Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


Psixologik himoya mexanizmi va koping (yengib o‘tish) strategiyasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning psixologik talqini



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə24/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79
10.05.2023

2.3. Psixologik himoya mexanizmi va koping (yengib o‘tish) strategiyasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning psixologik talqini

Psixoloik himoya mexanizmi va yengib o‘tish strategiyasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tushuntirishda quyidagi ilmiy izlanishlarni keltirib o‘tish o‘rinli. Koping xulq-atvor o‘tgan asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan tushuncha bo‘lib, inglizcha “sope, to sore” - “yenga olish, bartaraf qilish” kabi ma’nolarda qo‘llaniladi. Mazkur psixologik tushunchani 1962 yil L.Merfi ilmiy izlanishlarida, xususan o‘quvchilarning inqirozli yosh davrlarida vujudga keluvchi turli darajadagi psixologik holatlarni kay darajada yengga olishni tadqiq qilish jarayonida foydalangan. Shuniigdek, taniqli amerikalik psixolog A.Maslou ham koping xulq-atvor ustida samarali izlanipshar olib borgan. Koping xulq-atvor shaxsning hayotiy muammolarni hal qilishga tayyorligi va o‘zidagi mavjud imkoniyatlardan maqsadli foydalana olishi orqali stressni (hayot murakkabliklarini) yenga olish strategiyalarini to‘g‘ri tanlashiga xizmat qiladi


Koping hulq atvor mexanizmini tushuntirish uchun V.A. Tashlikov, unda moslashtirish mexanizmlari va psixologik himoyalar eng moslashuv jarayonlarning hamda shaxsni stress holatiga bo‘lgan reaksiyasiga muhim shakllari sifatida YE. Xeyma ishlarini qo‘llaydi. Psixologik moslashish tizimi psixologik himoya va koping-hulq atvor mexanizmlari majmui tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ularning rolini tushuntirish uchun faollik va passivlik tushunchalari kiritilgan. Psixoanalitik nazariya doirasida himoya va koping mexanizmlarini qiyoslashni N. Xaan ishlarida ko‘rib chiqqan. U, himoya va koping negizida qattiqlik (rigidlik) darajasi orqali farqlanadigan Men-jarayonlar o‘xshashligi borligini aniqlagan. Taxmin qilinadiki, ruhiy sog‘lom shaxs birinchi koping-hulq atvorning faol shakllariga va faqat vaziyatni hal qilish uning imkoniyatlariga mos kelmasa, u himoya mexanizmlariga murojaat qiladi. Koping xulq-atvorning quyidagi shakllarini aniqlaydi: adaptiv, nisbatan adaptiv va moslashmagan.
R. Lazarus himoya mexanizmlarini, vaziyat o‘zgarishidan oldin hissiy stressni kamaytiradigan stressni bartaraf etishning ichki usullari sifatida tushungan. U bu xatti-harakatni passiv koping xatti-harakat deb atagan. Yengish strategiyasi tahdid manbaiga bevosita ta’sir etish, uni o‘zidan ajratib olish, muhimlik darajasini qayta baholash yoki tahdidli obyektni diqqat zonasidan siqib chiqo‘vchi chalg‘ituvchi xatti-harakatlarni tashkil etishdan iborat. [76;54] B.D. Karvarskiy koping va himoya mexanizlarni ajratgan. [64;300 ]Psixologik himoya – bu idrok va baholashning adaptiv qayta qurilishini, ziddiyatli ehtiyojlarning ongsiz to‘qnashuvlarini, motivlar va havotirni kamaytirish maqsadida munosabatlarni amalga oshiradigan intrapsixik mexanizmdir. F.YE. Vasilyuk havotir jarayoni doirasida koping va himoya tushunchalari o‘rtasidagi munosabatni ko‘rib chiqdi. Kopingning maqsadi – unga hayot ehtiyojlarini qondirish imkonini beradigan, subyektning atrof-muhitga real moslashuvidir.
Psixologik himoya emotsional barqarorlik vaziyatlarda iloji boricha maksimal imkoniyatlarga erishish uchun amalga oshiriladi. Himoya faoliyati produktiv va konstruktiv usullarni egallash uchun tayyorgarlik qilish uchun vaqtni taqdim etishdan iborat. 2007 yilda bir qator mualliflar kollektivi (V.A. Ababkov, A.V. Vasileva, G.L. Isurina, B.D. Karvasarskiy va boshqalar) koping hulq-atvor hodisasini sheriklik mexanizmi sifatida o‘rganishning o‘z natijalarini taqdim etdilar. Mualliflar ushbu mexanizmlarni stressli vaziyatlarni yengish uchun ongli strategiyalar sifatida talqin qildilar va ularni aniqlash usullarini ishlab chiqdilar hamda shifokorlar va psixologlar uchun qo‘llanma nashr etdilar. Koping tushunchasining o‘zi xam aniqlikka erishdi: aniqlanish, faoliyat va asosiy turlar va ayniqsa krizisli vaziyatlarda psixologik himoya mexanizmlarning mazmunli hususiyatlari.
I.V. Kochkareva koping-xulq atvorni xususiyatlarini o‘rgana turib, shaxsga o‘z shaxsini anglashga intilish, barcha qiyinchiliklar va to‘siqlarga qaramasdan, o‘z g‘oyalarini amalga oshirishga yordam berishini ta’kidlaydi. [72;28] Muhimlik-insonning mohiyati, uning asosiy xususiyati va hayotning o‘zagidir. Inson faoliyatining belgilovchi omili - bu o‘z-o‘zini anglashga intilish bo‘lib, u atrof-muhit bilan tanlash munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, o‘z o‘rnini topishga intilish mehnat sohalarining sifatli xususiyatlari muayyan irodaviy xususiyatlarni shakllantirishga yordam beruvchi egallagan xulq-atvor strategiyalarini tanlashda amalga oshadi. Bu tadqiqotning maqsadi ma’lum irodaviy xususiyatlar bilan birga yuradigan koping strategiyani tanlashda o‘z muhimlikka intilishning ta’sirini o‘rganishdan iborat edi.
Shaxsning “Men” muhimligini oshirish uchun inson moyilliklarini o‘rganish jarayonida, muallif har qanday sohada muhimlikka intilishning eng yuqori ko‘rsatkichlariga muvofiq talabalarning uch guruhini nomladi. Demak, birinchi guruh sinaluvchilarda bunday sohalar o‘z-o‘zini anglash va ijod qilishdir, ikkinchi guruh talabalarda esa sog‘liq va moddiy manfaatlardir. Kasbiy faoliyat va hokimiyat sohalarida muhimlikka intilish uchinchi guruh subyektlariga xosdir. Muallif, muhimlikka intilish koping strategiyasini belgilaydi, va har bir guruhning ma’lumotlariga ko‘ra tasdiqlanadi degan taxminni ilgari surdi. Birinchi kattaroq guruh talabalari uchun (55%), muammoni xal qilish yo‘nalishiga qaratilgan strategiya xosdir. Bunday insonlar ko‘pincha qiyin hayotiy sharoitlarni shaxsiy o‘sish, qo‘yilgan maqsadlariga erishish imkoniyati sifatida qaraydilar. Salbiy hodisalarni bu tarzda bartaraf etish qat’iyatlilik va maqsadga muvofiqlik kabi irodaviy sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ikkinchi guruhdagi subyektlar (15%) ko‘proq hissiyotlarga qaratilgan strategiyani qo‘llaydilar, bu esa inson muammoni na amaliy o‘zgartira olishi, va na uning manbaidan uzoqlasha olishi bilan xarakterlanadi. Ehtimol, shaxs uchun faqat psixofiziologik va moddiy imtiyozlarning muhimliligi qiyin hayotiy vaziyatlarni ijobiy bartaraf etishga yordam bermaydi, bu esa chidamlilik, qat’iyatlilik va tashkilotchilik kabi kuchli irodali sifatlarning past darajada rivojlanganligi bilan tasdiqlanadi. Uchinchi (30%) guruh talabalari boshqalardan ko‘ra ko‘proq qochish strategiyasiga ega. U qiyin vaziyatdan qochishni tahmin qiladi, bizning fikrimizcha oqilona va konstruktiv hayot strategiyasi bo‘lishi mumkin, chunki u qiyinchiliklarga duch kelganda safarbar qilish imkonini beradi. Bu taxmin chidamlilik va o‘z-o‘zini nazorat qilish rivojlanishining yuqori darajasini tasdiqlaydi.
Ekstremal kasb mutaxassislarining koping hulq-atvor psixologik mexanizmlari o‘zining mazmunli to‘lishini tan olishni davom etmoqda. V.Y Ribnikov., Y.N. Ashanina himoya-yengish hulq va subyekt-subyektli munosabatlarning shaxs tabiati sharoitlarga moslashgan koping resurs komponentlarini va asosiy guruhlarga asos soldilar. Birinchidan, u stressga qarshi kurash psixologik himoya kabi himoyaga ega hulq-atvordir, iyerarxik munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan, katta tizimlarda tashkil etilgan (psixologik himoya qilish, koping hulq-atvor), bir qator elementlar (psixologik himoya mexanizmlari, koping strategiyalar stressni yengishning shaxsiy va atrof-muhit resurslari)dan iborat bo‘lgan integrativ metatizimni o‘zida namoyon etadi. Ikkinchidan, bu ekstremal kasbdagi mutaxassislarning himoya va qoplama xatti-harakatlari strukturasi bo‘lib, ular kasbiy faoliyatining o‘ziga xosligiga, turli stressorli omillar ta’sirining chastotasi va ta’sirning belgilanishiga bog‘liq bo‘lib, jamiyatdagi hayotining stressorli omillari bilan ham belgilanadi. Uchinchidan, bu mudofaa xulq-atvorning mazmunli tashkil etishdir (u o‘z ichiga diskret komponentlarni olgan turli darajadagi tizimda yahlit holga keltirilgan yetuklik darajasi orqali moslashuvchanlik va faollik bilan farqlanadigan qiyin ko‘p darajali ta’limotdir). To‘rtinchidan, insonning jamiyatda shaxs sifatida va o‘ta kasbiy faoliyat subyekti sifatida himoyaga ega xatti-harakatlari asosan shaxsiy (individual psixologik) xususiyatlar, xosiyatlar va sifatlar bilan belgilanadi. Bu va boshqa tadqiqotlar o‘zlarining davomiyliklariga ega edilar va 2012 yilda shaxsning subyektli va obyektli yo‘nalishlar vakillarida psixologik himoya mexanizmlari va koping strategiyalaridan foydalanish hususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlarnashr etildi. YE.V.Jolobov shaxsning subyektli va obyektli yo‘nalishlarga tegishli hususiyatlarini tizimlashtirdi. [50;]
YE.V. Jolobov shaxsning obyektli va subyektli moslashuviga tegishli bo‘lgan hususiyatlarni tizimlashtirdi: subyektli oriyentatsiya (moslashuv), o‘zgaruvchanlik, nazoratning ichki lokusi, ichki dunyoni o‘zlashtirish, o‘z-o‘zini oriyentatsiya qilish, hayotiy ijodlilikning yuqori darajasi, obyektli oriyentatsiya, barqarorlik, nazoratning tashqi lokusi, tashqi dunyoni o‘rganish, inertlik, eko-oriyentatsiya, hayotiy ijodlilikning past darajasi.
YE.V. Jolobov shaxsning subyekt-obyekt yo‘nalishiga ko‘ra, koping va psixologik himoya mexanizmlari sifatida xususiyatlarni taqsimladi va o‘z taxminlarini taklif qildi. Shaxsning subyektiv yo‘nalganligi: kopinglar (o‘z-o‘zini nazorat qilish, uzoqlashtirish, javobgarlikni o‘z zimmasiga olish); himoya mehanizmlari (intellektualizatsiya, kompensatsiya). Shaxsning obyektiv yo‘nalganligi: koping (qochish) himoya mehanizmlari (inkor etish, regressiya, proyeksiya, almashtirish, reaktiv hosil qilish). Shunday qilib, YE.V. Jolobovning tadqiqotiga ko‘ra, himoya mexanizmlarining beshtasi obyektiv yo‘nalishga, faqat bittasi esa subyektiv yo‘nalishiga mos keladi. Shuni tahmin qilish mumkinki, subyektli oriyentatsiya yuqori darajadagi xabardorlik bilan ajralib turadi, chunki himoya mexanizmlari ko‘proq ongsiz sohaga bog‘liqdir.
Ma’lumki, kopinglar shaxs tomonidan ongli ravishda, himoya mexanizmlari esa ongsiz va passiv ravishda ishlatiladi. Umuman olganda, anglash darajasi shaxsning yetuk adekvat ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin va ko‘pincha psixokorrektiv ishning maqsadiga aylanadi. Bunday mezonning (kriteriyaning) qiyinchiligi ayrim abstraktlik, tushunchaning o‘ziga xosligi, konkret bo‘lmasligida va binobarin, o‘lchab bo‘lmasligida yotadi. Odatda, anglash idrok aktlarida o‘z-o‘zidan namoyon bo‘ladi va subyektiv his-tuyg‘ular bilan aniqlanadi. Albatta, besh psixologik himoya mexanizmlarning statistik aniq muvofiqligiga ko‘ra shaxsning obyektli oriyentatsiyasi subyektli oriyentatsiyasida paydo bo‘lmasligi mumkin, degani emas. Bu yerda xususiyatning ifodalanish darajasi haqida gap ketmoqda.
2012 yilda, I.V. Kondakova asosiy resurslar deb mas’uliyatni va hayotga chidamlilikni aytadi, ular respondentlarga har qanday qiyin hayotiy vaziyatlarni bartaraf etishda yordam beradi va psixologik xavfsizlikning rivojlanayotgan resurslari deb: turli sohalarda o‘z-o‘ziga ishonchdan iborat bo‘lgan kognitiv resurslari: kasbiy faoliyat, intellektual faoliyat, kundalik muammolarni hal qilish, yaqin kishilar (do‘stlar), bolalar, oilada va ota-onalar bilan munosabatlar qurish mahorati, nazoratning ichki lokusi, zo‘ravonlik haqida bilim va ularni bartaraf etish usullari; muvozanatli tenglik bilan ifodalangan emotsional blok, samarali koping strategiyasidagi xulq-atvor bloki, degan xulosaga keladi. [69;]
Shu bilan bir qatorda, YE.V. Bursevaning tadqiqotiga parallel tarzda shaxsning tashqi muhitga ta’siri subyektiv javobi kontekstida "koping-shaxsiylashtirish" hodisasi tadqiq qilindi. Shu bilan birga koping shaxsiylashtirish guruhga nisbatan negativlikni anglatmaydi va ushbu konformizmga qarama-qarshi bo‘lmaydi. Ko‘pincha bu tushuncha “kollektiv o‘z-o‘zini aniqlash" ga yaqinroqdir. Ayniqsa “o‘z mavqeini o‘zi belgilaydigan” odamlar haqiqiy ijtimoiy ahamiyatga ega manfaatlarni, normalar va o‘z kasbiy guruh qadriyatlarini himoya qilish imkoniyatiga egadirlar, lekin bir vaqtning o‘zida tizimning depersonaliz bosim tizimiga va hodisalariga, tizimning maqsadlari va qadriyatlariga (masalan, korrupsiya) qarama-qarshi bo‘lgan qarshi turib berishi xam mumkin. Hisoblash mumkinki, bunday xodimlar shaxsiy o‘z-o‘zini boshqarishning rivojlangan qobiliyatiga egadirlar va koping- shaxsiy hulq-atvor bilan farqlanadilar. Koping-shaxslashtirish bu tekislash ta’sirini yengish, "men"ning shaxsiy chegaralarini yaratish, o‘z-o‘zini tartibga solishning ongli darajasiga chiqish va shu bilan birga o‘z-o‘zini boshqarishdir. Koping shaxs - bu asteniyaga olib kelmaydigan, aksincha, shaxsni o‘z – o‘zini boshqarishning eng oliy darajalariga yetaklaydigan-shaxsiy o‘z-o‘zini boshqarishning faollashtirish holatida va resurs holatda bo‘lgan shaxsdir. [26;]
V.A. Bodrovning fikriga ko‘ra, inson resurslari tushunchasi umumiy ma’noda "energiya va axborot jarayonlarining imkoniyatlarini, kasbiy yo‘naltirilgan funksiyalarning rivojlanish darajasini, ularning moslashuvchanligi, barqarorligi va kompensatsiyalanishi, turli faoliyat shakllarini tartibga solish usullari va o‘zlashtirilgan dasturlarning mavjudligi va boshqalarni aks ettiradi." V.A. Bodrov birgalikda yegalik qilish ostida, insonga qiyin hayotiy vaziyatlarni harakatlarning ongli strategiyasi va egalik qilish resurslarni jalb qilish orqali yengish imkonini beradigan maqsadli ijtimoiy xulqni tushunadi. [22;507]
I.V. Kochkarevaning fikricha, insonning yetakchi tendensiyasi bo‘lmish shaxsning o‘z muhimligiga intilish, og‘ir hayotiy vaziyatlarda qadriyatlar, ma’nolar va motivlarni aks ettiruvchi koping xulq-atvor manbai sifatida faol aks etadi. Bunday vaziyatda, belgilangan resurslarni qo‘llash bir hil ma’noli emas. [72;28]
V.Y. Ribnikov., Y.N. Ashanina, ekstremal kasb mutaxassislarning koping-hulq psixologik mexanizmlarini ko‘rib chiqib, makroijtimoiy, mikroijtmoiy va shaxsiy koping manbalarga ajratdilar. Bundan tashqari, makroijtimoiylarni ikki darajaga bo‘lishadi: birinchi daraja (tashkilotlar, tizimlar) – bu qonunlar, ijtimoiy normalar, FVV, ichki ishlar vazirligi, ta’lim tarbiya tizimlari, ijtimoiy va tibbiy ta’minot); va ikkinchi daraja – mutaxassislar (masalan, politsiya). Mikroijtimoiylar-bu qarindoshlar, do‘stlar va hamkasblardir.
Shaxsiylar: ijtimoiy va axloqiy fazilatlar, Men-konsepsiya, motivatsiya, axloqiy normativlik, o‘z-o‘zini anglash; hissiy va irodaviy fazilatlar: stressga chidamlilik, hulq-atvorni irodaviy nazorat qilish, psixologik barqarorlik; bilim, tipologik, tartibga soluvchi fazilatlar, kasbiy tayyorgarlik, tajriba va ko‘nikmalardir. I.V. Ryabchenko va boshqa tadqiqotchilar, turli negativ dezadaptatsiya xodisalari (Rossiya ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan sodir bo‘lgan misolida - o‘z joniga qasd qilish, qonun buzilishi, psixosomatik kasalliklar, o‘zaro ziddiyatlar, post-travmatik shaxsiyatli ko‘ngilsizliklar, tajovuzkorlik, alkogolizm, va hokazolar.) koping xulq-atvorning shakllanmagan strategiyalari bilan bog‘liq degan xulosaga keladilar.
Jahonda bugungi kunda ijtimoiy ta’sirlarning jadal ravishda rivojlanishi, fan va texnologiyalar taraqqiѐti, axborotlar oqimining ortib borishi, inson omili bilan bog‘liq fanlar oldiga yangi vazifalar qo‘ymoqda. Ayniqsa, jadal sur’atlar bilan rivojlangan globallashuv o‘zining ijobiy tomonlari bilan bir qatorda inosoniyat ruhiyatida o‘ziga xos ijtimoiy -psixologik tanglik, emotsional beqarorlik kabi jihatlarni ham yuzaga keltiraѐtganligi hech kimga sir emas. Shu bois hozirda talabalarda koping xulq atvor shakllantirishning psixologik mexanizmlari masalasi dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.Bugungi kunda yangi O‘zbekistonda amalga oshirilaѐtgan islohotlarda psixologiya ilmiga ham alohida e’tibor qaratilayapti. Mazkur e’tibor zamirida ko‘plab yangi tadqiqotlarni olib borish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Jumladan bugungi yangicha qarash va yangicha tafakkur psixologik tadqiqotlarda ham zamonamiz uchun eng dolzarb mavzularni tadqiq qilishga motiv berayapti. Shu sababli ham biz mazkur imkoniyatlardan unumli foydalanib, shaxslarda haѐtda yuz berishi mumkin bo‘lgan esktermal vaziyatlar, emotsional beqaror vaziyatlar, jumladan stress, depressiya, agressiya, affekt, frusturatsiya kabi vaziyatlarda shaxsning psixologik himoya mexanizmlari va shaxsning koping xulq -atvorini tadqiq qilishni maqsad qildik.
Bugungi kunda psixologiya fanining amaliy tarmoqlarida koping xulq -atvor muammosiga bag‘ishlangan tadqiqotlar sezilarli darajada namoѐn bo‘la boshladi. Psixologik tadqiqotlar olib boruvchi eng yetuk xalqaro markazlardagi ilmiy xulosalarga ko‘ra jamiyat taraqqiѐtida shaxsdagi koping xulq -atvor muammosining zarurligini ko‘rsata oluvchi va uning metodologik ildizlarini asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqotlarni alohida qayd etish mumkin.Mazkur tadqiqot natijalarini tahlil qilar ekanmiz, ulardagi koping xulq -atvor metodologiyasiga ta’luqli bo‘lgan ba’zi umumiy jihatlarni ijtimoiy psixologiya fani nuqtai nazaridan tadqiq qilishimizga to‘g‘ri keladi.
Koping xulq -atvor muammosini tadqiq qilgan ko‘plab tadqiqotlar, mazkur masalani stressli vaziyatlarni bartaraf qilishning eng samarali yo‘li sifatida tadqiq qilishdi. Inson haѐti va faoliyatidagi ekstremal sharoitlar ta’siri ostida rivojlanadigan eng xarakterli emotsional holat bu stressdir. Stress o‘z tabiatiga ko‘ra murakkab bo‘lib, u o‘ziga xos tarzda namoѐn bo‘luvchi shaxslilik, psixofiziologik, va ijtimoiy komponentlarni o‘z ichiga oladi. Shu boisdan shaxsdagi stressli holatlarni tadqiq qilish masalasi hamisha ijtimoiy psixologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib kelgan. Tadqiqotchi YE.Mironovning fikricha, ingliz tilidan tarjima qilinganda “stress” so‘zi “psixik zo‘riqish”, “bosim o‘tkazish” ma’nolarini anglatadi. Disstress so‘zi esa “qayg‘u”, “muhtojlik”, “charchash” ma’nolarida qo‘llaniladi.Ayni paytda, stress deganda inson organizmining qandaydir qo‘zg‘atuvchi –stressor (stressni chaqiruvchi omillar) ta’siri ostida yuqori zo‘riqish holati tushuniladi.
Insonlardagi stress holatining shakllanish sabablari organizmning biologik yaxlitligiga, shuningdek, shaxsdagi psixologik holatga ham tahdid soladi. Ana shu asosda ko‘pgina olimlar stress holatlarini asosan guruhlarga (fiziologik va psixologik) ajratishadi. Fiziologik stressni fiziologik ta’sirlar –turli xildagi to‘siqlar, shuningdek, kuchli ovozlar, kuchli ѐrug‘lik, havoning yuqori harorati, vibratsiyalar va boshqalar keltirib chiqarsa psixologik stress esa vaziyatning favquloddaligi natijasida insonning yuzaga kelgan vaziyatga munosabati va uning murakkablikni baholashi ѐki muammo oldida ojiz bo‘lib qolishi bilan belgilanadi. Vazifaning kutilmaganda o‘zgartirilishi, zarur tayѐrgarlikning yo‘qligi, vaqt tig‘izligi, ishning yuqori ahamiyatga ega ekanligi, shuningdek, topshirilgan vazifa uchun shaxsiy mas’uliyat psixologik stressga olib keluvchi tipik vaziyatlar hisoblanadi. Shuningdek, psixologik stress axborot va emotsional stressorlar ta’sirida shakllanadi.
Axborot stressorlari axborot yuklamalari ortib ketgan vaziyatlarda, inson o‘zi qabul qiladigan qarorlar oqibati uchun juda katta mas’uliyatli holat yuzaga kelganda u kerakli algoritmni topolmaydi, talab qilingan maromda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga ulgurmaydi.Axborotli stressga boshqaruvning texnik tizim operatorlarining ishi misol bo‘la oladi.Stressga munosabatning tashqi ko‘rinishdan turlicha bo‘lsada, yakuniy natijaga bo‘lgan munosabat jihatidan o‘xshashligiga qarab ikki turga ajratiladi: tormoz reaksiyasi –harakat faolligining sustlashuvi, yangi axborotni idrok qilib va esda saqlab qolishning qiyinligi, hattoki, oddiy harakatlarni ham bajarishga qodir
bo‘lmaslikda namoѐn bo‘ladi. Bunda asosiy emotsiyalar sifatida qo‘rquv, ѐrdamga muhtojlik, apatiya holatlari kuzatiladi. Tashqi ko‘rinishdan qarama -qarshi bo‘lgan reaksiya impulsiv reaksiya nomini olgan. Bunday reaksiyada tashqaridan inson yuqori darajadagi faollikni namoѐn etadi, doimiy harakatda bo‘ladi, shoshqaloq, ko‘p gapiradi, bir vaqtning o‘zida bir nechta har xil ishlarni bajarishga kirishadi, biroq ularning birortasini ham oxiriga yetkazmaydi. Fikrlash tez va ko‘pincha mayda narsalarda qotib qoladi. Kayfiyati nihoyatda o‘zgaruvchan bo‘lib, undagi qo‘zg‘aluvchanlik agressiya bilan o‘rin almashib turadi. Turli odamlar uchun qiyin vaziyatda xulq-atvor tipining turli ko‘rinishlari xosdir. Ba’zi insonlarda tormoz reaksiyasi ustunlik qilsa, boshqa odamlarda impulsiv reaksiya yetakchilik qiladi. Lekin alohida ta’kidlash joizki, stress bu oddiy asabiy zo‘riqish emas. Shunday bo‘lsada, ilmiy jamoatchilik tomonidan biologik stressni asabiy zo‘riqish bilan ѐki kuchli emotsional qo‘zg‘aluvchanlik bilan bir holat deb qarashning quyidagi tendensiyalari ham mavjud:
Psixologiyada koping xulq -atvor tushunchasi XX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan bo‘lib, ingliz tilidan tarjima qilinganda “cope, to cope” –“yenga olish, bartaraf qilish” degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu termindan birinchi bo‘lib L.Merfi 1962 yil bolalarda inqiroz davrida muammoni qanday qilib yengishni tadqiq qilish jaraѐnida foydalangan. Shuningdek, amerikalik psixolog A.Maslau ham ushbu termin ustida samarali izlanishlar olib borgan. Umuman olganda koping xulq-atvor individning haѐtiy muammolarni yechishga tayѐrgarligi bilan
xarakterlanadi va o‘zida muammolarni yenga olish imkoniyatlaridan, vositalaridan foydalanishni namoѐn etadi, bu esa stressli xulq
-atvorni bartaraf etish bilan tavsiflanadi. Zamonaviy psixologiyada koping xulq -atvor stressli vaziyatni bartaraf etishga yo‘naltirilgan,ratsional xulq –atvor sifatida qaraladi. U asosan ikki omilga –subyekt va real vaziyatga bog‘liq bo‘ladi,hamda shaxs haѐt faoliyatining xulq -atvor,emotsional va kognitiv darajalarida namoѐn bo‘ladi.Stressni yengishning asosiy fuknsiyalari sifatida inson ichki va tashqi mukammalligini ta’minlash va qo‘llab -quvvatlash hisoblanadi. Buning uchun stressli vaziyatni va uni samarali yenga olish usullarini anglash, shuningdek, ularni shaxs o‘z harakatlarida samarali qo‘llay bilishdir.
Qolaversa, koping xulq -atvor psixologik xavf –xatar vaziyatini bartaraf etishga yo‘naltirilganligi va muhit talablariga mos ravishda ijtimoiy psixologik zaxiralardan unumli foydalanishga harakat qilishdir.Koping shartli stress –inson holati, noma’qul ta’surotlarga javob sifatida yuzaga keladigan fiziologik,psixologik va xulq –atvor darajasidagi noan’anaviy javob reaksiyasidir.
Binobarin, yengish stressli vaziyat bilan o‘zaro ta’sirga kirishishningindividual usuli bo‘lib, o‘zgaruvchan va uch omilga, ya’ni subyekt shaxsi, real vaziyat va qo‘llab quvvatlash bilan bog‘liq yengishga yo‘nalgan kuchdir. Kopingning inson haѐtidagi psixologik ahamiyati shundaki, insonning vaziyat talablari ga samarali moslashishi uchun, uni egallashi uchun, bu talablarni zaiflashtirishi ѐki yumshatishi,ulardan qochishi ѐki ularga adaptatsiyaga harakat qilishi va shu tariqa vaziyatning stressli ta’sirini asta-sekin yo‘qotishi lozim.
Koping – xulq –atvor ikkita funksiyani bajaradi: Muammoli vaziyatda, shaxs va muhit o‘rtasidagi stressli buzilishda diqqatni to‘plash hamda emotsional distressni boshqarishga yo‘naltirilgan emotsiyalarda diqqatni jamlash hisoblanadi.Shunday qilib,kopingning asosiy vazifasi -inson muvaffaqiyatini, jismoniy va ruhiy salomatligi hamda ijtimoiy munosabatlarini ta’minlash va qo‘llab -quvvatlashdir
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, koping hulq va koping resurslari juda keng tushunchalardir, lekin ular koping personallashtirish sohasini shaxsning vakilligi va boshqalarda aks etmaslik qobiliyatini bartaraf etish sifatida tavsiflanadi. Mahalliy va xorijiy mualliflarning adabiy manbalarini tahlil qilish asosida, biz psixologik himoya va koping mexanizmlarini bir birini adaptatsion jarayonlar va shaxsni stressli vaziyatlarga munosabat bildirish bilan to‘ldirib turadigan shakllari sifatida o‘rganamiz. Ruhiy noqulaylikning kuchsizlanishi, konstruktivlikka tayyorgarlik ko‘rish, ongli muammolarni hal qilishda, shaxsni psixologik himoya qilish tizimi yordamida amalga oshiriladi. Koping hulq shaxsiy muammolarni hal qilishga qaratilgan harakatni namoyon etadi. Psixologik himoya shaxsning rivojlanishiga ikki yoqlama ta’sir ko‘rsatishi mumkin. U hayotiy faoliyatning yangi sharoitlariga moslashishni ta’minlaydi, o‘z-o‘zini baholash va yashash tarzining barqarorligini saqlaydi va psixologik qulaylik holatini qo‘llab quvvatlaydi. Shunga qaramay, uzoq muddatli, qattiq, himoyadan haddan tashqari normativ foydalanish shaxsning ruhiy sog‘lig‘ining buzilishini, infantillik va permanent tashqi-ichki ichki nizoni qo‘zg‘atishi mumkin. Shunday ekan, konstruktiv va destruktiv psixologik himoyani farqlash lozimdir.
Ilmiy psixologik adabiyotlarning tahliliga ko‘ra konstruktiv psixologik himoya quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: Konstruktiv psixologik himoyaning namoyon bo‘lishi jamoatchilik kutish va qoidalariga mos keladi. Konstruktiv psixologik himoyaning faoliyat ko‘rsatish asosi bo‘lib, fikrlash va tasavvur qilish jarayonlari hisoblanadi. Konstruktiv psixologik himoyani qo‘llash ro‘hiy jarohatlaydigan vaziyat mazmuniga mos keladi. Konstruktiv psixologik himoyaning amal qilishi ongli ravishda amalga oshiriladi va aks ettirish orqali nazorat qilinadi. Konstruktiv psixologik himoya himoya mexanizmlaridan mo‘tadil foydalanishning keng spektrini mo‘ljallaydi. Konstruktiv psixologik himoya tashqi ijtimoiy va psixologik moslashuvchanlikni nazarga tutadi. Konstruktiv psixologik himoya shaxsning hayotiy muammolarini qoniqarli hal etishni ta’minlaydi. Shaxslararo o‘zaro munosabatlarda konstruktiv psixologik himoya shaxsning jadal rivojlanishini, va uning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin