Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə48/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79
10.05.2023

Xulosa qilib aytish mumkinki, bo‘lg‘usi psixologlarda konstruktiv psixologik himoya mexanizmini shakllantirishda "Shaxsni konstruktiv psixologik himoyasi muammolari" maxsus kursini o‘rganish jarayoni muhim amaliy ahamiyatga ega ekan.
4.2. Shaxsning kasbiy rivojlanish jarayonida konstruktiv psixologik himoya mexanizmi shakllanishining samaradorlik tahlili.
Konstruktiv psixologik himoya shakllanishining dasturi psixologiya yo‘nalishi 1-kurs talabalari o‘qish faoliyati davomida maxsus kursni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshirildi. 1-kurs psixologiya yo‘nalishi talabalarining psixologik himoya tizimida yuz bergan o‘zgarishlar taqdim etilgan 6-9-rasmlarda ifodalangan ko‘rsatkichlar haqida fikr bildiramiz.

6-rasm. 1-kurs psixologiya yo‘nalishi talabalarida psixologik himoyaning konstruktivlik darajasini ifodalanishi.
Psixologik himoya mexanizmlarining ishlash chastotasiga ko‘ra, 1-kurs psixolog talabalarning o‘rta guruh profiliga ko‘ra (6-rasm), maxsus kursni o‘zashtirish ta’siri natijasida barcha psixologik himoya mexanizmlarining ishlash yuklamasida sezilarli miqdoriy o‘zgarishlar yuz bergani kuzatildi. Eng katta empirik o‘zgarishlar - "o‘rnini egallash" mexanizmlaridan foydalanish effektida (tajribadan oldin-53%; keyin-38%; farq-15%), "Rad etish" (tajribadan oldin-58%; keyin-44%; farq-14%), " Loyihalashtirish" (tajribadan oldin -71%; keyin-59%; farq-12%) kuzatildi. Ushbu mexanizmlar qabul qiluvchi guruhlar tipiga mansubligi uchun, talabalar tajriba jarayonida qiyinchiliklarni nazorat qilish orqali ushbu himoya mexanizmlari ishlashida keskinliklar biroz kamayganligi kuzatildi.
Psixologik himoyaning yuksak mexanizmlari: "kompensatsiya" (tajribadan oldin-63%, keyin-69%; farq-6%), "giperkompensatsiya" (tajribadan oldin -39%; keyin-42%; farq-3%), "ratsionalizatsiya" (tajribadan oldin-53%; keyin-54%; farq-1%) ishlash yuklamasida miqdoriy o‘zgarishlar kamroq kuchlanishda ifodalanganligi aniqlandi. (6-rasm).
Talabalarda psixologik himoya mexanizmlarining konstruktiv usullarini shakllantirish bo‘yicha eksperimental izlanish natijalarini statistik qayta ishlash Vilkokson T-mezoni yordamida amalga oshirildi. Bu borada statistik jihatdan ahamiyatli o‘zgarishlar psixologik himoya mexanizmlaridan: repressiya, regressiya, rad etish, kompensatsiya, giperpensatsiyalarda aniqlandi. (4.2.1-jadval).
Birinchi kurs talabalarining "o‘rnini egallash"ni himoya qilishning ibtidoiy mexanizmi keskinligi sezilarli darajada kamaydi (T-Vmea= 9,5 o‘tish: saytda harakatlanish, qidiruv 6), bu tendensiyasining pasayishiga ishora qiladi, ong sohasidan bezovta qiluvchi ma’lumotni olib tashlaydi.
“Orqaga qaytish” ibtidoiy mexanizmining ishlash kuchlanishini kamaytirish T-Vmea=8 da r<0,01) qiyinchiliklarni bartaraf etishda bolalarning xatti-harakatlarini tez-tez ishlatib turishi mumkin (4.2.1-jadval).
O‘tish: saytda harakatlanish, qidiruv T-Vmea =41,5) statistik jihatdan sezilarli darajada o‘zgarmadi, ehtimol, bu talabalarning yoshi va ularning o‘qitish profiliga bog‘liq, tasdiqlangan adabiy manbalar va boshqa ilmiy tadqiqotlarda ham shunga yaqin holatlar kuzatilgan.
"Rad etish" mexanizmining ishlash kuchlanishi (T-Vmea=15,5 da r<0,05) kamaydi va pasayishiga olib keldi, qiyinchiliklarga e’tibor bermaslik, qiyinchiliklarni e’tiborsiz qoldirish kuzatildi (4.2.1-jadval).

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin