Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


-rasm. 4-kurs psixologiya yo‘nalishi talabalari 2-Tg da psixologik himoyaning konstruktivlik darajasini ifodalanishi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə54/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79
10.05.2023

10-rasm. 4-kurs psixologiya yo‘nalishi talabalari 2-Tg da psixologik himoyaning konstruktivlik darajasini ifodalanishi.
Tadqiqot jarayonida psixologik himoya mexanizmlari, koping-xatti-harakatlar strategiyasi va talabalarning o‘z-o‘zini anglash xususiyatlarining ishlashidagi o‘zgarishlarni muhokama qilamiz. Talabalar o‘z faolitida doimiy foydalanadigan himoya mexanizmlarining o‘rta guruhi faoliyati yuklamalarida o‘zgarishlar aniqlandi (10-rasm). Jumladan, "o‘rin almashtirish" (tajribagacha- 36%, keyin-28%, farq-12%), "ratsionalizatsiya" (tajribagacha- 59%, keyin-68%, farq-9%), "rad etish" (tajribagacha- 59%, keyin-53%, farq-6%), "orqaga qaytish" (tajribagacha- 40%, keyin-34%, farq-6%) va "kompensatsiya" (tajribagacha- 56%, keyin-62%, farq-6%) mexanizmlarining ishlashida ahamiyatli o‘zgarishlar yuz berdi.
Psixologik himoyaning quyidagi tarkiblarida: "o‘rnini egallash" (tajribagacha- 42%; keyin-37%; farq-5%), "orqaga qaytish" (tajribagacha- 40%; keyin-34%; farq-6%), "o‘rin almashtirish"(tajribagacha- 36%, keyin-28%, farq-12%), "rad etish" (tajribagacha- 59%; keyin-53%; farq-6%) pasayish kuzatildi (10-rasm). Bu holat, talabalar o‘z faoliyatlarida qiyinchiliklarni boshdan kechirish jarayoni ustidan ongli nazoratni kuchaytirib borganligini ifodalaydi.
Psixologik himoya qilishning yuksak usullari guruhida "kompensatsiya" mexanizmlarining ifodalanish ko‘rsatkichlari (tajribagacha- 56%, keyin-62%, farq-6%) va "ratsionalizatsiya"(tajribagacha- 59%, keyin-68%, farq-9%), bu vaziyatning mohiyatini tahlil qilish va ziddiyatli holatni o‘rganib murosaga keltirishga tayyorgarlik ko‘rish usullarini qo‘llashga e’tiborni oshishi bilan bog‘liq.
2-tajriba guruhidagi talabalarda psixologik himoya mexanizmlarining yuklamasidagi o‘zgarishlar intensivligi 1- va 3-tajriba guruhlariga qaraganda kamroq ifodalandi.
Eksperimental ma’lumotlarning statistik tahlillari T-Vilkokson mezoni bo‘yicha subyektlarning individual qiymatlarini hisobga olgan holda amalga oshirildi va natijalari esa 4.2.7-jadvalda aks etgan.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin