Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə53/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79
10.05.2023

4.2.6 - jadval
O‘z-o‘zini anglash xususiyatlarini taqqoslash Tg-1 va Ng-1 1 kurs talabalari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan keyin



O‘z-o‘zini anglash xususiyatlari

Ko‘rsakichlar
Tg-1-kurs (%)

Ko‘rsakichlar
Ng-1-kurs (%)


Baho

57

45

2,15

Kuch

43

39

1,85

Faollik

24

12

2,08

Eslatma: 1,11-0,05 (2.04) darajasida muhim ahamiyatga ega.


1,11* - muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 0,01 (2.75)
t< P - Syudent mezonining empirik ahamiyati

Psixologiya yo‘nalishi 1-kurs talabalari bilan o‘zaro hamkorlikni shakllantirishdan oldin va keyin o‘tkazilgan sinov natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish ularda psixologik himoyaning konstruktivlik darajasini aniqlash imkonini berdi (9-rasm).


9-rasm. Psixologiya yo‘nalishi 1–kurs talabalarining tajriba guruhida psixologik himoyaning konstruktivlik darajasini ifodalanishi.

Psixologik himoyaning konstruktivligi umumiy ko‘rsatkichidagi o‘zgarishlar foiz nisbatida aniqlandi: nazariy darajadagi o‘zgarish 17% dan 22% gacha, empirik darajadagi 43% dan 60% gacha, tabiiy darajada 40% dan 18% gacha o‘zgarishlar kuzatildi. Psixologik himoya tizimi tarkibiy qismlarining o‘zgarishlarini statistikik tahlil qilish o‘zgarishlarning ishonchliligini, shuningdek, qo‘llanilgan metodikalar ta’sirning ishonchliligi, samaradorligi va yetarliligini tasdiqlash imkonini berdi.


Shunday qilib, konstruktiv psixologik himoyani shakllantirish bo‘yicha tajriba-eksperiment ishlari davomida birinchi kurs talabalarida psixologik himoya mexanizmlari va o‘zligini anglash strategiyalari munosabatlarida ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Psixologik himoyaning funksional jihatlarida umumiy zo‘riqish ko‘rsatkichi saqlanib qolsa-da, ibtidoiy himoya qiymatlarining pasayishi kuzatildi (o‘rnini egallash, orqaga qaytish, rad etish) va yuksak himoya mexanizmlari (kompensatsiya, giperkompensatsiya) kuchayganligi aniqlandi. Bunday o‘zgarish talabalarning maqsadga erishishlarida faol bo‘lishga, shaxs xususiyatlarining namunali va meyoriy namoyon bo‘lishini ta’minlao‘ga imkon berdi. Ushbu o‘zgarishlar talabalarni psixologik himoya tizimining samaradorligini oshirishga va ularning yangi faoliyat darajasiga osonlik bilan o‘tishiga olib keldi.
Psixologiya yo‘nalishi 4-kurs talabalarida konstruktiv psixologik himoyani shakllantirish 2- Tg va 3- Tg- larida amalga oshirildi. Tadqiqotda yuzaga kelgan o‘zgarishlarning natijalari quyida muhokama qilinadi.
2-tajriba guruhi (keyingi o‘rinlarda 2-Tg deb yuritiladi) QarshiDU,BuxoroDU va SamarqandDU psixologiya yo‘nalishining 4-kurs talabalaridan tashkil etildi. Ushbu guruh talabalari bilan tajriba-tadqiqot ishlarida psixologik-pedagogik shart-sharoitlar va shaxs xususiyatlarini o‘rganishga alohida e’tibor berildi.


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin