Fe\'l yasalishi va uning talim bosqichlari darsliklarida berilishi
Bog'lovchilar haqida ma'lumot
So'zlar va qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lash uchun qo'llaniladigan yordamchi so'zlar bog'lovchilar deyiladi. Bog'lovchi so'zlar va gaplar o'rtasidagi munosabatlarni ta'minlasa ham ular bilan birlashmaydi. Yakka holda ham biror so'zga qo'shilgan holda ham biror gap bo'lagi bo'lib kelmaydi. Bog'lovcllilar qo'llanishiga ko'ra ikki xil: Yakka bog'lovchilar, takrorlanuvchi bog'lovchilar.
Yakka bog'lovchilar: va, ham, hamda, ammo, lekin, biroq, chunki, balki, basharti, shuning uchun kabi. Takrorlanuvchi bog'lovchilar nutqda takror holda ishlatiladi: yo, yoki, goh, dam, ba'zan, bir, na (yo, yoki bog'lovchilari yakka holda ham ishlatiladi). Yo boshiga tushgan tashvish bilan bo'lib shogirdini chaqirgani yodidan ko'tarildimikan? (O.Yo.)
Bog'lovchilar gap bo'laklari va gaplarni qay tarzda bog'lasliiga ko'ra ikki xil: teng bog'lovchilar, ergashtiruvchi bog'lovchilar. Teng bog'lovchilar gap bo'laklari va gaplarni grammatik jihatdan tenglanish asosida munosabatlari bo'lmaydi. Teng bog'lovchilarning quyidagi turlari bor: birikiruvchi bog'lovchilari, zidlov bog'lovchilari, ayiruv bog'lovchilari, inkor bog'lovchisi.
Biriktiruv bog'lovchilari: va, ham, hamda. Bu bog'lovcliilar uyushiq bo'laklarni va gaplarni bog'laydi. Masalan. xayriyatki hukmdorlar oldida hayajonga tushish va ta'zim qilish odat tusiga kirib qolgan. (P.Q.) Bu bog'lovchilar o'rnida -da, -u, yu yuklamalari ham ishlatiladi. Haligi yigit boshini ko'tarib Saidiyga bir qaradi-da, yana o'z ishi bilan mashg'ul bo'ldi. (A.Q.)
Zidlov bog'lovchilari: ammo, lekin, biroq. Bu bog'lovchilar mazmunan bir-biriga zid qo'yilgan gap va gap bo'laklarini bog'laydi. Tavba! Oradan shuncha yil o'tib ketibdi. lekin unutmabdi. (O'. U.)
-u, -yu yuklamalari zidlov bog'lovchisi vazifasida qo'llaniladi. Qzroq mizg'ib olmoqchi bo'ldi-yu, tanasining zirqirab og'riganidan ko'z ilmadi.(S.A.)
Ayiruv bog'lovchilari: yo, yoki, goh, dam, ba'zan, bir. Bu bog'lovchilar asosan takrorlangan holda qo'llanilib, gap bo'laklari va gaplarni bir-biridan ajratish hamda galma-gal yuz beradigan voqea-hodisalarni ifodalovchi gaplarni bog'lash uchun qo'llaniladi. Saltanat gohi g'amgin kulimsirab goh xomush beg ‘ubor qizlik onlarini o'ylar edi.(0'.U.)
Inkor bog'lovchisi: na. Bu bog'lovchi uyushiq bo'lak va gaplarni bo'lihsizlik, inkor mazmuni asosida bog'laydi. Uning qilayotgan ishlarini ko'rib na yaxshi, na yomon derdi. (S.A.)
Ergashtiruvchi bog'lovchilar qo'shma-gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lash uchun ishlatiladi: agar, basharti, chunki, go'yo, go'yoki, garchi, toki, shuning uchun, —ki , (-kim). Bu bog'lovchilar qo'shma gap tarkibidagi gaplarni tobelash asosida bog'laydi. Ergashtiruvchi bog'lovchilar gaplarni mazmunan bog'lashiga ko'ra quyidagicha: aniqlov bog'lovchisi, sabab bog'lovchilari, maqsad bog'lovchisi, chog'ishtiruv bog'lovchilari, shart va to'siqsizlik bog'lovchilari:
Aniqlov bog'lovchisi. -ki (-kim). Bu bog'lovchi eng ko'p qo'llaniliadi.Aniqlov bog'lovchisi deyarli ergashgan qo'shma gaplarning har xil turlarini o'zaro bog'lab, gapning biror bo'lagini izohlab, aniqlash uchun ishlatiladi. Oradan ikki oy o'tdi hamki inspektor chiqmadi. (A.Q.) Sabab bog'lovchilari: chunki, shuning uchun, negaki. Bu bog'lovchilar ergashgan qo'shma gap tarkibidagi asosiy fikrning yuzaga kelishidagi sababni ifodalash uchun ishlatiladi. Nega yaxshi ishlamaydi! Chunki yaxshi savodli, siyosiy bilimli muxbirlar kam. (A. Q.)
Maqsad bog'lovchisi: toki. Bu bog'lovchi maqsad ma'nosini ifodalovchi ergashgan qo'shma gaplarni bog'lash uchun ishlatiladi.
Chog'ishtiruv bog'lochilari: go'yo, go'yoki. Bu bog'lovchilar voqea -hodisalarni, narsa-predmetlarni o'xshatish uchun ishlatiladi. O'xshatish ergash gapli qo'shma gaplarni bog'lashda qo'llaniladi. "Bog'i maydon" darvozasiga yetganda go'yo yer yutganday yo'q bo'ldi-qoldi:(O.Yo.)
Bu bog'lovchi ko'pincha voqea- hodisaning noaniqligini, gumonligini ifodalashda ham qo'llaniladi. Go'yo Shohrah Mirzo Samarqandga tashrif buyurganida mashhur bir temirchiga qilich buyurgan. temirchi esa qilich yasashdan bosh tortgan.(O.Yo.) Shart va to'siqsizlik bog'Iovchilari: agar, agarda, garchi , basharti, Bti bog'lovchilar yuzaga chiqishi shart bo'lgan voqea- hodisalarning muayyan fikrga zidligini, ammo uning yuzaga chiqishiga to'siq bo'la olmasligini ifodalaydi.
Shart va to'siqsizlik bog'Iovchilari shart va to'siqsiz ergash gaplarni o'zaro bog'laydi.