Oqsil va proteinlar-odam ozuqasining asosiy qismlaridan biridir.Ularni parchalash uchun ferment - proteazalar zarur. Ular sintezlanish joyi, muhiti va boshqa xususiyatlari bilan farqlanadi. Ulardan bir xillari oshqozonda faol, masalan, pepsin. Boshqalari oshqozonosti bezi tomonidan ajratib chiqariladi va ichak oralig'ida faol. Bezning o'zida fermentning nofaol shakli - ximotripsinogen ajralib chiqadi va u faqatgina ozuqa tarkibidagi nordon moddalar bilan aralashib, ximotripisinga aylanganda ta'sir qila boshlaydi. Bunday tartib, oshqozonosti bezi proteaza hujayralari tufayli o'zini shikastlashini oldini olishga yordam beradi.
Ozuqaviy yog'lar,oshqozonosti bezidan ajralib chiqadigan fermentlar-lipazalar tomonidan parchalanadi. Ular yog' molekulalarini,yog' kislotalari va glitseringa parchalaydi. Bunday ta'sirlanish uchun,12-barmoqli ichakda,jigarda hosil bo'ladigan o't mavjud bo'lishi kerak.
4-rasm - Yog’larning fermentativ gidrolizi. https://micrazim.uz/oz/interesting/fermenty/ micrazim preparati qo’llanmasidan olindi.
Indutsirlangan fermentlar, adaptiv fermentlar — sintezlanish tezligi tirik organizmlarning yashash sharoitiga qarab oʻzgarib turadigan fermentlar. Indutsirlangan fermentlaening sintezlanishi induktorlar (faollashtiruvchilar) taʼsirida genetik darajada boshqariladi. Bu jarayon induktorlar yordamida amalga oshiriladi. Induktorlar sifatida substratlar, metabolitlar, shuningdek, gormonlar ishtirok etishi mumkin. Odatda, indutsirlangan fermentlar organizmda juda kam miqsorda uchraydi. Birok, muhitga substrakt yoki boshqa induktor qoʻshilsa, fermentlar konsentratsiyasi qisqa vaqt ichida ming marta, hatto undan koʻproq oshishi mumkin. Bunday xususiyat organizmlarning yangi sharoitga tez moslashishiga imkon beradi. Induksiya mexanizmi Indutsirlangan ferment sintezini nazorat qiladigan genlar taʼsirining derepressiyalanishidan iborat. Indutsirlangan fermentga misol qilib, ayrim mikroorganizmlarni sintezlaydigan r"-galaktozidaza (laktozani monosaharidlargacha gidrolitik parchalanishini katalizlaydi) fermentini koʻrsatish mumkin. Bu ferment oziqli muhitda uglerod manbai faqat laktoza yoki uning analoglari boʻlgandagina sintezlanadi.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Indutsirlangan_fermentlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil