Fe\'l yasalishi va uning talim bosqichlari darsliklarida berilishi
Undov so'zlar haqida ma'Iumot
His-hayajon va buyruq-xitobni bildirib, gap bo'laklari bilan grammatik jihatdan bog'lanmaydigan so'zlar undov so'zlar deyiladi. Undovlar garchand his-hayajon va haydash-chaqirish kabi xitoblarni ifodalasa- da, his-hayajon va haydash -chaqirishga nom bo'lmaydi.
Undovlar morfologik belgilarga ega emas, morfologik usul bilan yasalmaydi. Biroq undovlarni takrorlash va juftlash orqali ayrim undovlar hosil bo'lgan: ehhe, voy-bo'y, voy-voy, e-ha, e-voh kabi. Undovlarda ohangning roli kuchli. Binobarin, so'zlar ma'lum ohang bilan aytilsagina his-hayajonni ifodalaydi. Masalan, oddiy tarzda o deyilganda tovush ifodalanadi. -O, do'sti nodon. Koshkiydi, ko'zim ko'r bo'lsa-da, seni ko'rmasam? (O.Yo.) gapidagi o tovushida kuchli his-hayajon ma'nosi mayjud, shu boisdan u "xafalik", "afsuslanish"ma'nolarini bildiradi.
Undovlar ma'no xususiyatiga ko'ra ikki xil: his-hayajon undovlari, buyruq-xitob undovlari. His-hayajon undovlari turli his- tuyg'ularni, kechinmalarni bildiradi: o, oh, e, eh. uh, ey, voy, dod, he, a, obbo, ha, o'ho', ehe, attang, vodarig', rahmat, salom, ofarin, balli, barakallo kabilar. Bu xildagi undovlarning his-tuyg'u bildirishida ohang muhimdir.
His-hayajon undovlari quyidagi ma'nolarni ifodalaydi: 1. Shodlik, xursandchilik ma'nolarini ifodalaydi. O'ho', zo'r-ku. Egasi kim ekan? (O'.U.) —Obbo, azamat-ey! To'rt yarim sotih kelib qoladi. (S.A.) Xafalikni, charchoqni, og'ir ruhiy qiyinchilikni ifodalaydi. Evoh! U ko'pdan beri shahzodadan qo'rqib yurgani bejiz emas ekan. (O.Yo.)
Ta'kid va taajjublanish ma'nolarini ifodalaydi. Eh, Aziz, Aziz!Hech kim qilmagan ishni qilaman, deb ko'krak mushtlab kattaketmay qo'yaqol! (O'.U.) E, tavba! Nima va'da bergan ekan,hayronman! (O'. U.)
Urf-odat ma'nolarini ifodalaydi. Jindek mizg'ib olganingdankeyin idoraga chiqasan, xayr. (S.A.)
Buyruq-xitob undovlari asosan hayvonlar va qushlarni chaqirish, haydash, harakatlantirish yoki harakatdan to'xtatish uchun ishlatiladi: beh-beh, bah-bah, tu-tu-tu, chu, ish, pisht, xi-xi, tur, (itni), chigi-chigi, ho'sh-ho'sh, kisht-kisht.
Buyruq-xitob undovlarining ayrimlari insonga nisbatan ham ishlatiladi. Bunday holda undovlar nom o'rnida ishlatilib, murojatni ifodalaydi: hoy, ey, hey, kabi. Ey , jiyan boshimga balo qo'yding-ku. (S.A.)