Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə23/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79
10.05.2023

Kognitiv komponent
Shaxsni psixologik himoya qilish tizimi haqida bilish:
Maishiy darajadagi psixologik himoya tizimi faoliyatini ifodalaydi
(3 ball)
Psixologik himoya tizimi haqidagi bilimlar xaotik, tizimli emas, psixologik himoyadan foydalanishdan xabardor (4 ball)
Psixologik himoya haqida ilmiy bilimlar tizimiga ega, xulq-atvorda psixologik himoya ko‘rinishlarini tashxis qila oladi (5 ball)
Shaxs (guruh)ning psixologik himoya mehanizmlari faoliyatining xususiyatlarini aniqlash uchun Plutchik – Kellerman – Konte so‘rovnomasi (hayot tarzi indeksi) dan foydalanildi (2.5., 1-rasm). Turli himoya mexanizmlarining talaba (guruh) tomonidan individual foydalanish darajasini o‘lchash uchun test so‘rovnomasi R. Plutchik tomonidan 1979 da G.Kellerman va X.R. Konte bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Ushbu testni ishlab chiqish konseptual ravishda R. Plutchik tomonidan hissiyotlarning umumiy psixoyevolyutsion nazariyasiga asoslangan.
Sinov 1985 yilda L.R. Grebennikov tomonidan rus tiliga moslashtirilgan. Qo‘llanadigan yosh oralig‘i: 14 yosh va undan yuqori.
Sinovdagilarga tadqiqot blanka shakli, avtoruchka yoki qalam taklif etiladi. Yagona so‘rov shakliga mavzuning nomlari, bosh harflari, yoshi va jinsi uchun mo‘ljallangan grafalar hamda joriy sana kiradi.
Ular sinaluvchi tomonidan to‘ldiriladi. Bunga qo‘shimcha ravishda shaklni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Tajriba o‘tkazayotgan mutaxassis surovnoma haqida aniq ma’lumot beradi. Testda 92 ta raqamlar bo‘yicha rag‘batlantiruvchi tasdiqlar ifodalangan. Tajriba o‘tkazayotgan mutaxassis navbatdagi rag‘batlantiruvchi tasdiqni o‘qiganda, agar tasdiq talabaga xos bo‘lmasa, bayonotga "yo‘q" belgisini qo‘yish talab qilinadi.
Agar sinaluvchi bu tasdiq o‘ziga xos deb hisoblasa, u o‘ng tomonda joylashgan ustunlardan birida, shu satrda," ha", yoki qavslar bilan belgilangan tegishli raqam qo‘yishi kerak. So‘rov blankasi kalit vazifasini ham bajaradi, chunki sakkizta "ha" ustunlari faqat ijobiy javoblarni to‘playdigan himoya mexanizmlarining (inkor, proyeksiya, regressiya, kompensatsiya, giperkompensatsiya, ratsionalizatsiya, almashtirish, ko‘chirish) sakkizta shkalasiga mos keladi. Sinov tartibi: ko‘rsatma haqida xabar berilgandan so‘ng tadqiqot olib boruvchi to‘g‘ri tushunilganligiga ishonch hosil qilishi va zarur hollarda qo‘shimcha tushuntirishlar berishi kerak. Tadqiqot olib boruvchi keyinchalik, sinaluvchilarning harakatlarini kuzata turib, testning rag‘batlantiruvchi tasdiqlarini o‘z navbatida o‘rtacha sur’atda o‘qiydi va qiyinchilik tug‘ilganda yordam ko‘rsatadi. Test o‘tkazish vaqti 15-20 daqiqagacha davom etadi.
So‘rovnomani qo‘llash talabalarni psixologik himoya mehanizmlarining alohida (inkor, ko‘chish, regressiya, o‘rin almashtirish, kompensatsiya, giper-kompensatsiya, ratsionalizatorlik, proyeksiya) jadalligini hamda ularning umumiy zo‘riqishini aniqlash imkonini beradi.
Asosiy koping strategiyalarini o‘rganish uchun D. Amirxonning usulidan, stressni yengish strategiyalarining indikatoridan foydalanildi (2.6., 1-rasm).
Muallif uchta asosiy koping- strategiyasini aniqladi: muammolarni hal qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kutish va muammolardan qochish. Metodika N.Y. Sirota va V.M. Yaltonskiy tomonidan rus tiliga moslashtirilgan. Belgilangan anketadagi 33 ta tasdiq bandlari asosiy koping- strategiyalarini va ularning koping-xulq- atvor strukturasiga bo‘lgan munosabatlarini aniqlashga imkon beradi. Sinaluvchilar quyidagi ko‘rsatmalarga muvofiq ishlaydi: “Biz odamlar hayotidagi muammolar, qiyinchiliklar va noxushliklarni qanday yenga olishi bilan qiziqamiz”. Shaklda noxushliklar va muammolarni bartaraf etishning bir nechta usullari taqdim etalgan. Tasdiqlarni ko‘rib chiqib, siz odatda, taklif qilingan, qaysi bir variantlarni ishlatayotganligingizni aniqlay olasiz. Sizning barcha javoblaringiz begonaga noma’lum bo‘lib qoladi. Ohirgi yillar davomida duch kelgan va Sizni tashvishga solgan jiddiy muammolardan birini eslashga harakat qiling. Har bir bayonot uchun eng maqbul javoblardan birini tanlang».
Javob variantlari 3 ballik tizim bo‘yicha o‘rin olgan: "ha "- 3 ball, “ha deyish mumkin" - 2 ball, "yo‘q" - 1 ball. So‘ngra asosiy strategiyalarga mos keladigan uchta asosiy shkalaning har biridan to‘plangan ballar yig‘indisi hisoblab chiqiladi. So‘rovnoma talabalarning ma’qul ko‘radigan koping strategiyasini va qiyinchiliklarni bartaraf etish usullarini aniqlashga imkon beradi.
Shaxsni differensial o‘rganish usuli (3.1., 1-rasm) talabalarning shaxs xususiyatlari, o‘z-o‘zini anglash xususiyatlari va shaxslararo munosabatlarini hamda professional psixologning shaxs xususiyatlari haqidagi tasavvurlarini o‘rganish uchun ishlatilgan. Usul Charlz Osgudning (1957) semantik differensial klassik texnikasining asl variantini o‘zida namoyon etadi. V. M. Bexterev nomli psixo-nevrologiya instituti xodimlari tomonidan moslashtirilgan. Klinik va psixologik sohalarda psixodiagnostik jihatdan ijtimoiy-psixologik amaliyotda qo‘llaniladi. Shaklda 21 qutbli juftlashgan kishilik xususiyatlari mavjud. Ularning har biri, talqin etiladi va ayrim asosiy omil: baholash, kuch, faoliyat bilan moslashtiriladi. Sinaluvchilar ishni quyidagi ko‘rsatmalarga muvofiq ikki bosqichda bajaradilar: "shaklda bir-biriga zid ma’no bo‘yicha juft so‘zlar keltirilgan. Ular yordamida odamlarning shaxsiy xususiyatlarini tasvirlash mumkin. Shu so‘zlar orasiga har bir satrda sonlar joylashtirilgan. Son muayyan so‘zga qanchalik yaqin bo‘lsa, berilgan sifat baholanayotgan shaxsda shunchalik yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Ishingizning birinchi bosqichida siz ushbu fazilatlarning jiddiyligini yuqori professional psixolog uchun xosligini belgilashingiz kerak. So‘ngra o‘zingizdagi sifatlarning shiddatiga mos sonlarni aylanaga olishingiz kerak".
Metodikaning ushbu varianti nafaqat talaba shaxsining o‘z-o‘zini baholashini, balki professional psixologning shaxsiy sifatlari haqidagi tasavvurini hamda o‘z xususiyatlarining zamonaviy psixologning standart xususiyatlariga moslik darajasini o‘rganishga imkon beradi.
Nazoratning lokusini aniqlash uchun biz J. Rotter usulini qo‘lladik. Subyektiv nazorat darajasini diagnostika qilish usullari YE.F. Bajenova, S.A. Golnikina, A.M. Etkind tomonidan rus tiliga moslashtirildi. Nazorat lokusini aniqlash asosiga muallifning 2ta bayonoti joylashtirilgan:
1. Tashqi va ichki: nazoratni mahalliy muhitga moslashtirishning ikki qutb turlari bo‘lishi mumkin: eksternal i internal.
1. Birinchi holda, inson o‘zi bilan sodir bo‘layotgan hamma narsa tashqi kuchlarning ta’siri natijasi, deb hisoblaydi. Ikkinchi holda, shaxs sodir bo‘layotgan hodisalarni o‘z faoliyati natijasi sifatida talqin qiladi.
2. Shaxsga xos nazorat lokusi, u duch keladigan har qanday voqea va vaziyatlarga nisbatan universaldir. Nazoratning bir xil turi faoliyatning turli sohalaridagi muvaffaqiyatsizliklar yuz berganda insonning xulq-atvorini tavsiflaydi. Metodika hayotning turli jihatlari va ularga shaxsning munosabatiga tegishli 44 ta bayonotni o‘z ichiga oladi. Sinaluvchi o‘zining ma’qul yoki noma’qul darajasini yuqorida keltirilgan bayonotlar bilan 6 balli shkala bo‘yicha baholashi kerak: to‘liq noma’qullik -3, -2 va to‘liq ma’qullik -1, 1, 2 , 3.
Natijalarni qayta ishlash uch bosqichni o‘z ichiga oladi:
Birinchi bosqichda shkala bo‘yicha xom ballar hisoblanadi, ikkinchi bosqichda xom ballar devorlarga o‘tkaziladi va uchinchi bosqichda "USK profili" quriladi. Bu usuldan foydalanish talabalar nazoratining mahalliy muhitga moslashtirishning umumiy turini, shuningdek, yutuqlar, muvaffaqiyatsizliklar, oila, sanoat, shaxslararo munosabatlar, salomatlik va kasallik sohasida o‘rganish imkonini beradi. Ziddiyatdagi xulq-atvor uslublarini tashxislash uchun (3.3, 1-rasm) K. Tomas usuli qo‘llanilgan (M.X.Fayziyeva tomonidan moslashtirilgan).
Muallif ziddiyatni boshqarishning ikki o‘lchovli modelini ko‘rib chiqadi, uning asosiy o‘lchamlari-bu ziddiyatda ishtirok etadigan boshqa odamlarning manfaatlariga e’tibor berish va o‘z manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qat’iylik bilan bog‘liq bo‘lgan hamkorlik. Shuning uchun K. Tomas nizolarni o‘rganishning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratadi: nizoli vaziyatlarda xulq-atvor shakllari odamlarga xos bo‘lib, ulardan qaysi biri konstruktiv yoki distruktiv (halokatli); samarali xulq-atvorni qanday rag‘batlantirish mumkin. K. Tomas fikricha, ziddiyatdan qochganda, xar ikkala tomon ham muvaffaqiyat qozonmaydi; raqobat, moslashuv va kelishuv kabi xatti-harakatlar shakllari bilan ishtirokchilardan biri g‘olib chiqadi, ikkinchisi esa yutqazadi, yoki har ikkisi ham yutqazadi, chunki ular murosaga keladi. Va faqat hamkorlik sharoitida har ikki tomon ham foyda ko‘radi.
K. Tomas o‘zining so‘rovnomasida xatti-harakatlarning tipik shakllarini aniqlash bo‘yicha nizoli vaziyatda shaxsning xatti-harakatiga doir 12 ta hukmlardan tuzilgan beshta ehtimoliy variantni tasvirlaydi. Turli kombinatsiyalarda ular 30 juft guruhga ajratilgan, ularning har birida esa respondentga o‘z xatti-harakat xususiyatiga xos bo‘lgan hukmni tanlash so‘raladi. Bu usulni qo‘llash tashqi ziddiyatda talabalar xulq-atvori strategiyalari iyerarxiyasini aniqlash imkonini beradi.
Sinaluvchilarning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganish uchun R.B. Ketell tomonidan 16-faktorli shaxs so‘rovnoma ishlatilgan. Bu so‘rovnoma birinchi marta 1949 yilda chop etilgan bo‘lib, va shundan buyon keng psixodiagnostik amaliyotda ishlatiladi. Bu test universal hisoblanadi, qulay va shaxs haqida ko‘p qirrali ma’lumotlarni bera oladi. Savollar shaxsning muhim sifat va fazilatlarini aniqlash xarakteriga ega bo‘lib, oddiy hayotiy vaziyatlarni aks ettiradi. Hozirgi kunda so‘rovnomaning turli shakllari tezkor shaxs diagnostikasining eng ommaviy vositasi hisoblanadi. Ular insonning individual ruhiy xususiyatlarini bilish uchun zarur bo‘lgan vaziyatlarda qo‘llaniladi. Anketa shaxs xususiyatlarini tashxislaydi, ularni Ketell konstitutsiyaviy omillar deb ataydi, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: kirishimlilik, zakovat, hissiy barqarorlik, hukmronlik, ekspressivlik, xulq-atvorning meyoriyligi, jasorat, sezgirlik, ishonchlilik, amaliylik, to‘g‘rilik, tashvish, konservatizm, konformizm, o‘z-o‘zini nazorat qilish, keskinlik, o‘z-o‘zini baholash. Shaxsiy omillar tarkibining sifatli va miqdoriy tahlili va ularning o‘zaro aloqadorligi asosida quyidagi omillar bloklari aniqlandi:
1. Intellektual hususiyatlar: omillar V, M, Q.
2. Hissiy-irodali xususiyatlari: omillar: S, Q, G, I, Q3, Q4.
3. Kommunikativ va o‘zaro munosabat xususiyatlari: A, N, Y, F, Q2, N, L.
Tadqiqotda C-qisqartirilgan versiyasi qo‘llanilgan. U 105ta savoldan iborat. Tekshirish vaqti 20 dan 50 daqiqagacha. So‘rovnoma bilan ishlash usuli mavzuga oid ko‘rsatmalarda bayon etilgan. Javoblar maxsus so‘rov varaqasiga kiritiladi, so‘ngra "kalit" yordamida hisoblanadi. "a" va "s" javoblarining mos kelishi ikki ball, “b” javobining mos kelishi - bir ball bilan baholanadi.
Har bir tanlangan savollar guruhi uchun ballar yig‘indisi omil qiymati natijalarini beradi. Bundan istisno omil “b” - bu yerda har qanday javobning «kalit» bilan mos tushishi 1 ball beradi. Shunday qilib, har bir omil uchun maksimal ball - 12 ball, “b” omili uchun - 8 ball va minimal ball esa-0 ball. Metod yordamida talaba shaxsining, tahminan konstruktiv psixologik himoyaning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan individual-shaxsiy xususiyatlari aniqlangan edi.
Psixo-diagnostik tekshiruv o‘tkazilgandan so‘ng, talabalar shaxsiy rivojlanishning umumiy tendensiyalari, ehtimoli kuchli va zaif tomonlarning tavsifi hamda konstruktiv xulq-atvor strategiyasini tanlashga oid tavsiyalar natijalari bilan tanishdilar.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin