11
harakatni, aniq jarayonni ifodalaydi. Sen u payt uxlayotgan eding. Ish kundan-
kunga avjiga chiqmoqda edi. Fe'lning bu formasi quyidagicha yasaladi:
a)
-yotgan qo'shimchasi yordamida yasalgan hozirgi zamon sifatdoshiga
edi to'liqsiz fe'lini tuslab biriktirish bilan.
Birlik.
Ko'plik.
I shaxs
yoz-a-yotgan edim
yoz-a-yotgan edik
II shaxs
yoz-a-yotgan eding
yoz-a-yotgan edingiz
III shax yoz-a-yotgan edi
yoz-a-yotgan edi (lar)
b)
-moqda qo'shimchasiga edi to'liqsiz fe'lini tuslab biriktirish bilan
Birlik.
Ko'plik.
I shaxs o'qi-moqda edim
o'qi-moqda edik
II shaxs o'qi-moqda
eding
o'qi-moqda edingiz
III shaxs o'qi-moqda edi o'qi-moqda edi (lar)
5. O'tgan zamon maqsad fe'li. Nutq so'zlanib
turgan paytdan ilgari
bajarilishi maqsad qilingan, ammo voqe bo'lmagan ish-harakatni ifodalaydi:
Kitobni kutubxonadan olmoqchi edim. Shuning
uchun kutubxonaga boradigan
edim.
O'tgan zamon maqsad ma'nosi quyidagicha ifodalanadi:
a)
–moqchi qo'shimchasiga
–edi to'liqsiz fe'lini tuslab biriktirish bilan:
Birlik.
Ko'plik.
I shaxs
bor-moqchi edim
bor-moqchi edik
II shaxs bor-moqchi eding
bor-moqchi edingiz
III shaxs
bor-moqchi edi
bor-moqchi edi (lar)
b)
–digan qo'shimchasi yordamida yasalgan kelasi zamon sifatdoshiga
–
edi to'liqsiz fe'lini tuslab biriktirish bilan:
Birlik.
Ko'plik.
I shaxs
yoz–a–digan edim
yoz–a–digan edik
II shaxs yoz–a–digan eding
yoz–a–digan edingiz
III shaxs yoz–a–digan edi
yoz–a–digan edi (lar)
Dostları ilə paylaş: