," ko‘chish","o‘rin almashtirish","regressiya".
Keskinlikka sabab bo‘ladigan o‘zaro ta’sir holati kognitiv tahlilga tortilmaydi, sodir bo‘lgan hodisalar unutiladi, e’tibordan chetda qoladi, salbiy emotsional reaksiyalar boshqalarga o‘tkaziladi, infantil xatti-harakatlar namoyon bo‘ladi. Hulq-atvor elementi (1.2.) vaziyatni hal qilish uchun shaxs tomonidan foydalaniladigan koping strategiyasini xarakterlaydi.
Stixiyali darajada, vaziyatni hal qilish uchun har qanday harakatlar oldini olishning o‘zida namoyon bo‘ladi.
"Kuchirish" strategiyasi qandaydir faoliyat turiga o‘tish, xayol surish orqali keskinlikni vaqtincha yengillashtirish imkonini beradi, bu esa muammoli vaziyatni hal qilishni sezilarli darajada susaytiradi.
Shunday qilib, model faoliyatining stixiyali darajasida shaxsni psixologik himoya qilish tizimini faollashtiruvchi ziddiyatlar amalga oshmaydi, bundan tashqari, ularning ahamiyati sun’iy ravishda kamayadi, bu esa konstruktiv harakatga imkon bermaydi.
Model faoliyatining keyingi darajasi empirik bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlarini muhokama qilamiz.





3-rasm. Konstruktiv psixologik himoyani shakllantirish modelining empirik darajasi
Stixiyali modelning empirik darajasiga o‘tish shartni kiritish bilan joriy etiladi: shaxsiy xususiyatlardan xabardorlik (shu jumladan psixologik himoya ham).
Ushbu psixologik-pedagogik shart-sharoitlar "shaxsni konstruktiv psixologik himoya qilish muammolari" maxsus kursining diagnostik va nazariy bloklarida amalga oshiriladi.
Element 2.1. bu qisman ong darajasida namoyon bo‘lgan "proyeksiya", "ratsionalizatsiya" himoya mexanizmlari bilan ifodalanadi, ular esa faoliyat va muloqotdagi qiyinchiliklarni qisman bartaraf etishga imkon beradi. Psixologik himoya mexanizmlarining umumiy intensivligi meyoridadir (42-50%).
"Proyeksiya" mexanizmi boshqa shaxslarga bo‘layotgan voqealar uchun javobgarlikni o‘tkazishda namoyon bo‘ladi, lekin vaziyat mazmunini semantik qayta ishlash belgilanadi. "Ratsionalizatorlik" mexanizmi talabaga joriy vaziyatning sabablari va oqibatlarini mantiqiy operatsiyalar orqali tushuntirish imkonini beradi.
Element 2.2. shaxsning “muammoni hal etish” koping hulq-atvor strategiyasidan foydalanib, muammoli vaziyatni hal qilishga imkon beradi, bu strategiyani qo‘llashda shaxs maqsadga erishish uchun o‘z resurslarining maksimal qismidan foydalanadi.
Element 2.3. insonning ichki ruhiy harakatlar va holatlarini tan olish va baholash qobiliyatini tavsiflaydi. O‘rganilayotgan modelda o‘z-o‘zini anglash xususiyatlari: o‘z-o‘zini hurmat qilish, o‘z-o‘zini nazorat qilish faoliyati bilan ifodalanadi.
O‘z-o‘zini baholash qiyinchiliklarni yengish uchun turli urinishlar o‘rtasida aloqani ta’minlaydi. O‘z-o‘zini yetarli darajada hurmat qilgan o‘quvchilar o‘z qobiliyatlarini va ularni amalga oshirish imkoniyatlarini bilish orqali, psixologik himoyaning samarali faoliyat ko‘rsatishi tufayli har bir voqeani stressli holat sifatida talqin qilmaydilar. O‘z-o‘zini hurmat qilishning past darajasiga ega talabalar, tahdid ta’siri ostida yuqori tashvish darajasiga egadirlar, o‘zlarini tahdidga qarshi tura olmaydigan deb hisoblaydilar. Psixologik himoya tizimi ular uchun samarasizdir. O‘rganilayotgan modelda, o‘z-o‘zini nazorat qilish, qo‘llanilgan psixologik himoya mehanizmlarining ko‘rinishlarini tahlil qilish va tartibga solish uchun mo‘ljallangan. Faollik ko‘rsatkichi muammoli vaziyatni hal qilish uchun qilingan sa’y-harakatlarning intensivligini baholaydi. Shunday qilib, model faoliyatining empirik darajasi insonning harakatlari va xulq-atvorini anglashi bilan belgilanadi.
Odamlar bilan muloqot qilishda kasbiy faoliyatga bog‘liq bo‘lmagan shaxslar uchun bu daraja yetarli bo‘lishi mumkin. Modelning empirik darajasidan nazariy darajasiga o‘tish shart-sharoitlarni joriy etish orqali amalga oshiriladi: shaxsiy xususiyatlarni anglash (jumladan, psixologik himoyani ham), psixologik himoya faoliyati haqidagi bilimlar tizimini o‘zlashtirish bilan amalga oshiriladi. Belgilangan psixologik-pedagogik shart-sharoitlar "shaxsni konstruktiv psixologik himoya qilish muammolari" maxsus kursining diagnostik, nazariy va instrumental bloklarida amalga oshiriladi.




Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin