Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


Tadqiqotning dissertatsiya bajarilayotgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bilan bog‘liqligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə5/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
10.05.2023

Tadqiqotning dissertatsiya bajarilayotgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Qarshi davlat universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq ITD-3-030-raqamli «Ijtimoiy va pedagogik psixologiyaning etnik asoslarini tadqiq etish» mavzusidagi loyihasi doirasida bajarilgan (2018–2022 yy.).
Tadqiqotning maqsadi shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy etnik asoslarini tadqiq qilish asosida ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
shaxsda psixologik himoya mexanizmi shakllanishining psixologik fenomen sifatida mazmun-mohiyatini aniqlashtirish;
shaxsda psixologik himoya mexanizmi shakllanishining psixologik tavsifini tizimlashtirish va tahlil etish;
psixolog kasbiy faoliyatida psixologik himoya mexanizmining konstruktiv va destruktiv tarzda ifodalanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash;
konstruktiv psixologik himoya mexanizmini shakllantirish dasturi va modelini ishlab chiqish;
konstruktiv psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning dasturiy samaradorlik natijalarini sifat va statistik tahliliga asoslanib, zarur tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning obyekti sifatida Qarshi davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti va Samarqand davlat universitetining 1-4- kurs psixologiya yo‘nalishi talabalaridan jami 575 nafar, jumladan, shakllantirish tajribasida esa 130 nafar 1-va 4-kurs talabalari jalb etilgan.
Tadqiqotning predmetini psixologiya yo‘nalishi talabalarining kasbiy tayyorgarlik bosqichida shaxs psixologik himoya mexanizmini shakllanish ko‘rsatkichlari tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida muammoni nazariy tahlili va umumlashtirish; tajriba va nazorat guruhlarida olib borilgan aniqlovchi va shakllantiruvchi eksperiment; suhbat; kuzatish; ekspert baholash usullari; R.Plutchik, G.Kellerman, X.Kontening «Hayot tarzi indeksi» so‘rovnomasi, D.Amirxanning «Stressni bartaraf etish strategiyasi ko‘rsatkichi» usuli, E.F.Bajin, S.A.Golinkin, A.M.Etkindning «Subyektiv nazorat darajasi» psixologik testi, V.M.Bexterevning «Shaxs differensialligi» metodikasi, K.Tomasning «Shaxsning ziddiyatli xulq-atvorga moyilligini aniqlash» usuli, K.Rodjers, R.Daymondlarning; «Ijtimoiy-psixologik moslashuvni tashxislash» metodikalaridan foydalanildi. Olingan natijalarning ishonchliligi matematik-statistik usullaridan foizli tahlil, faktorli tahlil, Styudentning t-mezoni va Vilkokson t-mezonlari orqali tasdiqlandi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin