Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


Shakllantiruvchi tajriba-tadqiqot ishlaridan so‘ng 2-Tg va 2-Ng (4-kurs talabalari) da psixologik himoya mexanizmlarining o‘zgarish ko‘rsatkichlarini taqqoslash



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə56/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79
10.05.2023

Shakllantiruvchi tajriba-tadqiqot ishlaridan so‘ng 2-Tg va 2-Ng (4-kurs talabalari) da psixologik himoya mexanizmlarining o‘zgarish ko‘rsatkichlarini taqqoslash.



Psixologik himoya mexaizmlari

Psixologik himoya mexanizmining 2-TGda ishlash ko‘rsatkichlari (%)

Psixologik himoya mexanizmining 2-NGda ishlash ko‘rsatkichlari (%)


O‘rnini egallash

37

49

2,12

Orqaga qaytish

34

41

2,03

O‘rin almashtirish

28

35

1,96

Rad etish

53

45

1,85

Loyihalash

54

57

2,02

Kompensatsiya

62

51

2,60

Giperkompensatsiya

28

34

1,78

Ratsionalizatsiya

68

60

2,03

PHUK

46

49

1,83

Eslatma: 1,11-0,05 (2.04) darajasida muhim ahamiyatga ega.


1,11* - muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 0,01 (2.75).
t< P - Styudent mezonining empirik ahamiyati.
Ibtidoiy-tabiiy himoya guruhidagi "o‘rnini egallash" mexanizmining keskinligi statistik jihatdan sezilarli darajada kamaydi (farq-12%;). Psixologik himoyaning yuksak mexanizmlari guruhidagi "kompensatsiya" (farq-11%) dan shaxsning foydalanish ko‘rsatkichi ahamiyatli darajada oshganligi qayd etilgan.

Koping-xulq-atvor strategiyasi
11-rasm. Psixologiya yo‘nalishi 2-Tg. talabalarida (4-kurs) koping-xulq- atvor strategiyasi ko‘rsatkichlarining ifodalanishi.
Ta’kidlash joizki, 2-Tg va 2-Ng talabalarida psixologik himoya mexanizmlarining umumiy keskinligining (PHUK) ko‘rsatkichlari statistik jihatdan farq qilmasa-da, ammo yuzaga kelgan tarbiyaviy ta’sir natijasida har ikki guruh subyektlarining qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun turli mexanizmlar foylalanish usullari sifat jihatidan farqlanishi aniqlandi.
Qiyinchiliklarni bartaraf etish faoliyati nafaqat psixologik himoya mexanizmlariga, balki koping xulq-atvor xatti-harakatlari bilan ham amalga oshiriladi. Shunga asoslanib, shaxs xususiyatlari haqidagi bilim va tajribalarning koping-xulq-atvor strategiyasi fenomeniga ta’sirini muhokama qilamiz (11-rasm).
Talabalarda koping- xulq-atvor strategiyalarining o‘rta guruh profili empirik tahliliga ko‘ra natijalar o‘zgarib borganligini ko‘rsatdi (11-rasm). Tajriba davomida "muammoni yechish" (tajribagacha- 85%, keyin-91%, farq-6%) va "ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash" (tajribagacha-64%; keyin-70%; farq-6%) strategiyalari bilan talabalarning yanada faollashganligi kuzatildi (11-rasm). Talabalar guruhida shaxs imkoniyatlarini amalga oshirish uchun harakat rejasini kognitiv tahlil qilish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi kuzatiladi. “Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash " strategiyasidan foydalanish ko‘rsatkichida (tajribagacha - 64%, keyin-70%; farq-6%) talabalar boshqa shaxslarning maslahat va ko‘rsatmalarini qabul qilish, ularning konstruktiv bahosini va muammolarni bartaraf etishda hamkorlik qilishlariga moyilliklarini ifodalaydi.
"Qochish" strategiyasi yordamida talabalarning muammolarni bartaraf etishga yo‘nalganligi (tajribagacha -55%, keyin -52%; farq -3%) tajriba va eksperimental dalillarga ko‘ra, kamroq ifodalanayotganligi, ya’ni.faol harakatlardan foydalanishga biroz intilishi borligi kuzatildi (11-rasm).
4.2.9-jadval

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin