1. Fe-C holat diagramma masshtab bo‘yicha chizdim va barcha qismlarda mavjud bo‘lgan fazalar belgiladim.
2. Berilgan qotishmaning uglerod miqdorini (C=2.4%) abssisa (uglerodning konsetratsiya) o‘qida belgilab, shu nuqtadan suyuq fazagacha (likvidus AC chiqqacha) vertikal chiziqni o‘tkazdim. Vertikal chiziq diagrammadagi chiziqlarni kesgan nuqtalarni belgiladim (1,2,3,4).
3. 5-nuqtada qotishmada fazaviy o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. Qotishma Perlit (P) bilan sementit (S) dan iborat bo‘ladi. Perlit (P) - ning o‘zi bu ferrit (F) bilan sementit (S) dan iborat bo‘lgan mexanik aralashma. Sementit (S) - temir bilan uglerodning kimyoviy birikmasi Fe3C. Tarkibida 6,67% uglerod (C) bo‘ladi. Ferrit (F) - uglerodning Fe-α dagi singish qattiq eritmasi. Tarkibida 7270 C da-0,03% uglerod (C), 200 C da esa - 0,006% uglerod (C).
4. 4-nuqtada SK chiziq kesiladi. Perlit (P) – Austenit (A)ga aylanadi. Austenit (A) bu - uglerodning Fe-γ dagi singish qattiq eritmasi. Tarkibida 1147 0C da - 2,14% uglerod (C), 7270 C da esa 0,83% uglerod (C) bo‘ladi. Natijada qotishma Austenit (A) bilan sementit (S) dan iborat bo‘ladi.
5. 3-nuqtada ES chiziq kesiladi Sementit (S)-ning hammasi Austenit (A)-ga aylanadi.
6. 2-nuqtada AE chiziq kesiladi. Qotishmadan (austenitdan A) suyyuq faza ajralib chiqa boshlaydi. Natijada qotishma Austenit (A) bilan suyyuq fazadan iborat bo‘ladi.
1-nuqtada AC chiziq kesiladi. Austenit (A) hammasi suyyuq fazaga aylanadi
1-nuqtadan yuqori haroratda qotishma suyyuq holda bo‘ladi.
2–misol: Diagrammaning ma’lum O nuqtasida qotishmaning (uglerod miqdori C=2.4%,harorati t = 8500C) quyidagilarni aniqlang: - fazalar tarkibini; - fazalar miqdorini; - qotishmaning sovush egri chizig’ini chizish.