1) Vaqtinchalik yo‘nalganlik. Bu psixologik himoya koidasiga ko‘ra muammoli vaziyatni “xozir va shu yerda” yechimini topadi, dolzarb vaziyat kelgusi vaziyatlarga xech qanday aloqasi bo‘lmaydi ya’ni, dolzarb psixologik himoya dolzarb psixologik qulaylikka xizmat ko‘rsatadi.
2) Instrumental yo‘nalganlik.Bunday psixologik himoya faqatgina o‘zini “o‘ylaydi”, mabodo uning kiziqishlari va intilishlari atrofga va boshqalarga yo‘nalgan takdirda ham u birinchi navbatda o‘zining qiziqishlarini muhokama qilishga nitladi.
3) Maqsad-funksional ahamiyatlilik. Bunday himoya mexanizmi atrof- muhit va boshqalar bilan qiladigan munosabatlardagi buzilishlar vazifalarini boshqara oladimi (koping xulq-atvor) yoki, faqat hissiy- emotsional holatni boshqarish vazifasini amalga oshira oladimi (himoya mexanizmlari).
4) Boshqaruvning modalligi. Axborotlarni izlab topishdagi izlanishlarning o‘rni bevosita amalga oshadimi, refleksiya (koping xulq- atvorga aloqador) yoki bosim ostida yuzaga keladimi va boshqalar.
Psixologik himoya mexanizmlari va anglangan koping xulq-atvor strategiyalarini chegaralash uchun V.A.Tashlikov tomonidan quyidagi tahlil mezonlari ajratiladi. [140;22]
Jadallik. Psixologik himoya mexanizmi qotib qolgan vaziyat talabiga moslashmagan bo‘lib, bunda o‘zini-o‘zi boshqarish anglangan motivlar talablari asosida yuzaga chiqadi.
Bevosita va kechiktirilgan effektlar.Bu himoya mexanizmlari paydo bo‘lgan hissiy zo‘riqishni imkon qadar tezroq pasaytirishga harakat qiladi. Inson o‘zi anglagan boshqaruv tizimidan foydalanishi natijasida ichki kelishmovchiliklarni yengishga harakat qiladi.
Taktik va strategik effektlar. Bu himoya mexanizmlari muloqot jarayoni orqali psixologik zo‘riqishni yengishga yo‘nalgan bo‘ladi. Bunda koping strategiyalari muvaffaqiyatli ishlaydi.
Obyektiv vaziyatni idrok qilishdagi turli o‘lchovlar.Bu himoya mexanizmlari haqiqiy psixologik holatni adekvat va noadekvat tarzda baholash asosida shakllanadi. O‘zini-o‘zi boshqarish aniq idrok hamda o‘ziga obyektiv munosabatda bo‘lish qobiliyatiga bog‘lik ravishda shakllanadi Tadqiqotchi I.M.Nikolskayaning kayd qilishicha, “koping strategiyadan himoya mexanizmining asosiy farqi koping strategiyalari birinchi ishga tushganida anglanmagan bo‘lib, undan foydalanish jarayonida anglanganlik darajasiga o‘sib o‘tadi”. Qolaversa, koping xulq-atvor bu - “adaptiv, maqsadga yo‘nalgan va anglangan potensial harakat” hisoblanadi.
Psixologik himoyaning ko‘rinishlari psixologning kasbiy faoliyati xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Tafakkurning rivojlanishi, o‘z-o‘zini hurmat qilish va o‘z-o‘zini faollashtirishga intilish, faoliyatning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli ma’nosini anglash kasbiy shaxsiy himoyadan konstruktiv foydalanishga yordam beradi. Konstruktiv psixologik himoyadan foydalanish ham qulay va hamda ekstremal sharoitlarda samarali kasbiy faoliyat yuritishni ta’minlaydi va shaxsning ruhiy salomatligini saqlab qolishga imkon beradi. Konstruktiv psixologik himoya psixologning ijtimoiy aloqalarini optimallashtirishga yordam beradi. Yuqoridagilarga asoslanib biz, quyida konstruktiv psixologik himoya modeli muhokamasiga o‘tish imkoniga ega bo‘lamiz.