Feʼl mayllari. Toʻliqsiz feʼllar. Feʼl zamonlari, ularning turlari. Feʼllarning tuslanishi. Feʼllarning yasalishi, Feʼllarning modal shakllari



Yüklə 21,8 Kb.
səhifə2/4
tarix16.12.2023
ölçüsü21,8 Kb.
#182642
1   2   3   4
Ma`ruza 9 (1)

1. Tasdiq-inkor kategoriyasi (qisq. TIК) kesimdan anglashilgan fikrning tasdiq yoki inkorini ifodalaydi. TIКning UGMsi – «tasdiq, inkor ma’nosini ifodalash bilan gap kesimni shakllantirishda ishtirok etish, uning hol valentligiga ta’sir qilish».
Tasdiq-inkor ma’nosini ifodalashda nol shakl (tasdiq), -ma bo‘lishsizlik shakli, emas, na, yo‘q so‘zi (inkor) ishtirok etadi. Misollar: Majlis yarim kechagacha chozildi. (O.Mux.) Uzoqdan Navoiyning qorasi ko‘ringunga qadar u amirning kelishiga ishonmagan edi. (Oyb.) Na xotin, na farzand kormagan, kimsasiz bechora bir yigit. (Uyg‘.) Mening farzandim yoq, gulboglarim yoq. (S.Nur.)
Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasini TIКdan farqlash lozim. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik fe’lga xos va uning nokesimlik shakli. Bunda bo‘lishsizlik shakli bo‘lgan -ma ko‘rsatkichining o‘rnini aniq bilish lozim. Bu shakl boshqa (masalan, -gan shakli sifatdosh shakli sifatida boshqa paradigmadan, kesimni shakllantirishi bilan boshqa paradigmadan joy olganligi kabi) grammatik shakllardek ko‘p vazifali (polifunksional). U gap kesimi tarkibida kesimlik kategoriyasining UGMsidagi «gap kesimini shakllantirish» ma’nosini xususiylashtirganligi bilan bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasidagidan boshqa bir qirrasini namoyon qiladi. Bu serqirra mohiyatli, ko‘p funksiyali lisoniy birliklar kabi -ma shakli ham birdan ortiq paradigmadan o‘rin olishini ko‘rsatadi.
2. Mayl kategoriyasi. Mayl kategoriyasi (qisq. MК) «kesimdan anglashilgan voqelikning borliqqa munosabatini ifodalash va gap kesimini shakllantirishda ishtirok etish» UGMsiga ega. MК UGMsida mayl kategorial ma’nosiga har doim zamon kategoriyasi ma’nosi yondosh.
MК ifodalayotgan munosabat rang-barang bo‘lishi mumkin. Shuning uchun uning quyidagi turi ajratiladi:
a) xabar mayli;
b) shart mayli;
d) buyruq-istak mayli;
e) maqsad mayli.
Xabar mayli harakat/holat yoki hodisani uning bajarilish vaqti bilan ifodalaydi. Unda bajarilish haqida xabar mavjud. Shuning uchun bu mayldagi fe’l, albatta, biror zamon shaklida bo‘ladi: keldi, kelyapti, keladi.
Xabar mayli biror ko‘rsatkichga ega emas. U fe’lning zamon ko‘rsatkichi orqali yuzaga chiqadi. Xabar mayli va zamon ma’nosi yig‘iq ifodalanishga ega.
Shart mayli -sa, -sa edi, -ganda edi, -gan ekan shakllari orqali hosil qilinadi: borsam, borsang, borsa, borsangiz, borsalaringiz, borsangizlar, borsalar; borganda edi va h. Misollar: 1. Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi. (A.Qah.) 2. Ertoyev bir nimani sezmasa, bunchalik talvasaga tushmas edi. (O.Yoqub.) 3. Bizning bunday ulug‘ kunga erishganimizni otamiz ham korganda, qanday quvonar edi. (Iboxon.) 4. Men ham doim qishloqda turganimda, mashinani o‘rganib olardim. (H.Naz.) 5. Tuzalsa edi, odamlardek yura olsa, boshiga ko‘tarardi. (S.Ahm.) 6. Qayerdaki ma’naviy-ma’rifiy ishlar yaxshi yolga qoyilgan ekan, u yerda muvaffaqiyat qo‘lga kiritiladi. («O‘zb.ov.» ) 7. Ishlab chiqqan mebellarimiz uylaringizni qanchalik yaxshi bezatar ekan, biz shunchalik xursand bo‘lamiz. («Qarshi univers.») 8. Istiqlol mendan fermer bo‘lishni talab qilgan ekan, men bu vazifani a’lo darajada uddalashga va’da beraman. («Qashq.»)
-sa shaklining «shart» ma’nosidan tashqari ifodalaydigan yana qator ma’nolari («payt», «istak», «iltimos», «sabab», «to‘siqsizlik» kabi) mavjud, ular shart mayli doirasida qaralmaydi.

Yüklə 21,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin