Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


IV BOB. PSIXOLOGIK HIMOYA MEXANIZMI SHAXSNING FAOLIYATI VA O‘ZARO MUNOSABATLARIDA ENG MUHIM XUSUSIYAT VA FAZILAT SIFATIDA



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə40/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79
10.05.2023

IV BOB. PSIXOLOGIK HIMOYA MEXANIZMI SHAXSNING FAOLIYATI VA O‘ZARO MUNOSABATLARIDA ENG MUHIM XUSUSIYAT VA FAZILAT SIFATIDA.
4.1. Konstruktiv psixologik himoyani shakllantirish dasturi.
Bo‘lg‘usi psixologlarning konstruktiv psixologik himoyasini shakllantirish bo‘yicha tajriba-eksperiment ishlar dasturi maxsus kurs "Shaxsni psixologik himoya qilish muammolari" doirasida amalga oshirildi. Maxsus kurs psixologiya yo‘nalishining 1-, 2-, va 3-kursni yakunlayotgan talabalarida o‘tkazildi.
Maxsus kursning mazmuni uchta blokdan: diagnostik, nazariy va tashkil etilgan tajriba bloklaridan tashkil topgan (5-rasm).
Birinchi blok – diagnostika. Konstruktiv psixologik himoyaning muvaffaqiyatli shakllanishi ko‘p tomonlama talaba-“Men” konsepsiyasining ijobiyligi va meyoriy shakllanganligiga bog‘liqdir. Tuzilganlik rejasiga ko‘ra diagnostika bloki shaxsning ayrim jihatlarini, yo‘nalganligini va o‘ziga xos xususiyatlaridan tashkil topgan-“Men” konsepsiyasini chuqurroq anglash orqali o‘zligini takomillashtirishga qaratilgan maxsus tashkil etilgan o‘zini-o‘zi anglash jarayonidan iborat.
Diagnostika bloki mazmunan yo‘nalganligiga ko‘ra, maxsus kurs davomida ikki marta amalga oshirildi: psixologiya yo‘nalishi talabalarining psixologik himoya tizimini o‘rganishning kirish va chiqish nazorati usullarida.
Buning uchun quyidagi metodikalardan foydalandik:
- Plutchik-Kelerman-Konte so‘rovnomasi-psixologik himoya tizimining umumiy kuchlanishini va uning alohida mexanizmlarini aniqlash, eng soddadan-yetuklikgacha bo‘lgan himoya mexanizmlarini tahlil qilish meyori;
- koping strategiyasining ko‘rsatkichi-qiyinchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ularning konstruktivlik harakatlar darajasini baholash;
- shaxsiy differensiallik-o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini nazorat qilish, psixologik faoliyatini himoya qilish ko‘rsatkichlari sifatida.
Kirish va chiqish psixodiagnostika ko‘rigidan so‘ng, talabalar shaxsiy rivojlanishining umumiy tendensiyalari ko‘rsatkichining natijalari bilan tanishadilar, o‘zlarini boshqarish uchun konstruktiv psixologik himoya strategiyalarini tanlash bilan bog‘liq tavsiya va yechimlar bilan qurollanadilar.
Ikkinchi, nazariy blokda (5-rasm) psixologik himoya muammosiga ilmiy yondashuvlar ko‘rib chiqildi, uning doirasida shaxsning psixologik himoyasi g‘oyasi shaxsning yaxlitligini saqlab qolish va unga kiritilgan salohiyatni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan faol, ongli jarayon sifatida shakllandi. Talabalar bilan o‘zaro aloqaning quyidagi shakllaridan foydalandik: ma’ruzalar, seminar mashg‘ulotlari, shaxsga yo‘naltirilgan individual va guruhiy maslahatlar.
"Psixologik himoya nazariyasiga kirish" mavzusini o‘rganishdan maqsad- talabalarning psixologik himoya fenomeni haqidagi nazariy tasavvurlarini o‘rganishdan iborat edi. Mavzu doirasida psixologik himoyaning o‘rganilish tarixi, mamlakatimiz va xorijiy psixologiyada psixologik himoya bo‘yicha zamonaviy g‘oyalar haqida ma’lumotlar berildi.
"Himoyalangan xulq-atvor psixologiyasi" mavzusi talabalarning xulq-atvorida psixologik himoyaning ko‘rinishlari haqidagi fikrlarini shakllantirish maqsadida o‘rganildi.
Psixologik himoyani tatqiq etish asosida (individual, shaxslararo, guruhlararo) psixologik himoya mexanizmlari, himoya qilishning strategiyasi (shu jumladan, koping xulq-atvor), psixologik himoya dizaynining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi.
Maxsus kursning diagnostika va nazariy bloklarini amalga oshirish shaxsiy xususiyatlarni (shu jumladan psixologik himoyani) o‘rganish uchun psixologik va pedagogik shart-sharoitni amalga oshirishni ta’minladi.
Kursning uchinchi bloki tajriba tadqiqotdan tashkil topgan (5-rasm). Ushbu blok shaxsning bilish-anglash, hissiy-yemotsional va xulq-atvor sohalarida psixologik himoyani shakllantirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi.




Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin