Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə30/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   79
10.05.2023

Masofa saqlash strategiyasi - inson o‘zida mavjud bo‘lgan turli xildagi muammolarni ajratib olib, ularni unitishga harakat qiladi.
O‘z- o‘zini nazorat qilish strategiyasi – o‘z his-tuyg‘ulari va faoliyatini boshqarishga urinishida namoyon bo‘ladi.
O‘zini chetga olish strategiyasi - inson bor imkoniyatini jamlab, muammoli vaziyatdan o‘zini chetga olishga intilishi nazarda tutiladi.
Javobgarlikni o‘ziga olish strategiyasi - qilgan hatti-harakati tufayli yuzaga kelgan muammoning natijasini, oldin yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini qayta takrorlamaslikka harakat qilish qarorini qamrab oladi.
Ijtimoiy ko‘mak izlash strategiyasi - inson bor imkoniyatini jamiyatdan hayotiy, moddiy va emotsional yordam topishga qaratadi.
Muammoii rejali hal qilish strategiyasi - muammoli vaziyat bo‘yicha aniq rejani tuzish va uni amalga oshirishdan iborat.
Qarshi turib yengish strategiyasi - munosabatlardagi negativ va nafratlantiruvchi muammoli holatni inson agressiyasi orqali yengishga harakat qiladi.
Qayta ijobiy baholash strategiyasi – mavjud muammo va qiyinchilikni yechishda ijobiy tushunchalardan maqsadli foydalanish va uni subyekt tomonidan ijobiy qabul qilishdan iborat.
Subyektning koping xulq-atvorini baholashda yangicha yondashuvni yuzaga kelishiga qator determinant faktorlar asos bo‘ladi: dispozitsion (shaxsiy), dinamik (vaziyatli), sotsiomadaniy (yekologik) va regulyativlardan iborat. T.L.Kryukovaning qayd etishicha: “Inson kanchalik koping xulq-atvor mexanizmlaridan ongli va maqsadli foydalansa, turli fe’l-atvorli subyektlarda yenga olish imkoniyati jadal kechadi” T.L.Kryukova koping xulq-atvor muammosiga shaxsni rivojlantiruvchi, moslashtiruvchi, asrovchi va resurslarini oshiruvchi imkoniyat sifatida qaraydi. Shuningdek, uning insonda maxsus ijtimoiy ko‘rinishi mavjud bo‘lib, u insonni salomatligini va xotirjamligini ta’minlab beradi. Subyekt hayotiy murakkabliklarni bartaraf etishda anglangan harakatlar yordamida shaxs xususiyatlari va vaziyatni baholashi adekvat tarzda bo‘ladi. Vaziyat bilan bog‘lik o‘zgarish (u nazorat ostida bo‘lganida) yoki moslashishga (qandaydir holatda vaziyat nazorat qilinmaganda) tomon yo‘nalgan bo‘lsa, ular o‘zaro faol harakatga o‘tadi. Agar subyekt ushbu tur xulq-atvorga ega bo‘lmasa, unda bu uning mahsuldorligida, salomatligida va muvafaqqiyatida yokimsiz holda davom etishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan tahlillardan ko‘rinib turibdiki, koping xulq-atvor strategiyalari o‘zida rang-barang moslashuv formalarini aks ettirgan holda insonning optimal darajada jamiyat bilan maqsadlarini, o‘zaro harakatlarini amalga oshirishdir,
Koping xulq-atvor anchayin keng ma’nodagi tug‘ma va ijtimoiy shakllangan xususiyat bo‘lib, u o‘zida anglangan va anglanmagan himoya texnikalarini aks ettiradi.
Kupchilik mualliflarning tasdiklashicha, koping xulq-atvor va himoya mexanizmlarini chegaralashda muayyan darajadagi murakkabliklar mavjud.
R.Lazarus [76;76 ]koping xulq-atvorga nofaol psixologik himoya sifatida munosabat bildirib, psixologik himoya mexanizmlari xamda koping xulq- atvor mexanizmlari o‘rtasidagi farkdarni ajratib ko‘rsatadi:

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin