6
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MANTIQIY
FIKRLASHNING DOLZARBLIGI XUSUSIDA
Sh.Nasimova
1-bosqich magistranti
Nizomiy nomidagi TDPU
Tel.+998900371728
e-pochta manzil:shahnozan824@gmail.com
Annotatsiya:
boshlang‘ich sinf matematika darslarida mantiqiy fikrlashni
oshirish, mantiqiy fikrlashning dolzarbligi xususidagi fikrlar.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf, mantiq, fikrlash, tafakkur, qobiliyat, ijodiy,
mustaqil fikrlash, jarayon.
Аннотация: Совершенствование логического мышления в начальной
школе по математике, идеи об актуальности логического мышления.
Ключевые слова: начальная школа, логика, мышление, рассуждение,
способности, творчество, самостоятельное мышление, процесс.
Annotation: Improving logical thinking in elementary school math lessons,
ideas on the relevance of logical thinking.
Keywords: elementary school, logic, thinking, reasoning, ability, creativity,
independent thinking, process.
“2017-2021-yillarda O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha
Harakatlar strategiyasi” O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
6-
apreldagi ,,Umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limning davlat ta‟lim
standartlarini tasdiqlash to„g„risida”gi 187-son qarorida [2] davlat yoshlar siyosatini
takomillashtirish, intellektual rivojlangan
yosh avlodni tabiyalash, oliy ta‟lim
muassasalarida ta‟lim sifati va uni baholashning xalqaro standartlarini joriy etish
orqali tubdan yaxshilash, yoshlarda mustaqil va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish
bo„yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi. [1]
Bo
shlang„ich sinf o„quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatlari yozma
darslarda yaqqol namoyon bo„ladi. Mantiqiy fikrlash jarayoni quyidagi
xususiyatlarga ega:
- mantiqiy fikrlash savol berish va masalani yechish jarayonidan boshlanadi;
- mantiqiy fikrlas
h muhitini yaratish uchun o„quvchilar uchun aniq dalillar
keltirishi kerak.
7
S.S.G„ulomovning ta‟kidlashicha, yozuv jarayonida fikrlashni kuzatish mumkin
va o„qituvchi uchun ham qulaylik yaratadi. Yozayotgan o„quvchi doimo faol bo„ladi.
U doim mustaqil fikr
laydi va bunda o„zida mavjud bo„lgan barcha bilimlardan
foydalanadi. O„quvchi o„z fikrini mustahkamlash uchun yetarli darajadagi ishonchli
dalillarni keltira oladi. Bundan tashqari u o„z tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga ega
bo„ladi. Chunki xat yozuvchi shaxs uni o„qiydigan ga mo„ljallab yozadi. O„quvchi
uchun eng qimmatlisi-
o„qituvchining uning ishiga qiziqishi va unga hurmat bilan
qarashi, o„z fikrlari to„g„risida sinfdoshlari, boshqa o„qituvchilar, ota-onalar va hatoo
notanish kishilat bilan o„rtoqlashish imkoniyatiga ega bo„lganligidir. Shuning uchun
ham yozma ishlarning mavzulari muayyan izchillikka ega bo„lib, o„quvchilarda
mantiqiy fikrlashni izchil rivojlantirish imkoniyatini yaratish kerak. [5]
Innovatsion texnologiyalar yordamida tashkil etilg
an o„quv jarayonida
o„quvchida mantiqiy fikrlash ko„nikmalari quyidagi bosqichlarda shakllanadi:
-
o„quvchilarda bilim olishga bo„lgan qiziqish va ishtiyoqni uyg„otish;
- ularga olingan bilimlarni tushunish imkoniyatini berish;
-
kuzatishnirag„batlantirish.
Boshlang„ich sinf o„quvchilarida mantiqiy fikrlash jarayoni ularda mustaqil
fikrlashga moyillik paydo bo„lgan bosqichdan boshlanadi. O„quv jarayonida
o„quvchilarda taqdim etilgan bilimlarga qiziqish paydo bo„ladi va vaziyatni tasavvur
qilish uchun ularga
aniq savollar beriladi. Ikkinchi bosqichda o„quvchilar o„z olgan
bilimlarining mohiyatini tushuna boshlaydilar. Bu jarayonda o„quvchilar erishgan
yutuqlari uchun taqdirlanadilar. Natijada, ularning izlanish sifatlari hal qilina
boshlaydi. Uchinchi bosqich
da o„quvchilar hodisalarni umumlashtirish, taqqoslash,
baholash, olgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo„llash, olingan ma‟lumotlarni
kuzatish, muhokamalarda qatnashish va o„z fikrlarini himoya qilishni o„rganadilar.
Ko„nikmalar shakllana boshlaydi. Birinchi bosqich boshlang„ich sinf o„quvchilarining
ijodiy kuzatishi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu davrda o„quvchilarda yangi
bilimlarni egallashga, maqsadlariga erishishga intilish kuchli bo„ladi.
Bu bosqichda mantiqiy fikrlash faoliyatining bir necha turlari amalga oshiriladi.
Kichik maktab yoshidagi o„quvchilar muayyan mavzu to„g„risida bilganlarini esga
olishda faol ishtirok etadi. Bu esa ularni o„z bilimlarini tahlil qilish va o„rganilgan
mavzu haqida o„ylashga undaydi.
O„quv-biluv jarayonida o„quvchilarga taqdim etilgan yangi axborotlar ular
o„zlashtirgan bilimlar bilan bog„lanib, mantiqiy fikrlash manbayini hosil qiladi.
Natijada o„quvchilarning bilim zaxirasi tasavvurlari kengayadi. [4]
Mantiqiy fikrlash uchun moyillik hosil qilish bosqichining ikkinchi maqsadi
o„quvchilarda taqdim etilgan axborotni tezkorlik bilan idrok etishga qiziqishni
8
kuchaytirishdan iborat. Chunki o„quvchilarda mantiqiy fikrlash ko„nikmasini hosil
qilish jarayoni o„ziga xos pedagogic faoliyatni talab qiladi.
Mantiqiy
fikrlash
ko„nikmalarining
shakllanishi
o„quvchiga
quyidagi
imkoniyatlarni beradi:
-
o„quvchilarning fikrlash jarayoni tezlashadi;
-
o„quvchilar o„z oldiga aniq maqsadlar qo„ya boshlaydi va ularga erishish
yo„llarini izlaydi;
-
o„quvchilar bir-biri bilan faol muloqot qilish qobiliyatiga ega bo„la boshlaydilar;
-
o„quvchilarning bilim olishga, yangi ma‟lumotlarni o„zlashtirishga qiziqishini
oshirish;
-
o„quvchilarning o„quv jarayonida faolligi;
-
o„quvchilarda ular orasida paydo bo„ladigan turli fikrlarni tinglashga,
kuzatishga ishtiyoqi ortadi;
-
o„quvchilar o„z fikrlarini dadil bayon etishlari kerak;
-
o„quvchilar olgan bilim va tushunchalarini qayta ishlay oladilar va undan fikr
bildirishda foydalana oladilar.
Mantiqiy tafakkurni shakllantirishda o„quvchilar bilan guruhda ishlashdan
kutilgan samaraga erishish mumkin. Ularning muloqot qilish, fikrlash, mustaqil fikr
bildirish va bir-
birini qo„llab-quvvatlash qobiliyatini oshiradi. Natijada ular faolroq va
ijobiy bo„ladi. O„quvchilarda mantiqiy fikrlashni shakllantirish uchun ular va
o„qituvchilar o„rtasida qo„shma, jonli va ishbilarmon muloqotni yo„lga qo„yish kerak.
O„quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ular ijodiy fikrlashni
rivojlantirishlari kerak.
Ushbu o„rinda nemis olimi M.Mauyermanning fikrlarini keltirib o„tsak bo„ladi:,,
Ijodiy fikrlash-
bu inson uchun fikrlashning tayanch nuqtasi, g„oyalar va axborotlar
bilan o„zaro munosabatga kirishishning tabiiy usulidir, u dars va darsdan tashqari
jarayonlarda birdaniga sodir bo„ladigan faoliyat bo„lib, o„quvchiga axborotlarni qat‟iy
nazorat qilish imkonini berishini ko„rsatib o„tgan. Bu jarayond, o„quvchi axborotni
bo„rttirib ko„rsatishi, qayta ko„rib chiqishi, uni o„ziga moslashtirishi yokiumuman
qabul qilmasligi mumkin. Qachonki, o„quvchilarda ,,Men bu bilmlardan qanday
foydalanaman?”, ,,Bu bilimlar bilan mening ko„nikmalarim orasida qanday
mutanosiblik bor?”, ,,Bu ma‟lumotlar men uchun foydalimi?”, ,,Mening
ma‟lumotlarga munosabatim qanday?” , ,,Bu axborotlar men uchun zarurmi, ular
qanday ahamiyatga
ega?” kabi savollarga javob topgandagina ularda mantiqiy
fikrlash ko„nikmalari samarali shakllantiriladi” [3]
Yuqoridagi fikrlardan ayon bo„ldiki, mantiqiy fikrlashni shakllantirishga tas‟ir
etuvchi omillar yaxlit ko„rinishga ega. Matematika darslarida mantiqiy fikrlashni
9
shakllantirishga ta‟sir etuvchi omillarni bilish va ularning ta‟sir etish darajasini
baholay olish o„qituvchidan ijdokorlikni, maxsus kompitensiyalarga ega bo„lishni
talab qiladi. Matematika darslarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish mezonlari
quyidagilardir:
-tafakkurning mustaqilligi;
-
o„quv materiallar va qo„llanmalarni o„zlashtirilishining tezligi va mustahkamligi;
-
standart bo„lmagan topshiriqlarni fikrlashda tezkorligi;
-fikrlashda tanqidiylik;
Xulosa tariqasida aytadigan bo„lsak:mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va ushbu
jarayonni takomillashtirish, shakllantirish bugungi kun uchun muhim omil sanaladi.
Har bir o„quvchida ushbu qobiliyat rivojlanib va shakllanib borsa, o„quvchilarimiz
yanada iqtidorli va bilimli bo„lishlari o„z isbotini topadi.
Dostları ilə paylaş: |