Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


Shakllantiruvchi tajribadan so‘ng 4-kurs talabalari 3-tajriba guruhi va 2-nazorat guruhlarida psixologik himoya mexanizmlarini ifodalanish ko‘rsatkichlarini taqqoslash



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə62/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79
10.05.2023

Shakllantiruvchi tajribadan so‘ng 4-kurs talabalari 3-tajriba guruhi va 2-nazorat guruhlarida psixologik himoya mexanizmlarini ifodalanish ko‘rsatkichlarini taqqoslash



Psixologik himoya mexanizmlari

Psixologik himoya mexanizmlarining kuchlanish darajalari
3-tajriba guruhida (%)

Psixologik himoya mexanizmlarining kuchlanish darajalari
2-nazorat guruhida (%)


O‘rnini egallash

10

10

2,03

Orqaga qaytish

42

49

2,55

O‘rin almashtirish

25

35

2,62

Rad etish

36

47

1,85

Loyihalash

60

51

2,07

Kompensatsiya

60

50

2,40

Giperkompensatsiya

40

34

2,38

Ratsionalizatsiya

53

60

2,79*

PHUK

41

49

2,02

Eslatma: 1,11-0,05 (2.04) darajasida muhim ahamiyatga ega.
1,11* - muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 0,01 (2.75).
t< P - Styudent mezonining empirik ahamiyati.
PHUK-psixologik himoyaning umumiy keskinligi.

Shuni ta’kidlash joizki, 3-tajriba guruhi va 2-nazorat guruhi talabalarida himoya mexanizmlarning umumiy kuchlanish (PHUK) ko‘rsatkichlari statistik jihatdan farq qilmaydi, ammo tajriba jarayonida yuzaga kelgan o‘zaro ta’sir natijasida har ikki guruh subyektlari qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun turli mexanizmlarni qo‘llashlarida sifat jihatidan farqlar mavjud.


“Shaxsda psixologik himoya mexanizmi shakllanishining ijtimoiy-etnik asoslari” mavzusi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot ishi natijalari quyidagi umumiy xulosalarni shakllantirish imkonini beradi:
Tajriba-tadqiqot davomida olingan ma’lumotlarni tahlil qilishning uch bosqichiga muvofiq psixolog talabalar shaxsini psixologik himoya qilish tizimining shakllanishini muhokama qilish imkonini beradi: 1- kurs talabalarida himoya mexanizmlarining yuqori kuchlanish darajasi, psixologik himoyaning sodda-tabiiy jihatlarining ustunligi, turmush tarziga xos muammoli masalalarni yechishda o‘z resurslarini yo‘naltirish bilan ajralib turadi.
2-kurs talabalarida psixologik himoyaning kuchayish tendensiyasi hosil bo‘lib, ham sodda-tabiiy, ham yuksak himoya mexanizmlaridan uyg‘un foydalanish bilan ajralib turadi, talaba hayot tarzi bilan bog‘liq masalalar o‘z resurslari yordamida hal qilinadi, bu holatni o‘z navbatida o‘rtacha darajada baholash mumkin.
3-kurs talabalari shaxsiy va kasbiy shakllanganlik imkoniyatlariga tayanib yuksak himoya mexanizmlarini qo‘llay boshlaydilar. Stresslar va turli xil muammolarni bartaraf etishda ijtimoiy muhitda qabul qilingan meyorlardan foydalanish va o‘z resurslari yordamida amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarning korrelyatsion tahlili asosida psixologik himoya mexanizmlari, koping xulq-atvor strategiyasi, o‘z-o‘zini anglash xususiyatlari, nazorat qilish imkoniyatlari, ziddiyatga yo‘nalgan xulq-atvor usullari, ijtimoiy-psixologik moslashuv omillari, shaxsiy xususiyatlar, psixolog talabalarning psixologik himoyasini rivojlantirishni belgilaydigan muhim omillar sifatida aniqlandi.
Konstruktiv psixologik himoyani shakllantirish bo‘yicha tajriba-tadqiqot ishlari davomida psixologo-pedagogik zarur shart-sharoitlar amalga oshirildi: psixologik himoya tizimi haqidagi bilimlarni o‘rganish, shaxsga xos xususiyatlardan xabardor bo‘lish va shaxs psixologik himoya tizimining amal qilish qonuniyatlarini bilish.
Birinchi kurs talabalarining eksperimental guruhida psixologik himoya va o‘z-o‘zini anglash mexanizmlarining keskinligida o‘zgarishlar yuz berdi. Psixologik himoyaning umumiy kuchlanish ko‘rsatkichi saqlanib qolsa-da, soda-tabiiy himoya qiymatlari (siqib chiqarish, orqaga qaytish, o‘rnini egallash) pasayib borishi va yuksak himoya qiymatlari (kompensatsiya, giperkompensatsiya) sezilarli ortib borishi kuzatildi. Bu holat talabalarni o‘z maqsadlari yo‘lida faol bo‘lishga, shaxs xususiyatlari namoyon bo‘lishini ijobiy sharhlashga imkon berdi. Ushbu o‘zgarishlar talabalar psixologik himoya tizimining ta’sirchanligini oshirishga va ularning yangi faoliyat darajasiga o‘tishini ta’minlaydi.
Psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabalarining tajriba guruhida "Shaxs xususiyatlari va psixologik himoya nazariyasini o‘rganish" shartining amalga oshirilishi psixologik himoyaning dastlabki va sodda-tabiiy mexanizmlarini qo‘llash intensivligida jiddiy o‘zgarishlar yuz berishiga olib keldi. Koping xulq-atvor strategiyasining namoyon bulishi o‘rtacha guruh darajasida ifodalandi. Psixologik himoyaning samaradorligi mezonlari -o‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini nazorat qilish bilan bog‘liq o‘z-o‘zini baholash xususiyatlarida statistik jihatdan ahamiyatli o‘zgarishlar aniqlandi. Ta’riflangan o‘zgarishlarning intensiv darajasi birinchi kurs talabalarida boshqa kurslarga qaraganda ancha past bo‘ldi.



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin