Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


Odamlarning narsalar, hodisalar va mehnatga bo‘lgan munosabatlarini (distruktiv xulqni oldini olish va konstruktiv xulqni tarbiyalashga) tarbiyalashga xos maqollar



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə35/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79
10.05.2023

Odamlarning narsalar, hodisalar va mehnatga bo‘lgan munosabatlarini (distruktiv xulqni oldini olish va konstruktiv xulqni tarbiyalashga) tarbiyalashga xos maqollar.
Mard – kurashda, do‘st – tashvishda, Dono g‘azabda sinalar. Albatta, mard – kurashda, do‘st – kishi boshiga tashvish tushganda, dono odam boshqa odamlar g‘azablanganda bilinadi.
Yurti boyning o‘zi boy. Yurt boy bo‘lsa, hamma boy, to‘q, farovon yashaydi.
Ishlab topganning oshi – lazzatli. Inson ishlab pul topsa, uni avaylab, iqtisod qilib ishlatadi. Faqat zarur va foydali narsalar oladi, behuda sovirmaydi, mablag‘ni qanchalar qiynalib topganligini o‘zi biladi. Shuning uchun oshi lazzatli bo‘ladi.
Tekinning minnati ko‘p, Mehnatning – ziynati. Halol ish – lazzatli osh. Halol mehnat – mo‘l daromad. Halol pishib chiqar, Harom teshib chiqar.
Buyuk bobomiz Amir Temur ham davlat boshqaruvi faoliyati va tarixda erishgan yutuqlarini tahlil qilar ekan “Kuch – adolatdadir ” deb, ushbu xukmni davlatni boshqarishning bosh mezoni sifatida belgilaydi. Albatta, adolatli insonlarga hamma ergashadi, unga itoat etadi, adolatli insonlar insofli va barakali bo‘ladilar.
Adovat emas, adolat yengar. Insof – sari baraka. Insofi borning barakasi bor. Qarz, qarzni berish farz.
Quyidagi maqollarda jamiyatdagi insoniy munosabatlarda namoyon bo‘ladigan va insonlar hayoti uchun muhim o‘rin tutadigan do‘stlik va dushmanlik tushunchalari yoritilgan. Ushbu tushunchalarning falsafiy-psixologik qonuniyatlari, insonlar uchun do‘stlikning beqiyos qiymati, dushmanlikning zarari va oqibatlari haqida yoshlar ogoh etilgan.
Dushman kuldirib. Do‘st kuyunar, Dushman suyunar. Do‘st – oltining, Dushman – qotiling. Hisobli do‘st ayrilmas. Do‘st so‘zini tashlama, Tashlab boshing qashlama. Kiyimning yangisi – yaxshi, Do‘stning – eskisi. Yaxshi ko‘rgan do‘stingga Yaxshi ko‘rgan molingni ber.
Navbatdagi o‘zbek xalq maqollarida aql – idrokli, fahm – farosatli va bilimli insonlar bilan birga ushbu sifatlar yaxshi shakllanmagan, illatli yoki bilimsiz odamlar o‘rtasidagi tafovutlar, ularning xar biriga xos hayotda erishishi mumkin yoki mumkin bo‘lmagan natijalar tahlili, aqlli odamlarning istiqbollari, bilimsizlikning ayanchli oqibatlari psixologik tahlil etilgan.
Aqlli ishiga ishonar, Aqlsiz – tushiga. Yuzga kirsang, yuz yil o‘qi. Aqlliga bir so‘z bas, Aqlsizga ming so‘z oz. Bo‘lar bola o‘n beshida boshman, deydi. Bo‘lmag‘uri o‘ttizida yoshman, deydi. Yo‘lda yursang, tuya ishlat, Elda yursang – miya. Ko‘p yashagan ko‘p bilmaydi, Ko‘p o‘qigan ko‘p biladi. Oltin olma duo ol, Bilim olsang bilib ol. Yuzga kirsang ham, hunar o‘rgan. O‘qigan - guliston O‘qimagan – go‘riston. O‘qigan o‘g‘il otadan ulug‘. Hunar bo‘lsa qo‘lingda, Non topilar yo‘lingda.
Albatta insonlar yashar ekan, o‘z hayot yo‘llarini mazmunli, turmushlarini farovon o‘tkazish uchun astoydil mehnat qiladilar (kurashadilar). Buning uchun o‘qish, o‘rganish, bilimli, kasb – hunarli bo‘lish, kasbini sevish, o‘z kasbiy faoliyati va mehnati bilan xalqiga, vataniga xizmat qilishni astoydil hoxlaydilar va o‘zlarining asosiy burchlari, deb biladilar.
Xalq orasida yana shunday odamlar ham uchraydi-ki, ular yalqovligi, hunarsizligi, ayyor – firibgarligi va boshqa salbiy qusurlari bilan jamoatchilik nafratiga uchraydilar. Quyidagi maqollarda odamlarga xos bo‘lgan sifatlar, fazilatlar, shu bilan birga kamchiliklar, salbiy illatlarning oqibatlari o‘z ifodasini topgan. Talabalarni kasbiy tayyorlash jarayonida psixologiya fanlarini o‘qitishda mazkur maqollar tahlilidan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Suv keltirar mard kishi Ekin ekar har kishi. Inson qo‘li – gul. Usta qanday - shogird shunday. Ustozim bilimli - shogird ilmli. O‘g‘lingni sevsang, quldek ishlat. Ustozingga tik qarasang, to‘zasan, Hurmat qilsang, asta – asta o‘zasan. Bilgan kishi bildim demas, Bildim desa, bilgan emas. Boshing osmonga yetsa ham, Yerga qarab yur. Bugungi jahlni ertaga qo‘y. Yerni suv buzar, Odamni – pul. Yonida bir puli yo‘q, Tuyaning tishini ko‘rar. Yonida bir puli yo‘q, Qiz saylaydi boyvachcha. Sayoz daryo shovqinli oqar, Chuqur daryo sokin oqar.
O‘tgan kuningni unutma, Xom chorig‘ingni quritma. Azob ko‘rmay, rohat yo‘q. Bir yomon kunning bir yaxshi kuni bor.
Insonlarga xos bo‘lgan eng noyob, shu bilan birga shakllanish jarayoni juda murakkab va mashaqqatli bo‘lgan fazilatlar (konstruktiv sifat va fazilatlar) – sabr – qanoat, tajriba – mahoratdir. Quyida keltirilgan maqollarda ana shu sifat va fazilatlarni inson hayotida, turmushida va faoliyatida tutgan o‘rni, ahamiyati haqida so‘z boradi. Yoshlarni ana shunday sifat va fazilatlarni egallashi, unga amal qilishi lozimligi ogoh etilgan.
Sabr –achchiq, mevasi – shirin. Sabr bilan mehnat qilgan boy bo‘lar. Sabr – umr xazinasi. Sabr etgan yetar murodga, Besabr qolar uyatga. Nimani qilsang xor, O‘shanga bo‘lasan zor. Yulni bilgan qoqilmas. Ochlik azobini chekmagan, Non qadrini bilmas. Ko‘p ko‘rgan kup bilar. Bir sinalgan tajriba, yetti kitobdan afzal. Qalovini topsang, qor yonar. Bosh toshga tegsa, Aql boshga kirar. Qari bilganni pari bilmas.
Darhaqiqat, odamlarning hayot tarziga, mehnat faoliyatiga nazar tashlasak, kimki sabr – qanoatli, uzoqni ko‘ra biladigan, o‘z sohasida astoydil mehnat qilayotgan bo‘lsa, u albatta orzu – havasiga, murodiga yetganligini, o‘z turmushidan mamnunligini, baxtli va baxtiyor hayot kechirayotganligini ko‘ramiz.
Besabr, shoshma – shoshar, o‘z yo‘lidan adashgan odamlarni ko‘rib ulardan afsuslanamiz, ularni holiga achinamiz. Bunday holatlar va xalqimiz tomonidan sinalgan maqol va hikmatlar mazmuni biz uchun hayot yo‘lida dasturil -amal bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqorida keltirilgan o‘zbek maqollarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy sharoitlari, kishilarning jamiyatga, mehnatga bo‘lgan munosabatlari ifodalangan. O‘zbek xalq donishmandligida tarix va iqtisodiyot, turmush va huquq normalari, urf-odatlari, e’tiqodi, umuman millatning butun hayoti aks etgan.
Ishonchimiz komilki, maqollar xalqning nodir ma’naviy boyligi bo‘lib, milliylikni saqlashga, shaxsning o‘z-o‘zini anglash, o‘zini nazorat qilish, o‘ziga real baho berish va komil inson sifatida shakllanishiga da’vat etuvchi asosiy omillardir. Ularning ma’rifiy va tarbiyaviy qimmati buyuk. Zero uni hech bir moddiy boylik bilan o‘lchab ham, yaratib ham bo‘lmaydi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin