Inkor etish- dastlabki ontogenetik va eng ibtidoiy himoya mexanizmidir. Voqelikdagi narsa va hodisalar idrok qilinayotgan vaqtda axborot filtri faoliyat ko‘rsatadi. Shaxsning tasavvur mazmuni va dunyoqarashiga qarama-qarshilik qiladigan ma’lumotlar qabul qilinmaydi. Inkor etish mavjud voqelikni infantil almashtirishni nazarda tutadi va har qanday salbiy jihatlar bloklanadi va ijobiy tizimga ruxsat etiladi. Natijada, shaxs travmatik vaziyatni bosqichma-bosqich boshdan kechirish imkoniga ega bo‘ladi. Yangi sharoitlarga moslashish sust xarakterga ega bo‘lib, konstruktivlikning quyi darajasi ifodalanadi.
Loyihalashtirish - psixologik himoya shakli bo‘lib, bu tushuncha dastlab Z.Freyd tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Loyihalashtirishning funksiyasi subyekt tomonidan uning shaxsiy fikrlari, kechinmalari, siqib chiqarilgan motivlari va xarakter xislatlarini o‘zi anglagan va anglamagan holda boshqa odamlarga ko‘chirilishida namoyon bo‘ladi. Ba’zan o‘z qilmishlari uchun javobgarlikni o‘tkazish maqsadida qo‘llaniladi. Bunda atributiv loyihalashni ham farqlaydilar (o‘z salbiy sifatlarini ongsiz rad etish va ularni atrofdagilarga tarqatish); ratsionalistik o‘ziga tegishli fazilatlarni anglash va ("hamma shunday qiladi" formulasiga ko‘ra loyihalash); xushomadgo‘y (o‘zgalarning haqiqiy yoki xayoliy kamchiliklarini yaxshi fazilatlar sifatida talqin qilish); similyativ (kamchiliklarni o‘xshashlik bilan moslashtirish, masalan, ota – bola). Ushbu mexanizm ijtimoiy moslashishning faol turiga ega bo‘lgan shaxslar uchun xosdir. Konstruktivlikning quyi darajasi ifodalanadi.
Orqaga qaytish– Zigmund Freyd nazariyasi bo‘yicha psixologik himoya mexanizmlaridan biri bo‘lib, inson tahlikali holatlarda odatda bolaligida o‘zlashtirgan xulq-atvor shakllariga murojaat etadi. Orqaga qaytish inqiroz, tanazzul, chekinish ma’nolarini ham ifodalaydi, rivojlanishning ancha oldingi darajalariga qaytish. Har bir katta yoshdagi kishi hatto juda yaxshi moslashib olgan bo‘lsada, “yengil tortib olish” uchun vaqti-vaqti bilan himoyalanishning bu usuliga qaytib turadi (bolaligida odatlangan ish-harakatlarini takrorlaydi). Orqaga qaytish ko‘proq hulq-atvorning va qoniqishning yetilmagan usullariga qaytishni tahmin qiladi. Regressiv xulq odatda bolaning infantilizatsiyasi va hissiy simbioziga munosabatda bo‘lgan kattalar tomonidan rag‘batlantiriladi. Orqaga qaytish- ijobiy o‘z-o‘zini his qilish uchun qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan va tajovuzkorga bevosita tobelikka tushib qolish xavfi bo‘lgan qo‘rquv hissini jilovlash uchun ishlatiladi. Qo‘rquv haqiqiy rag‘batni, shuningdek, u bilan bog‘liq barcha narsalar, faktlar va holatlarni unutish bilan bloklanadi. Mexanizm moslashuvning sust turiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan qo‘llaniladi. Konstruktivlikning quyi darajasi ifodalanadi.