Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə66/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   79
10.05.2023

Psixologiya yo‘nalishi 4-kurs 3-tajriba guruhi va 2-nazorat guruhida o‘zini-o‘zi anglash xususiyatlarining shakllanishini tajribadan oldin va keyingi holatini taqqoslash



O‘zini-o‘zi anglash xususiyatlari

3-tajriba guruhi ko‘rsatkichi (%)

2-nazorat guruhi ko‘rsatkichi (%)


Baho

71

45

2,27

Kuch

43

34

2,26

Faollik

38

34

1,98

Eslatma: 1,11-0,05 (2,04) darajasida muhim ahamiyatga ega.
1,11* - muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 0,01 (2.75)
t< P – Styudent mezonining empirik ahamiyati.



17-rasm. 3-tajriba guruhi talabalarida psixologik himoyaning konstruktivlik darajasi ko‘rsatkichlarining taqsimlanishi.
Psixologiya yo‘nalishi 4-kurs 3-tajriba guruhi va 2-nazorat guruhida o‘zini-o‘zi anglash xususiyatlarining shakllanishini tajribadan oldin va keyingi holatini umumlashtirish, taqqoslash va tahlil qilish natijalari konstruktiv psixologik himoyaning quyidagi darajalari (tabiiy (beixtiyor), amaliy, nazariy) mavjudligini tasdiqladi (17-rasm).
Psixologik himoya konstruktivligining umumiy ko‘rsatkichida foiz bo‘yicha o‘zgarishlar aniqlandi, nazariy darajani 20% dan 33% gacha, empirik darajani 52% dan 57% gacha, stixiyali-tabiiy (beixtiyor) darajani 28% dan 10% gacha bo‘lgan darajadagi o‘zgarishlar tashkil etdi. Psixologik himoya tizimi tarkibiy qismlarining o‘zgarishlarini statistik tahlil qilish o‘zgarishlarning ishonchliligini, shuningdek, qo‘llaniladigan metodikalarning samaradorligi va ahamiyatliligini tasdiqlash imkonini beradi.
Shunday qilib, 3-tajriba guruhi talabalarining psixologik himoya tizimini eksperimental tadqiq etish natijalari bo‘yicha o‘qish faoliyatidagi o‘zgarishlar quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo‘ldi: eng sodda tabiiy va psixologik himoya mexanizmlarining keskinligining keyingi nisbati o‘zgardi. Koping resurslari muammolarni bartaraf etishdan ularni hal qilishda faol harakatlarga aylandi. O‘zini-o‘zi baholash, o‘zini-o‘zi nazorat qilish va o‘zini-o‘zi boshqarishda shaxsning roli oshdi, bu jarayon, ya’ni maxsus tayyorgarlik bosqichi psixologik himoyaning yuqori ko‘rsatkichi konstruktivlik darajasiga o‘tishini baholashga imkon berdi.
Eksperimental tadqiqotlarni amalga oshirish shart-sharoitlari: psixologik himoya tizimi haqidagi bilimlarni assimilyatsiya qilish, ayniqsa, shaxs va psixologik himoya tizimining ishlash talabalarini psixologik himoya tizimining quyidagi yo‘nalishlarda o‘zgarishiga olib keldi: sodda-tabiiy va yuksak himoya mexanizmlarining keskinligi nisbati psixologik himoyaning pastki qismidir. Koping resurslar esa muammolarni bartaraf etishdan ularni hal qilishgacha faol harakatlarga aylandi. O‘z-o‘zini baholash, shaxs his-tuyg‘ularini boshqarish va o‘z-o‘zini nazorat qilish uyg‘unlashgan holda psixologik himoyaning yuqori darajasi bo‘lgan konstruktivlikka o‘tishini baholashga imkon berdi.
Jahon hamjamiyatining mustaqil O‘zbekistonni tan olishi, davlatimizning keng tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati o‘zbek xalqining ma’naviy qadriyatlari va imkoniyatlari tiklanishiga, o‘zini boshqa xalqlar orasidagi to‘la huquqli millat sifatida anglab yetishiga keng imkon yaratmoqda. Tobora kengayib borayotgan xalqaro aloqalar jahon madaniyatini yanada chuqurroq bilish, umuminsoniy qadriyatlardan baxramand bo‘lish uchun qulay zamin yaratmoqdaki, bu o‘z navbatida o‘zbek xalqining turli faoliyat sohalaridagi iste’dodi rivojlanishiga, uning tadbirkorlik va kirishimlilik, bir necha chet tillarni va kompyuter texnologiyalarini tez o‘rganib olish kabi iqtidorining ro‘yobga chiqishiga, xorij mamlakatlariga borish, ular bilan aloqalar o‘rnatish, dunyo standartlari bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarida taxsil olish imkonini berdi. Ana shu aloqalar tufayli milliy mehmonnavozlik va sahovat an’analari yanada rivojlandi.
Bunda aloqalarning kengayishi haqiqiy ma’naviy va madaniy qadriyatlarni munosib baholash imkonini berdi. hozirgi yoshlar ham, ularning ota-onalari ham uchragan kinoni ko‘rib, duch kelgan maza-matrasi yo‘q kitoblarni o‘qib ketayotgani yo‘q. Ataylab yurtimizga olib kelinayotgan G‘arbning sun’iylashtirilgan san’atidan, "keng iste’mol"dagi madaniyatidan norozilik bizning xalq bilan bo‘layotgan deyarli barcha uchrashuvlarimizda sezilib turibdi. Bunday mahsulotning ilgarigi "man etilgan ne’mat"ga xos "lazzati", jozibadorligi deyarli qolmagan. hozirgi kunda xorijning madaniy qadriyatlaridan foydalanishga ancha jiddiy va tanlab yondashish ehtiyoji kuchayib bormoqda. Lekin ochiq ommaviy axborot vositalari orqali tinimsiz ma’lumotlar quyulib kelayotgan sharoitda Ayni ongi hali shakllanib ulgurmagan farzandlarimiz uchun tahdid ham, ataylab uyushtirilayotgan mafkuraviy tajovuzlar ham bor.
Ochiq axborotlar tahdidi sharoitida yoshlarni to‘g‘ri yashashga, vatanparvar va insonparvar bo‘lishga, erkin fikrli bo‘lishga o‘rgatish orqali ularda mafkuraviy immunitetni tarbiyalash eng dolzarb vazifalardir. Zero, o‘rgatish bir tomonlama jarayon bo‘lmay, u «pedagog-tarbiyalanuvchi» muloqoti tizimida ko‘proq tarbiyalanuvchining fazilatlariga bog‘liq. Bunday murakkab ishni tashkil etishda har bir ijtimoiy toifa yoki shaxsning individual - psixologik xususiyatlarini inobatga olish zarurati ijtimoiy psixologiyada isbotlangan. Masalan, agar o‘quvchi yoki talabalarni yaxlit guruh deb oladigan bo‘lsak, ularning barchasi bilan bir vaqtda, bir xil effekt bilan ishlash vash u orqali ularning mustaqil tafakkurini o‘stirish, sog‘lom e’tiqodini tarbiyalashning ilojisi yo‘q. ikkinchidan, bir guruh talaba yoki o‘quvchi uchun maqbul va samarali deb hisoblangan uslubni boshqasida ham aynan joriy etishga urinish bunday sharoitlarda teskari samara berishi mumkin.
Demak, bugun ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan, lekin ming afsuski, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lmaganlar bilan ishlashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
Birinchidan, xulq-atvordagi xatoliklar eng avvalo fikrlash tarzidagi xatoliklarning oqibati bo‘lgani uchun talabalarning negativ fikrlash tarzi sxemasini o‘zgartirish lozim.
Ikkinchidan, fikrlash tarziga ta’sir ko‘rsatish uchun pedagoglar o‘zlarining tushuntirish uslublarini, tarbiya metodlarini o‘zgartirishlari lozim. YA’ni ilgari, yuqori tonlarda, direktiv ohangda, «katta roli»dagi talaba Bilan muloqot qilgan pedagog, endi kerak bo‘lsa, «tengma-teng», demokratik ohangda, bosqichma-bosqich xatti-harakatlarni birgalikda tahlil etishga o‘tishlari lozim.
Uchinchidan, o‘quvchi-talabaning o‘z-o‘zini idrok qilishini, o‘ziga bo‘lgan bahosini o‘zgartirish, ya’ni, talabani ijobiy ishlarga yo‘naltirish orqali o‘ziga bo‘lgan bahosini o‘zgartirishga erishish kerak.
Nihoyat, shunday vaziyat yaratish lozimki, o‘quvchi ijobiy tajriba orttirsin, o‘ziga, oilasiga yoki sinfdosh do‘stlariga, maktabiga manfaatli ish qilib olqish olsin. YA’ni, ularni jamoat ishlariga keng jalb etish amaliyotini kengaytirish, bu ishdan manfaatdorligini oshirish lozim.
Demak, ta’lim va tarbiya jarayonida har bir pedagog yoshlarning mustaqil fikrlashlari uchun sharoit yaratish lozim, aks holda uning ongi tayyor shablonlar, stereotiplarga shu qadar o‘rganadiki, ular oxir-oqibat har qanday bid’at yoki yot g‘oyalarga ergashib ketaveradigan bo‘lib qoladi. YA’ni, darsni tashkil etishning noan’anaviy usullariga keng yo‘l ochish, darslarda o‘quvchilar bilan interaktiv muloqotni tashkil etish, ular miyasining yaxshiroq ishlashi, qiziqishi va mustaqil fikrlashga yordam beradi.
Psixologik manbalardan yana shu narsa ma’lumki, yoshlar mustaqil fikrlashlari uchun ta’lim jarayonining o‘zida joriy etilgan tartiblarda byurokratiyani minimallashtirishga erishish kerak. Chunki eski ta’lim tizimi o‘qituvchining aytganini, u yozgan ma’ruza matnini aynan ko‘chirib yozib kelish, aytib berishni talab qilardi. Bu holat miyani avtomatik ishlashga, zombi kabi yodlangan bir xil qolipda bo‘lishga o‘rgatadi. Bunday miyada albatta o‘ziga xos vakuum hosil bo‘ladiki, bu vakuumga keyinchalik boshqa yot g‘oya va tushunchalar juda tez singadi, chunki miya deyarli tormozlangan, har qanday boshqacha xabar uning miyasiga oson kirib oladi.
Demak, davrimiz pedagoglardan, rahbarlardan o‘z ish uslublarini o‘zgartirish, muloqot qobiliyatlarini takomillashtirishni talab qilmoqda. Bu uning ta’sir ko‘rsata olish xislatini samarali bo‘lishini talab etadi. Bu esa bevosita yoshlarda mustaqil, erkin tafakkurni rivojlanishi uchun real zamin bo‘ladi.
O‘qituvchilar yoshlarni turli yomon ta’sirlardan asrashda ahloqiy qadriyatlardan foydalanishi va bunda axloqiy ta’sir ko‘rsatish texnologiyasidan oqilona o‘z faoliyatida joriy eta olishi lozim bo‘ladi. Axloqiylikka o‘rgatish, axloqan va ma’nan yuksak bo‘lish, umuman tazyiqni, kuch ishlatishni rad etadi. Ma’muriy tazyiq yoshlarni yot ta’sirlardan asrab qololmaydi. Buning yagona yo‘li - o‘quvchi Bilan munosabatda gumanistik tamoyillarni joriy etish, erkin fikr almashinish muhitini yaratilishidir.
Ochiq axborot kommunikatsiyasi jarayonida yoshlar ongiga ta’sir etayotgan yot g‘oyalarga qarshi himoya vositalarini ishlab chiqishdan avval yoshlarning ijtimoiy xulqda ko‘zga tashlanadigan eng muhim holatlardan biri tashvishlanish, nimadandir cho‘chish vash u tufayli ijtimoiy munosabatlardan o‘zini olib qochishga intilish hislarini namoyon bo‘lishidir. Chunki agar, psixologik himoya holatining mohiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsa, bu shaxs-ichki kechinmalarini ifodalovchi shunday holatki, unda odam ichki ruhiy mo‘tadillikni asrash uchun o‘zidagi xavotirlanish, qo‘rquv va xadiksirashlarini bosishga, ulardan xalos bo‘lishga intiladi. Psixologik himoya-shaxsni turli salbiy ta’sirlardan asrashga, psixologik diskomfortni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin