4-kurs talabalarida (2-Tg va 2-Ng) o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan keyin o‘z-o‘zini anglash xususiyatlarini taqqoslash.
O‘z-o‘zini anglash xususiyatlari
|
Ko‘rsakichlar
2-Tg (%)
|
Ko‘rsakichlar
2-Ng (%)
|
|
Baho
|
67
|
45
|
2,15
|
Kuch
|
43
|
34
|
2,05
|
Faollik
|
38
|
34
|
1,98
|
Eslatma: 1,11-0,05 (2.04) darajasida muhim ahamiyatga ega.
1,11* - muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 0,01 (2.75)
t< P - Styudent mezonining empirik ahamiyati
13-rasm. 2-tajriba guruhi talabalarida psixologik himoya konstruktivlik darajasining ifodalanishi (taqsimlanishi).
Psixologiya yo‘nalishi 4-kurs 2-tajriba guruhi talabalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan keyin o‘zini-o‘zi anglash xususiyatlari taqqoslanganda quyidagi konstruktivlik aniqlandi (13-rasm).
Psixologik himoyaning konstruktivligi umumiy ko‘rsatkichidagi o‘zgarishlar foizlarda aniqlandi, nazariy darajada 20% dan 27% gacha, empirik darajada 52% dan 63% gacha, kutilmagan darajada 28% dan 10% gacha bo‘lgan o‘zgarishlar yuz berdi. Psixologik himoya tizimi tarkibiy qismlarining o‘zgarishlarini statistik tahlil qilish o‘zgarishlarning ishonchliligini, shuningdek, qo‘llanilgan o‘zaro ta’sirning samaradorligi va yetarliligini tasdiqlash imkonini berdi.
Shunday qilib, maxsus kursni o‘rganish talabalarni psixologik himoya qilish tizimining samarali rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Psixologik himoyaning yuksak va ibtidoiy mexanizmlarini qo‘llash intensivligida ham o‘zgarishlar yuz berdi. Koping xulq-atvor strategiyalarning kuchlanish ta’siri o‘rta guruh darajasida o‘zgarganligi aniqlandi. Statistik jihatdan ahamiyatli o‘zgarishlar psixologik himoya mezonlarida, o‘zini-o‘zi anglashning o‘ziga xos xususiyatlari-o‘zini-o‘zi baholash va o‘zini-o‘zi nazorat qilish ko‘rsatkichlarida ifodalandi. Ta’riflangan o‘zgarishlarning intensivligi 1-tajriba guruhidagidan past darajada namoyon bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |