Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə25/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   79
10.05.2023

Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar
1. Shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslarini o‘rganish metodlari tadqiqotni tashkil etish xususiyatlaridan kelib chiqib belgilandi. Shu bois, zamonaviy psixologiya fanida keng qo‘llanilayotgan tadqiqot metodlarining har biri shaxs psixologik himoya mexanizmlarini o‘rganishga hizmat qilishi tabiiydir. Kuzatish, eksperiment, suhbat, faoliyat natijalarini tahlil qilish mazkur muammoni tadqiq etishning asosiy usullari hisoblanadi. Mavzuga dahldor tadqiqot metodikalari esa muammoning o‘ziga xosligini baholash sharti sanaladi.
2. Muammoni o‘rganish asosida nazariy tahlil va umumlashtirish; tajriba va nazorat guruhlarida olib borilgan aniqlovchi va shakllantiruvchi eksperiment; suhbat; kuzatish; ekspert baholash usuli; matematik ma’lumotlarni qayta ishlash usullari (Styudentning t-mezonlari, Vilkokson t-mezonlari); mavzuga daxldor psixologik test; “Hayot tarzi indeksi” so‘rovnomasi (R. Plutchik, G. Kellerman, H. Konte); “Stressni bartaraf etish strategiyasi ko‘rsatkichi” usuli (D. Amirxan); “Subyektiv nazorat darajasi” usuli (E.F. Bajin, S.A. Golinkin, A. M. Etkind); Shaxs differensialligi metodikasi (V.M. Bextereva); Shaxsning ziddiyatli xulq-atvorga moyilligini aniqlash usuli (K. Tomas); Ijtimoiy-psixologik moslashuvni tashxislash (K. Rodjers, R. Daymond) usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq deb belgilandi.
3. Tadqiqot tahlillarimizga ko‘ra, konstruktiv psixologik himoyaning amal qilishi ongli ravishda amalga oshiriladi va aks ettirish orqali nazorat qilinadi. Konstruktiv psixologik himoya tashqi ijtimoiy va psixologik moslashuvchanlikni nazarga tutadi hamda shaxsning hayotiy muammolarini qoniqarli hal etishni ta’minlaydi. Shaxslararo o‘zaro munosabatlarda konstruktiv psixologik himoya shaxsning jadal rivojlanishini, va uning ijtimoiylashuvini belgilaydi.
4. Koping strategiya shakllangan insonlar shaxsiy o‘z-o‘zini boshqarishning rivojlangan qobiliyatiga egadirlar va koping – shaxsiy hulq-atvor bilan farqlanadilar. Koping shaxslar atrofidagi mavjud muammolar ta’sirini yengish, "men"ning shaxsiy chegaralarini yaratish, o‘z-o‘zini tartibga solishning ongli darajasiga chiqish va shu bilan birga o‘z-o‘zini boshqarishda ustundirlar. Koping shaxs - bu asteniyaga olib kelmaydigan, aksincha, shaxsni o‘z – o‘zini boshqarishning eng oliy darajalariga yetaklaydigan-shaxsiy o‘z-o‘zini boshqarishning faollashtirish holatida va resurs holatda bo‘lgan shaxsdir.



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin