Fe'llar asosan ikki usul bilan yasaladi. 1. Morfologik usul. 2. Sintaktik usul. Morfologik usul bilan fe'l yasalishida so'zlarga maxsus fe'l yasovchi qo'shimchalar qo'shish orqali yangi fe'l yasakdi. Fe'llar asosan ot, sifat, son, olmosh, qisman, ravish,
l.-la qo'shimchasi. Bu qo'shimcha ko'plab fe'l yasashda ishtirok etishi bilan xarakterlanadi. Chunki, deyarli barcha so'z turkumlaridan -la qo'shimchasi yordamida fe'l yasaladi. Jumladan -la qo'shimchasi bilan otlardan yasalgan fe'llar quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:
a) negizdan anglashilgan predmet bilan shug'ullanish, unga egalik qilish uni yuzaga keltirish ma'nolaridagi fe'llar yasaydi: ho'lla, tezla, sekinla, yangila, qorala kabi.
negizdan anglashilgan predmetga o'xshashlik ma'nosidagife'l yasaladi: muzla. yelimla, bo'g'izla;
negizdan anglashilgan predmetlarning o'rin yoki paytgamunosabatini anglatuvchi fe'llar yasaydi: qishla, yozla kabi. -laqo'shimchasi undov va taqlidiy so'zlarga qo'shilganda ruhiy holatva o'zakdan anglashilgan tovushga o'xshashlikni ifodalovchi fe'llaryasaydi: ohla, ufla, uhla, shivirla, shitirla, qitirla kabi.
-la qo'shimchasi, ot, sifat va taqlidiy so'zlarga qo'shilib,o'zakdan anglashilgan predmetni hosil qilish, predmetga o'xshatish,harakatga o'tish ma'nosidagi fe'llar yasaydi: osha, sana, o'yna,bo'sha, guldira kabi.
-y(-ay) ot. sifat, ravish negizlardan fe'l yasaydi: kuchay,qoray, ulg'ay, zo'ray.
-r (- ar) qo'shimchasi sifatga qo'shilib, belgiga egalikma'nosidagi fe'llar yasaydi: ko'kar, qizar, yoshar.
-ik (-iq) qo'shimchasi ot, ravish, son va boshqa so'zlargaqo'shilib o'zakdan anglashilgan predmet belgiga munosabat ma'nosiniifodalovchi fe'l yasaydi: to'liq, kechik, birlik, chiniq kabi.
-sira qo'shimchasi ot va olmosh negizlariga qo'shilib, predmetga munosabat ma'nolarini anglatuvchi fe'llar yasaydi: suvsira, sensira, uyqusira, yotsira, gumonsira kabi.
-i qo'shimchasi ot va sifat negizlariga qo'shilib, negiz anglatgan predmet yoki holatga egalik qilish ma'nosidagi fe'llar yasaydi: boyi, tinchi.
-qir, -ilia qo'shimchasi taqlidiy so'zlarga qo'shilib negiz anglatgan ma'noni bajarishni ifodalovchi fe'llar yasaydi: hayqir, o'shqir, gurilla, vishilla kabi.
-Ian (-lash) qo'shimchasi fe'l nisbatlarini yasaganidek. ot va sonlardan fe'l yasaydi: otlan, gaplash, birlash kabi.
Sintaktik usul bilan murakkab va juft fe'llar yasaladi. Murakkab fe'llarmng qismlari har xil . Ularning biri asosiy ma" no anglatib, murakkab fe'lning ma'no ifodalashi yetakchi qism vazifasini bajaradi. Ikkinchi qism esa qo'shimcha ma'no ifodalab, yordamchi qism vazifasida qoladi. Asosiy ma'no ifodalovchi qism yetakchi qism, unga birikkan qism esa ko'makchi qism hisoblanadi.
Murakkab fe'llarning birinchi qismi fe'ldan yoki fe'l boimagan so'zlardan tashkil topadi.
1. Fe'lning ravishdosh shaklidan tashkil topadi: ayta oldi, yozib
oldi, chopib bordi, kulib qo'ydi kabi.
2. Fe'l bo'lmagan so"zlardan tashkil topadi: quloq soldi,
buyruq berdi, nazar soldi kabi.
Qo'shma fe'llarning yetakchi qismi fe'l va fe'l bo'lmagan so'zlardan tuzilishi ularni muayyan tiplarga ajratishni taqoza etadi. Shunga ko'ra murakkab fe'llar ikki turga: birinchi tip murakkab fe'llar va ikkinchi tip murakkab fe'llarga bo'linadi.
birinchi tip murakkab fe'llarning yetakchi qismi fe'l bo'lmagan so'zlardan tashkil topadi. Bunday fe'llarning ko'makchi qismi bo'l, qil, yet, ayla, ol, ber, tur, yot, qol, tush, o't, tashia kabi fe'llardan tuziladi: imzo qo'y, quloq sol, e'lon qil, va'da ber kabi. Ikkinchi tip murakkab fe'llarning har ikkala qismi fe'llardan tashkil topadi: yoza boshladi, olib keldi, ko'rib chiqdi kabi.
Juft fe'llar fe'llarning takrorlanib kelishidan hosil bo'ladi. Juft fe'llarda ham asosiy ma'no birinchi qism orqali anglashilgan: oldi-berdi, bordi- keldi, aytdi, -qo'ydi kabi.
Fe' Idan anglashilgan harakat va holatning belgisini, o'mini, paytini, sifatdan anglashilgan belgining belgisini bildiradigan so'zlar ravish deyiladi. Ravishlar ifoda xususiyatiga ko'ra sifatga yaqin, biroq sifat predmetning belgisini, ravish esa harakat yoki belgining belgisini ifodalaydi. Shuning ucun sifatlar otga, ravish esa fe'lga, sifatga, ravishga va ba'zan otga ham bog'lanib keladi. Masalan, sekin yurmoq, tez gapirmoq , tez kunlarda, ko'p so'z kabi.
Ravishlar morfologik jihatdan o'zgarmaydi, ya'ni turlanish va tuslanish xususiyatiga ega emas. Ravishlar ham sifatlar singari belgini darajalab ko'rsata oladi. Ravishlarda belgining kamligi -roq qo'shimcha orqali hosil bo'ladi: ozroq, sekinroq, kamroq kabi.
- roq qo'shimchasi ba'zan belgini kuchaytirib ham ifodalaydi: tezroq, ko'proq, mo'lroq, ertaroq kabi.
Belgining kuchliligi ravishlarda eng, juda, g'oyat, nihoyat, nihoyatda, so'zlarini ravishdan oldin keltirish bilan hosil bo'ladi: juda erta, nihoyatda tez, g'oyat do'stona kabi.
Ravishlarning ma'no turlari. Ravishlar ma'no va grammatik jihatdan quyidagi turlarga bo'linadi: holat (tarz) ravishlari, miqdor-daraja ravishlari, payt ravishlari, o'rin ravishlari, sabab ravishlari, maqsad ravishlari.
Holat ravishlari ish-harakatning qay holatda, qay tarzda bajarilishini ifodalab qanday? qay holatda? qay tarzda? so'roqlariga javob bo'ladi.
Quyidagilar holat ravishlaridir: asta , sekin, tez, yayov, birdan, jim, to'satdan, qo'qqisdan, tasodifan, mardona, do'stona, birma -bir, yuzma- yuz, yelkama- yelka, yonma-yon, mardlarcha, yangicha, muzday, qushday va boshqalar. Holat ravishlari gapda asosan ravish holi vazifasida keladi: Po'lat qoplangan zalvorli eshik asta g'ichirlab ochildi-yu, qorong'i bo'shliq ko'rindi. (0. Yo.) Otga bog'lanib aniqlovchi vazifasida keladi. Masalan, Ali Qushchi qo'llarini ko'ksiga qovushtirganicha muzday devorga suyanib turardi. (O. Yo.) Kesim vazifasida keladi: Osmon boyagina feruza shishadek tip-tiniq edi.(O'. U.)
Miqdor -daraja ravishlari ish-harakat yoki belgining miqdorini bildirib, qancha? qanday? so'roqlariga javob bo'ladi. Shunga ko'ra bu ravishlar miqdor ravishlari va daraja ravishlari kabi turlarga bo'linadi.
Miqdor ravishlari predmetning noaniq miqdorini bildiradi: oz, ko'p, ancha, sal, bir oz, bir muncha, mo'l, kam, xiyla va boshqalar. Daraja ravishlari harakat va belgining ma'nosini kuchaytiradi: juda, g'oyat, nihoyat, nihoyatda, benihoyat kabi. Miqdor-daraja ravishlari gapda asosan ravish holi: Xo'jayin gapimni birov eshitib qolmasin, deganday qaddini sal egib pastroq ovozda qolmasin, dedi. (T.Mal.) Aniqlovchi: - Ma'zur ko'rsangiz, - dedi u shoshib. - Ko'p mushkul yumush bu. (O.Yo.) Kesim vazifalarida keladi: Ikkitagina mashinaning boshqa ishlari ko'p. (S.A.)
Payt ravishlari ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon? qachondan beri? so'roqlariga javob bo'ladi: kecha, bugun, erta, indin, sahar, tushda, kechqurun, peshinda, bultur, bu yil, o'tgan yil, bugun-erta, oldin, hozir, keyin va boshqalar. Payt ravishlari gapda payt holi vazifasida keladi: Aravalar ham ertalab idora oldida bo'ladi. Ketadiganlar hozir dalada. (S.A.)
O'rin ravishlari ish-harakatning bajarilish o'rnini bildirib, qaerga? qaerda? qaerdan? so'roqlarigajavob bo'ladi: unda, bunda, cryerda; bu yerda, nari beri, quyida, yuqorida, chapda, o'ngda va boshqalar.
O'rin ravishlari gapda o'rin holi vazifasida keladi. - Barakallo, mavlono! Qani yuqori o't. (O.Yo.) Ikki soatdan beri shu yerdaman. (T.Mai.)
Sabab ravishlari ish-harakatning bajarilish sababini bildirib, nima uchun? nima sababdan? savollariga javob bo'ladi: chorasiz, noiloj, chorasizlikdan, ilojsizlikdan, noilojlikdan va boshqalar.
Sabab ravishlari sabab holi vazifasida keladi. Ikromjon noiloj chodirdan chiqib mashina oldiga keldi. (S.A.)
Maqsad ravishlari ish-harakatning bajarilish maqsadini bildirib, qanday? qay maqsadda? so'roqlariga javob bo'ladi: ataylab, qasddan, jo'rttaga. Maqsad ravishlari maqsad holi vazifasida keladi: Zebixon o'rnidan turdi-da, etaklarini qoqib, uni masxara qilayotgandek jo'rttaga ming turlanib ko'chaning o'rtasidan jo'nab qoldi. (S.A.)
Dostları ilə paylaş: |