14-rasm. 3-tajriba guruhi talabalarida psixologik himoya mexanizmlarining ifodalanish ko‘rsatkichlari. 3-tajriba guruhi (bundan keyin 3-Tg) ham 4-kurs psixologiya yo‘nalishi talabalaridan shakllantirildi. 3-tajriba guruhida konstruktiv psixologik himoyani shakllantirish uchun maxsus kurs "Shaxsni konstruktiv psixologik himoya qilish muammolari" o‘quv jarayoni va darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar amalga oshirildi. Psixologik himoya tizimi bilan bog‘liq shaxs xususiyatlarini chuqurroq anglash va mohiyatini tahlil qilishga doir ma’lumot aniqlandi. O‘rta guruh darajasidagi individual o‘zgarishlar hisobga olindi. T-(Vmea)-Vilkokson mezoni bo‘yicha statistik ma’lumotlarni qayta ishlash tahlili amalga oshirildi.
Psixologik himoya mexanizmi o‘zgarishining o‘rta guruh ko‘rsatkichlari eksperimental-tajriba jarayonida o‘zgarib borganligi aniqlandi (14-rasmda keltirilgan). Eng katta o‘zgarish "o‘rnini egallash" (tajribagacha 29%; keyin-10%; farq-19%)," rad etish " (tajribagacha- 45%; keyin-36%; farq-9%), "loyihalash" (tajribagacha- 69%; keyin-60%; farq-9%) mexanizmlari ko‘rsatkichlarida ifodalandi (14-rasm).
O‘rta guruhdagi o‘zgarishlar yuksak psixologik himoya mexanizmlarining kuchayishida ham qayd etildi: "kompensatsiya" (tajribagacha - 54%; keyin-60%; farq-6%), giperkompensatsiya (tajribagacha - 36%; keyin-40%; farq-4%), ratsionalizatsiya (tajribagacha - 52%; keyin -53%; farq-1%), umuman olganda, psixologik himoyaning yuksak mexanizmlarini biroz pastroq intensivlikda ifodalanganligini e’tirof etish mumkin (14-rasm).
Psixologik himoya mexanizmlarining kuchlanishidagi o‘zgarishlarni statistik tahlil qilish Vilkoksonning T-mezoni bo‘yicha individual ko‘rsatkichlar hisobga olingan holda amalga oshirildi. "Orqaga qaytish" mexanizmining ishlashida statistik o‘zgarishlar aniqlandi (T- Vmea =21,5 da r <0,05 ) "o‘rin almashtirish" (T- Vmea =1 da r<0,05 ), "loyihalash" (T- Vmea= 19 da r <0,05), "kompensatsiya" (T- Vmea=20,5da r<0,05 ), "giperkompensatsiya" (Temp T- Vmea =21 da<0,05 ), "ratsionalizatsiya" (T- Vmea =13da r<0,01 ) (4.2.13-jadval). "Rad etish" va "orqaga qaytish" kabi psixologik himoya mexanizmlarining umumiy kuchlanishlarida ishonchli o‘zgarishlar namoyon bo‘lmadi (4.2.13-jadval).
"Orqaga qaytish" mexanizmidan foydalanish imkoniyati (T-Vmea =21,5da r<0,05 statistik ahamiyatga ega bo‘lgan darajada kamaydi, tadqiqot jarayonida muammolarni kamaytirish infantil xulq-atvordan foydalanish imkoniyatini kamaytirdi (4.2.13-jadval).
4.2.13-jadval