Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalarini rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə3/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
10.05.2023

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalarini rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. «Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari» ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi. Shaxsda psixologik himoya mexanizmlarini shakllanishini o‘rganish masalasiga doir ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy o‘quv yurtlari tegishli bo‘linmalarida olib borilayotgan tadqiqotlardagi ustuvor yo‘nalishlardan biridir, jumladan, London ta’lim instituti (IOE), Amerika psixologlar assotsiatsiyasi (APA), Xitoy ilmiy tadqiqotlar akademiyasi (China), Kanada psixologlar assotsiatsiyasi (CPA), Massachusets texnologiya instituti (Massachusetts Institute of Technology), Chexiya ta’lim markazi assotsiatsiyasi (Educational center association Czech Republic), Pekin xalqaro inson genomenlari proyekti (Human Genome Project Pekin), Pensilvaniya universiteti (USA), Texas universiteti (USA), Tyuringiya davlat o‘quvchilar kolleji (Staatliches thüringer studienkolleg), Albert universiteti (The university of Alberta), London imperial kolleji, (Imperial college London), Stenford universiteti (Stanford university) tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Jahonda shaxs psixologik himoya mexanizmlarini shakllanishi muammosiga oid olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib, quyidagi ilmiy natijalar olingan: psixopatogen omillarning bolalarning psixik rivojlanishi va ijtimoiy-psixologik moslashishiga ta’siri (London ta’lim instituti (IOE), Angliya), global miqyosdagi psixologik ta’sirning shaxs rivojlanishidagi o‘rni va psixologiyasi (Amerika psixologlar assotsiatsiyasi, AQSH), individual va guruhga mansub xolda psixologik himoyaning ong va insonning psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir (Xitoy ilmiy tadqiqotlar akademiyasi, Xitoy), individning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari (Kanada psixologlar assotsiatsiyasi), XXI asrda ijtimoiy ongning psixologik himoya paradigmasini shakllantirish (Massachusets texnologiya instituti, AQSH), ta’lim jarayonida psixologik bilimlarni munozarali tashkil etish orqali psixologik rivojlanishga ta’sir etishi tadqiq etilgan (Chexiya ta’lim markazi assotsiatsiyasi), psixologik tasavvurlar rivojlanishidagi refleksiv qobiliyatlari bilan bog‘liqligi o‘rganilgan (Pekin xalqaro inson genomenlari proyekti, Xitoy), katta va kichik guruhlar ta’sirining inson xulq-atvorida aks etishi va shaxsdagi psixologik o‘zgarishlarning inson ongiga ta’siri tadqiq etilgan (Pensilvaniya universiteti, AQSH), psixologik himoya rivojlanishining mexanizmiga doir taqiqot ishlari olib borilgan (Texas universiteti, AQSH), shaxs psixologiyasida agressivlik xususiyatlarini ta’siri o‘rganilgan (Tyuringiya davlat o‘quvchilar kolleji, Germaniya), o‘smirlik davridagi egoistik xulq shakllanishida pragmatik munosabatlarni ta’siri o‘rganilgan (Alberta universiteti, Kanada), shaxs shakllanishida axloqiy xususiyatlarni ekologik ong rivojlanishiga ta’siri tadqiq qilingan (London imperial kolleji, Angliya), inson shaxsi reaksiyalarining tabiiy muhit bilan bo‘lgan o‘zaro ta’sirini o‘rganishda xulq-atvorning hududiy va atrof-muhitni idrok etish bilan bog‘liqligi tadqiq etilgan (Stenford universiteti, AQSH).
Jahonda psixologiya, psixologik ong shakllanishining mexanizmlarini o‘rganishda hozirgi kunda dunyoda olib borilayotgan tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari quyidagi mavzular bilan bog‘liq: psixologik ong shakllanishida axloqiy qadriyatlarning ahamiyati; psixologik ta’lim-tarbiyaning shakllanishi orqali psixologik himoyani shakllantirish; inson va jamiyat o‘rtasida axloqiy-psixologik munosabatlarni shakllantirish; axloqiy ong shakllanishini tekshirish uchun qo‘llanuvchi diagnostik vositalar, shaxslararo munosabatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik; shaxsda himoya mexanizmini aniqlash orqali rivojlanishiga erishish masalalariga e’tibor qaratish zarurati kuzatilmoqda.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin