Fermentlar, ularning xossalari


Oddiy va murakkab fermentlar. Fermentlarning faol va allosterik markazlari



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə2/6
tarix27.04.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#103693
1   2   3   4   5   6
ekologiyada matematik modellari

Oddiy va murakkab fermentlar. Fermentlarning faol va allosterik markazlari.

  • Oqsillar struktura tuzilishining barcha xususiyatlari fermentlar uchun ham tegishlidir. Ular ham 4 ta tuzilish darajasiga ega: birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to`rtlamchi. To`rtlamchi strukturaga ega fermentlar protomer (subbirliklar) dan tuzilgan. Barcha oqsillar singari fermentlar ham oddiy (protein-ferment) va murakkab (proteid-ferment) ga bo`linadi. Murakkab fermentlar apoferment – oqsil qismi va oqsil bo`lmagan qism – kofaktorlardan iborat. Fermentlarning kofaktorlari bular – metall ionlari va kofermentlar(organik birikmalar)dir. Apoferment va kofaktorlar alohida bo`lganda katalizator sifatida faollikka ega bo`lmaydi. Apoferment va kofaktor alohida faol emasdir, ularning birikishi faol fermentni hosil qiladi va uni xoloferment deyiladi. Kofaktorlar termostabil moddalardir, ko`pchilik moddalar qizitilganda faolligini yo`qotadi.

Fermentativ katalizning juda nozik spesifikligi va boshqa xususiyatlarini o`rganish oraliq kompleksning hosil bo`lishida fermentning bir emas, balki bir necha funksional guruhlari substrat molekulasining muvofiqlik, ya’ni ximiyaviy va fazoviy (topografik) komplementar guruhlari bilan munosabatga kirishi haqidagi xulosaga olib keldi. Bu fikr ferment molekulasini fermentativ reaktsiyada qatnashadigan aksari substrat molekulasiga nisbatan ancha katta o`lchamli bo`lishidan ham kelib chiqadi. Binobarin, ferment – substrat kompleksining hosil bo`lishida substrat molekulasi bilan bevosita aloqaga fermentning peptid zanjiri chegaralangan qismigina kirishi kerak. Fermentning faol markazi deb oqsil ferment molekulasining substrat bilan birikishini, uning ximiyaviy o`zgarishini ta’minlaydigan qismlariga aytiladi.

  • Fermentativ katalizning juda nozik spesifikligi va boshqa xususiyatlarini o`rganish oraliq kompleksning hosil bo`lishida fermentning bir emas, balki bir necha funksional guruhlari substrat molekulasining muvofiqlik, ya’ni ximiyaviy va fazoviy (topografik) komplementar guruhlari bilan munosabatga kirishi haqidagi xulosaga olib keldi. Bu fikr ferment molekulasini fermentativ reaktsiyada qatnashadigan aksari substrat molekulasiga nisbatan ancha katta o`lchamli bo`lishidan ham kelib chiqadi. Binobarin, ferment – substrat kompleksining hosil bo`lishida substrat molekulasi bilan bevosita aloqaga fermentning peptid zanjiri chegaralangan qismigina kirishi kerak. Fermentning faol markazi deb oqsil ferment molekulasining substrat bilan birikishini, uning ximiyaviy o`zgarishini ta’minlaydigan qismlariga aytiladi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin