3.4. Psixologik himoyaning tuzilishi va funksional modeli. Konstruktiv psixologik himoyani shakllantirish modeli tadqiqot muammosining nazariy tahlili va shaxsning konstruktiv psixologik himoyasini shakllantirishning psixologik-pedagogik shart -sharoitlarini belgilash asosida qurilgan.
Konstruktiv psixologik himoyani shakllantirish va himoyaning destruktiv usullarini yengish shartlari turli psixologik nazariyalarda ko‘rib chiqilgan. Psixologik himoya mexanizmlarini bartaraf etish g‘oyasi birinchi marta Z. Freyd tomonidan shakllantirilgan. [143;448] Psixoanalizning asosiy psixoterapevtik pozitsiyalaridan biri bemorning psixologik himoya mexanizmlaridan foydalanish haqidagi xabardorligi bo‘lib, ularning ta’sir effekti butunlay olib tashlanadi.
O‘zaro munosabatlarda faol pozitsiyani ongdan siqib regressiyaga uchragan narsalarni qaytaradigan va psixologik himoyaning halokatli qo‘llanilishini bartaraf etadigan psixoterapeya egallaydi. Gumanistik psixologiyada himoya inkongruyent xulq-atvor usuli sifatida ko‘rib chiqiladi, konstruktiv himoyani shakllantirish kongruyensiyaga erishish metodlari orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.
K. Rodjers dastlab ana shunday muammolarni hal qilish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, mijozning shaxsini o‘zini-o‘zi qabul qilish va o‘zini-o‘zi dolzarblashtirish uchun sharoit yaratish psixoterapevtik amaliyotning asosiy maqsadi deb hisoblagan. Terapevtning asosiy vazifasi mijozning xavfsizligini kamaytirishi va ularning haqiqiy his-tuyg‘ularini, fikrlarini va ziddiyatlarini xolisona ko‘ra oladigan vaziyatni yaratishdan iborat. Terapevt yordamida mijoz "o‘zining ichki hayoti"ga xos tajribasini qabul qiladi, anglaydi, qayta ishlaydi va o‘zlashtiradi. Himoyaning konstruktiv usullari o‘z-o‘zini qabul qilish, vaziyatni tahlil qilish va o‘z ustida ishlash natijasida hosil bo‘ladi. Geshtalt terapiyada destruktiv psixologik himoyani bartaraf etish, xabardorlik texnikasi yordamida va bemorni yetuklik tomon harakatlantirish orqali erishiladi. Yetuklikka erishish sharti o‘z ehtiyojlari iyerarxiyasini tushunish, tashqi va ichki muvozanatni o‘rnatishdir.
F. Perlz himoyadan foydalanish o‘z ehtiyojlarini noaniq tushunish va o‘zi hamda qolgan dunyo bilan chegaralarni farqlash o‘rtasidagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Terapevtning asosiy vazifasi bemorga ehtiyojni anglatish, uni aniq shakllantirish (gestalt) va uni bartaraf etish (uni bajarish)dan iborat jarayonni amalga oshirishdan iboratdir. Tanaga yo‘naltirilgan terapiyada konstruktiv himoya mushak "qobig‘ining" bo‘shashi orqali erishiladi. V. Reyxning fikricha, ibtidoiy himoyadan ongsiz foydalanish hissiyot va energiyaning erkin ifodalanishini cheklaydi, mushaklarning qattiqligiga, mushaklar "qobig‘ining" hosil bo‘lishiga olib keladi. Himoyani doimiy va avtomatik qo‘llash borib-borib xarakter xususiyatlariga aylanadi. Psixoterapevtik ish tana bilan ishlash orqali hissiyotlarni chiqarishga qaratilgan. Mahalliy tadqiqotchilar insonning individual tajribasini psixologik himoya tizimini shakllantirish bilan bog‘lashadi.
L.I. Vasserman va hammualliflari psixoterapiyada hozirgi kunda psixologik himoya mexanizmlari bilan ishlashning turli usullarini o‘z ichiga olgan ikkita yondashuv mavjudligini ta’kidlashadi. Psixoterapiyadagi psixologik himoyaning birinchi yondashuvi psixikaning meyoriy mexanizmi sifatida ko‘rib chiqiladigan uslubiy himoya mexanizmlarini optimallashtirishni taqdim etadi. Bunday yondashuv bilan yomon holat va xulq-atvorni tuzatish bu shaxs uchun yetarli bo‘lgan himoya mexanizmlarini (isteroid-regressiya, psixoastenik-ratsionalizatsiya va boshqalar) ta’kidlash, ishlab chiqish yoki mustahkamlashdan iborat. Bunday holda, o‘z psixologik himoyasining tuzilishini anglanmagan va uni qayta shakllantirishning mumkin bo‘lgan usullari ko‘rib chiqilmaydi. Psixoterapiyaning ushbu varianti kasal odamlar bilan ishlashda samarali hisoblanadi. Ikkinchi yondashuv-bu shaxsga qo‘llaniladigan psixologik mexanizmlarni anglashga asoslangan murakkab hayotiy vaziyatlarda konstruktiv yengish strategiyasini shakllantirishga yordam berishdan iborat. Psixokorreksiya ishining ushbu versiyasi sog‘lom odamlar bilan ishlash uchun qo‘llaniladi.
R.M. Granovskaya, I.M. Nikolskaya bir qator ilmiy ishlarida hayotiy qiyinchiliklarini niqoblaydigan, o‘zlarining faoliyati haqida ham kuchliroq, ham kamroq ma’lum bo‘lgan himoyaning patologik ta’sirini zohlaydilar. [35;390] Mualliflar konstruktiv psixologik himoyani shakllantirishning quyidagi yo‘llarini taklif etadilar: xulq-atvorning o‘zgarishi, hissiy barqarorlik va anglashning yuksalishi.
Xulq-atvorning o‘zgarishiga tashqi va ichki omillar ta’sirida keskinlik o‘chog‘ini bartaraf etishning turli hulq-atvorli strategiyalarni belgilaydilar. “Agar biron-bir xatti-harakatni o‘zgartirish kerak bo‘lsa, insonga oldindan qilib keladigan ishlarini qilishni maslahat berish maqsadga muvofiq, ammo kelajakda unga qiyinchilik tug‘diradigan tafsilotlar va sharoitlarda ishini davom ettirishni taklif etish yaramaydi”. Hissiy ishlab chiqish keskinlik o‘chog‘ini bartaraf etish maqsadida yoki ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni topish maqsadida hissiy yumshatishni mo‘ljallaydi. Misol uchun, agar tushkunlik vaziyatida bir kishi ichki kechinmalarini gapirganda, suhbat vosita sifatida bo‘lib, bu jarayonni meyoriy anglash bilan bog‘lash imkonini beradi, shunday qilib bu keskinlik vaziyati tabiiy yo‘l bilan bartaraf etiladi. Psixologik himoya xususiyatlarini anglash o‘z tajribasini eng qulay tarzda tashkil etishga, ongli ravishda yangi strategiyalarni yaratishga va eskilarini o‘zgartirishga ya’ni, o‘zining hulq-atvorini yanada konstruktiv shakllantirishga yordam beradi. Psixologik himoya mexanizmlarini bilish inson uchun yashash va faravon turmush kechirishi uchun kengroq imkoniyatlar yaratadi, himoya sabablari va shakllari haqida aniq tushuncha, shuningdek stereotiplar va shaxsga xos kamchiliklar manbasi o‘ziga yanada diqqat bilan e’tibor qilish imkonini beradi va ijodkorlikka undaydi. Konstruktiv psixologik himoyani shakllantirishning bu strategiyalari dunyo haqidagi taassurotlar tizimiga xulq-atvorning yangi adekvat yo‘llarini kiritish, uni tuzatish va takomillashtirishni amalga oshirishga va to‘g‘irlashga ko‘maklashadi. Patologik psixologik himoyani yengish, onglash darajasidagi muayyan o‘zgarishlar tufayli, inson uchun tafakkurning tipik cheklashlarini olib tashlash va ijod uchun qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lish imkonini beradi.
G.V. Grachev manipulyativ ta’sir sharoitida shaxsning psixologik o‘zini-o‘zi himoya qilish jarayonida quyidagi bosqichlarni taklif etadi:
- manipulyativ ta’sir fakti va uning yo‘nalishini o‘z vaqtida aniqlash;
- ehtimoliy maqsad va ta’sir oqibatlari prognozini belgilash (xulq-atvorning o‘zgarishi, qarashlar, munosabatlar);
- manipulyativ ta’sir vaziyatida o‘z xatti-harakatlariga yetarli darajada javob berish reaksiyasini shakllantirish.
Yuqoridagilar bo‘lajak psixologlarning konstruktiv psixologik himoyasini shakllantirish modelini yaratish imkonini beradi. Modelni yaratishning metodologik asosi ko‘p darajali yondashuv nazariyasini tashkil etadi.
Har bir rivojlanish moddiy va g‘oyaviy obyektlarning istiqbolga yo‘naltirilgan o‘zgarishidir. Rivojlanish jarayonining miqdoriy bahosini aniqlash ma’lum darajada yangi sifat holatiga o‘tadi. Yangilik darajasini aniqlash mezonlari quyidagilardir: turli murakkablikdagi sinflarga mansub elementlar, har bir