Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə39/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79
10.05.2023

Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar
1. O‘qituvchi – psixologning kasbiy faoliyati mundarijasiga shaxs yoki guruhlarning, ularning samaradorligini oshirish va borliqdan subyektiv qoniqish maqsadida munosabatlarini o‘zgartirish va shakllantirish faoliyati kiradi. Psixolog shaxsining kasbiy rivojlanishiga intrapersonal ziddiyatlar sabab bo‘ladi. Psixologning kasbiy faoliyatining samaradorligi va muvaffaqiyati shaxsiy xususiyatlar va konstruktiv psixologik himoyani egallash bilan belgilanadi.
2. Psixologik himoyaning ko‘rinishlari psixologning kasbiy faoliyati xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Tafakkurning rivojlanishi, o‘z-o‘zini hurmat qilish va o‘z-o‘zini faollashtirishga intilish, faoliyatning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli ma’nosini anglash kasbiy shaxsiy himoyadan konstruktiv foydalanishga yordam beradi. Konstruktiv psixologik himoyadan foydalanish ham qulay va hamda ekstremal sharoitlarda samarali kasbiy faoliyat yuritishni ta’minlaydi va shaxsning ruhiy salomatligini saqlab qolishga imkon beradi. Konstruktiv psixologik himoya psixologning ijtimoiy aloqalarini optimallashtirishga yordam beradi.
3. Shaxsning psixologik himoyasi koping xulq-atvor (shaxsiy muammolarni hal qilish uchun yo‘naltirilgan ongli harakatlar) himoya mexanizmlari va strategiyalari bilan ta’minlanadi. Birgalikda ular adaptiv (moslashuv) jarayonlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq shakllarini va shaxsning stressli vaziyatlarga javob berishini ta’minlaydi.
4. Ilmiy tadqiqot natijalarini tahlil qilish bizga psixologik himoyaning konstruktivligi quyidagi xususiyatlar: jamiyatda qabul qilingan talablar, qoidalar va meyorlarga rioya qilish; faoliyat yuritishning asosi sifatida fikrlash va tasavvur jarayonlariga tayanish; faoliyat yuritishdan xabardorlik va refleks (aks ettirish) asosida o‘z hatti-harakatlarini nazorat qilish; psixologik himoya mexanizmlaridan o‘rinli foydalanish; tashqi ijtimoiy-psixologik moslashuvni ta’minlash va shaxsiy hayotiy muammolarni oqilona hal qilish bilan belgilanishini aniqlashga imkon beradi. O‘zaro munosabatlarda konstruktiv psixologik himoya insonning maqsadga muvofiq rivojlanishi va ijtimoiylashuvini ta’minlaydi.
5. Psixologning faoliyati mutaxassisdan turli ijtimoiy guruhlar bilan professional muloqot qilish qobiliyatini, shuningdek, muayyan shaxsiy fazilatlarni va kasbiy bilimlarni talab qiladi. Mutaxassis sodda va yaxshi shakllanmagan psixologik himoya mexanizmlaridan foydalanishi- o‘z aybini inkor etishda, nizoni boshqalarga yuklab hal qilishga yoki o‘zgartirishga intilishda, mojarodan xabardorligini yashirish va uni samarali hal qilishga urinmaslikda namoyon bo‘ladi, bularning barchasi odamlar bilan muloqot qilishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun psixologni kasbiy tayyorlash jarayonida nafaqat professional bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarni, balki konstruktiv psixologik himoya usullarini ham shakllantirish kerak bo‘ladi.


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin