4.3. Psixologik himoya mexanizmini takomillashuvida yengib o‘tish strategiyasining ahamiyati.
Shaxsning hayoti va faoliyatida (talabalarning kasbiy tayyorgarlik bosqichlarida) uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini izlashi va o‘zgartirishi koping strategiyasi misolida o‘rganildi (15-rasm). Guruhlarning o‘rtacha ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi "ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash" strategiyasida (tajribagacha - 64%, keyin -73%, farq-9%), "qochish" strategiyasida (tajribagacha - 58%, keyin-52%; farq-6) ko‘rsatkichda ifodalandi.
Koping xulq-atvor tarkibida "muammoni bartaraf etish" strategiyasi (tajribagacha-85%, keyin-85%; farq-0), bu qiyinchiliklarni bartaraf etish, muammoni hal qilish uchun maqbul variantlarni topish va ularni diqqat bilan tahlil qilib, zarur yechimlar topganlikni ifodalaydi (15-rasm).
15-rasm. Psixologiya yo‘nalishi 3-tajriba guruhi (4 kurs) talabalarida koping xulq-atvor strategiyasining namoyon bo‘lish ko‘rsatkichlari.
"Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kutish", va "qochish" strategiyalari aks etgan tadqiqot natijalarini qayta ishlash ko‘rsatkichlari (4.3.1-jadval).
4.3.1-jadval
Psixologiya yo‘nalishi 4-kurs talabalarining (3-tajriba guruhida) koping xulq-atvor strategiyalari shakllanishining tajribadan keyingi holatini Vilkokson mezoni asosida solishtirish.
Eslatma: 1,11-0,05 darajasida muhim ahamiyatga ega.
1,11* - 0,01 muhim ahamiyatga ega.
T- Vmea - Vilkokson mezonining empirik ahamiyati.
Eksperimental-tadqiqot natijalariga ko‘ra, talabalar o‘z faoliyatlarida "ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kutish" (ko‘rsatkich=18) strategiyasidan ko‘proq foydalana boshladilar, o‘zgarishlarning farqli darajasi 0,05 (4.3.1-jadval). Bu ko‘rsatkich referent shaxslar doirasini kengaytirish yoramida namoyon bo‘ldi, ularning o‘zaro ta’siri shundaki, hissiy tanglikni bartaraf etishga imkon yaratdi, xatti-harakatlarning mumkin bo‘lgan variantlarini topish va ulardan foydalanishga sharoit yaratdi.
"Qochish" strategiyasidan talabalar kamroq foydalana boshladilar (ko‘rsatkich=19), uning ishonchlilik darajasi 0,05 ga teng bo‘ldi (4.3.1-jadval). Bu koping resurslari tizimini rivojlanganligini, talabalarning qiyinchiliklarni bartaraf etish yo‘llari haqidagi fikr doirasini kengayganligini ifodalaydi.
Shunday qilib, koping xulq-atvor strategiyalarining kuchlanishidagi o‘zgarishlar talabalar muammoni oldingidek e’tiborsiz qoldirishidan ko‘ra, unga faol yondoshishga o‘tayotganligi bilan xarakterlanadi.
4.3.2-jadvalda keltirilgan 3-tajriba guruhi va 2-nazorat guruhi (4-kurs) talabalarining koping xulq-atvor strategiyasini diagnostikasi natijalarini tahlil qilamiz.
Dostları ilə paylaş: |