18
II. Qo‘himcha adabiyotlar:
17. Abdullayev Y. Sovg’a. – T.: O’qituvchi, 1996.
18. Abdullayev Y. Hamrohim. – T.: O’qituvchi, 1996.
5. Abdumajidov G. «O’zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi
Qonuniga sharhlar. – T.: Adolat, 1999.
19. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish.
20. Amaliy qo’llanma. – T.: O’zME, 2000.
21. Bobur Zahiriddin Muhammad. Boburnoma. –T.: Yulduzcha, 1990.
22. Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi. – T.:
O`qituvchi, 2003.
23. Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi. –T.:
2006. Internetdagi manzili: www.samdu.uzG’filesG’webG’index.htm
24. Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik. Tuzuvchi Boltayev
M. –Samarqand, SamDU nashri, 2007.
25. Yangi alifbo va imloni o’rganish dasturi. – T.: O’qituvchi, 1996.
26. O’zbekiston Respublikasining Qonuni. Davlat tili haqida (yangi tahrirda).
«Xalq so’zi» gazetasi, 1995 yil 29 dekabr.
27. O’zbekiston Respublikasining Qonuni. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek
alifbosini joriy etish to’g’risida. – T.: O’zbekiston, 1993.
28. O’zbekiston Respublikasining Qonuni. O’zbekiston Respublikasining «Lotin
yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’grisida»gi qonuniga
o’zgartirish kiritish haqida. «Xalqso’zi» gazetasi, 1995 yil 6 iyul.
29. O’zbek orfografiyasining asosiy qoidalari. – T.: Fan, 1956.
30. O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari. – T.: O’qituvchi, 1997.
31. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. – T.: O‘qituvchi, 1995.
32. Hojiyev A., Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. – T.: O‘qituvchi,
1996.
“TERMINOLOGIYA VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARI”
FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI
1. M.Аbdullayev va boshqalarning “Mustaqillik” izohli ilmiy-ommabop
lug‘atida berilgan ixtisosligiga doir atamalar va ular tahlili.
2. “Vasiqalar to‘plami”da qo‘llangan ixtisosligiga oid terminlar va ular tahlili.
3. M.Is’hoqovning “Unutilgan podsholikdan xatlar” kitobidagi tarixiy
matnlarda qo‘llangan ixtisosligiga doir terminlar va ular tahlili.
4. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida qo‘llangan
ixtisosligiga doir terminlar va ular tahlili.
5. Аlisher Navoiyning “Vaqfiya” asarida qo‘llangan ixtisosligiga doir
terminlar va ular tahlili.
6. Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida qo‘llangan
ixtisosligiga doir terminlar va ular tahlili.
7. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning birinchi tomida berilgan ixtisosligiga
doir terminlar va ular tahlili.
19
8. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning ikkinchi tomida berilgan ixtisosligiga
doir terminlar va ular tahlili.
9. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning uchinchi tomida berilgan ixtisosligiga
doir terminlar va ular tahlili.
10. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning to‘rtinchi tomida berilgan ixtisosligiga
doir terminlar va ular tahlili.
11. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning beshinchi tomida berilgan ixtisosligiga
doir terminlar va ular tahlili.
12. ga doir izohli lug‘tlarda berilgan terminlar va ular tahlili.
Mustaqil ishning taxminiy rejasi
Mavzu: M.Аbdullayev va boshqalarning “Mustaqillik” izohli ilmiy-ommabop
lug‘atida berilgan ga oid terminlar va ular tahlili.
Reja:
Kirish:
1. Termin va ixtisoslik terminlari haqida umumiy tushuncha.
2. Terminologiya sohasida olib borilayotgan ishlar haqida.
Asosiy qism:
1. M.Аbdullayev va boshqalarning “Mustaqillik” izohli ilmiy-ommabop lug‘ati
haqida.
2. “Mustaqillik” izohli ilmiy-ommabop lug‘atida ning turli yo‘nalishlariga doir
terminlarning berilishi.
HUJJATCHILIK BO`YICHA MUSTAQIL ISH MAVZULARI
1. O‘zbek hujjatchiligi tarixi haqida.
2. Istiqlol va o‘zbek hujjatchiligi tarixida yangi davr.
3. “Davlat tili haqida”gi qonun va o‘zbek hujjatchiligi taraqqiyoti.
4. M.Aminov,
A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N.Mahmudovlarning “Ish
yuritish”dan amaliy qo‘llanmasi haqida.
5. “Vasiqalar to‘plami”da berilgan hujjatlar haqida.
6. M.Is’hoqovning “Unutilgan podsholikdan xatlar” kitobidagi hujjatlar haqida.
7. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: tarjimayi hol.
8. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: tavsifnoma.
9. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: tavsiyanoma.
10. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: tushuntirish xati.
11. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: tilxat.
12. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: ishonch xati.
13. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: hisobot.
14. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: ariza.
15. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: buyruq.
16. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: dalolatnoma.
17. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: ma’lumotnoma.
18. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: e’lon va reklamalar.
19. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: shartnoma.
20. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: majlis bayoni.
21. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: bildirishnoma.
22. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: rasmiy xatlar.
23. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: ustav.
20
24. Ish qog‘ozlari yuritishga doir atamalar xususida.
25. Ish qog‘ozlari yuritishga doir ruscha-o‘zbekcha atamalar xususida.
26. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: shaxsiy va rasmiy xatlar.
27. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: tavsifnoma va tavsiyanoma.
28. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: ishonch xati va tilxat.
29. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: majlis bayoni va undan
ko`chirma tayyorlash.
30. Yangi alifbo va imloda ish qog‘ozlari tayyorlash: tushuntirish xati va
bildirishnoma.
Mustaqil ishning taxminiy rejasi
Mavzu: O‘zbek hujjatchiligi tarixi haqida.
Reja:
Kirish:
Hujjatchilik, uning tarixi, jamiyatda tutgan o‘ni haqida umumiy
tushuncha.
Asosiy qism:
1. O‘zbek hujjatchiligining shakllanish tarixi.
2. Qadimgi turkiy tilda yetib kelgan hujjatlar.
3. Sug‘d podsholigi, Samarqand qozisining bizgacha yetib kelgan hujjatlari.
4. Temuriylar davri hujjatchiligi.
5. Sho‘ro davri hujjatchiligi.
6. Mustaqillik davri hujjatchiligi.
Xulosa.
Adabiyotlar ro‘yxati.
21
ТERMINOLOGIYA VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARI”
KURSINING MAQSAD VA VAZIFALARI
ISH YURITISH TARIXI
Oliy o`quv yurtlari talabalari uchun mo`ljallangan mazkur kurs ularga
respublikamizda faoliyat ko`rsatayotgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda
yuritib kelinayotgan ish qog`ozlari turlari, ularning vazifasi, ularda aks etadigan
ma’lumotlar, axborotlar, fikr-mulohazalar, hujjatlarning zaruriy qismlari, ular bilan
bog`liq atamalar to`g`risida ma’lum tushunchalar beradi.
Ma’lumki, respublikamizda 1989-yil 29-oktabrda o`zbek tiliga davlat tili
huquqi berilgan, 1991-yil 31-avgustda esa mamlakatimiz sobiq sho`rolar
hukmronligidan qutilib, mustaqillikka erishgan bo`lsa-da, bir qator korxonalarda
hujjatlar, ish qog`ozlarini davlat tilida yangi alifbo va imlo qoidalari asosida
yuritishga o`tish biroz qiyinchilik bilan kechmoqda. Buning bir qancha sabablari bor,
albatt. Ulardan biri yangi alifbo va imlo qoidalari asosida davlat tilida ish yuritish
bo`yicha maxsus o`quv qo`llanmalari, uslubiy ishlarning kamligi bo`lsa, ikkinchidan,
bu sohada ish yurituvchi mutaxassis-xodimlar tayyorlashning hali keng tus
olmaganligidir.
Ish qog`ozlari yuritish bo`yicha dastlabki bilimlar umumta’lim maktablari,
litsey va kasb-hunar kollejlarida berilmoqda. Chunki bu o`quv yurtlarini tugatgan har
bir yosh tegishli ma’lumotga egaligi to`g`risidagi hujjatni qo`lga olgach, mustaqil
hayotga qadam qo`yadi. Ana shu davrdan boshlab ular ish qog`ozlari, hujjatlarga har
qadamda duch kela boshlaydilar. Ishga kirish uchun, o`quv yurtiga hujjat topshirish
uchun, mehnat ta’tili olish yoki biror voqea tufayli o`z hisobidan mehnat ta’tili olishi
uchun ariza yozishi, mehnat ta’tilidan qaytganligi yoki betoblikdan so`ng ishga
tushganligi to`g`risida bildirishnoma yozishi, yo`l qo`yilgan xato-kamchiliklar yoki
nojo`ya xatti-harakatlar uchun tushuntirish xati yozishi, bajarilgan ishlar yoki
berilgan topshiriqlar yuzasidan, xizmat safari bo`yicha hisobot yozishi, yetkazilgan
moddiy, ma’naviy yoki jismoniy zarar uchun da’vo arizasi yoxud shikoyat xati
yozishiga to`g`ri keladi. Ba’zan mana shunday hujjatlarni o`rta yoki o`rta-maxsus
ma’lumotli mutaxassisgina emas, balki oliy ma’lumotli malakali mutaxassislar ham
to`g`ri rasmiylashtira olmaydilar. Shunga ko`ra oliy o`quv yurtlari talabalari uchun
“Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” kursining kiritilishi hamda
o`qitilishi har tomonlama maqsadga muvofiq ish bo`ldi. Shuningdek, bu kurs
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida keyingi yillarda o`tila boshlagan “Nutq
madaniyati va davlat tilida ish yuritish” fanining mantiqiy davomi sifatida
talabalarning bu sohadagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish uchun xizmat qiladi.
Mazkur kurs talabalarga amaliyotda qo`llanib kelinayotgan hujjatlar, ularning
xillari, har bir hujjatda qamrab olinishi lozim bo`lgan o`ziga xos dalillar,
ma’lumotlar, axborotlar, fikr-mulohazalar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotimizga
oid, o`z mutaxassisliklariga doir hamda hujjatlar yuritishga oid atamalar, ularni
tanlash va qo`llashdagi o`ziga xos xususiyatlarni kengroq o`rganishlari uchun xizmat
qiladi.
Ma’lumki, insoniyat tarixida yozuvning ixtiro qilinishi bilan bog`liq ravishda
yozma nutqning vujudga kelishi hamda taraqqiy eta borishi asosida eng qadimgi
22
zamonlardan boshlab kishilik jamiyatida insonlarning o`zaro turli-tuman
munosabatlarini aks ettiruvchi yozishmalar, solnomalar, hujjatlar, badiiy, ilmiy,
tarixiy asarlar yaratib kelingan. Hujjatlar kishilar, jamoalar o`rtasidagi huquqiy
munosabatlarni tartibga solish, davlat ichidagi hamda davlatlararo ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy, madaniy, ma’rifiy, harbiy sohalarda aloqalar o`rnatish, hamkorlik qilish,
mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash va rivojlantira borishlari uchun xizmat
qilib kelgan.
Tarixda Bobil shohi Hammurapining (mil.av.1792-1750-yy.) va shoh Ur-
Nammuning (mil.av.2112-2094-yy.) qonunlar majmui eng qadimgi va nodir hujjatlar
namunasi sifatida mashhurdir. Davlatni idora qilish tartib-qoidalari, turli mansab
egalarining vazifalari, soliq solish va uni to`plash tartibi, harbiy yurishlar o`tkazish,
qo`zg`olonlarni bostirish qoidalari bayon etilgan turk hoqonlarining “Qonunnoma”si,
Xondamirning “Qonuni Humoyun”i, Ro`zbexoning “Suluk al-muluk” kitobi kabi
noyob manbalar ham turkiy xalqlar tarixida hujjatchilik an’analarining qadimgi
davrlardan boshlanganligini ko`rsatadi. Qayd etib o`tilgan tarixiy manbalardan
tashqari hoqonliklar, shohliklar, xonliklar, amirlik va bekliklarda yuritilgan
farmonlar, bitimlar, arznomalar, yorliq, tilxat, qarznoma va guvohnomalar kabi
hujjatlarning turli yozuvlarda tayyorlangan nusxalari, namunalari bizgacha yetib
kelgan. Davlatning ichki va tashqi siyosatida muhim o`rin tutuvchi yorliqlar o`rta
asrlarda alohida ahamiyatga ega bo`lgan. Bunga To`xtamishxonning 1393-yili polyak
qiroli Yagayloga yo`llagan yorlig`i, Temur Qutlug`ning 1397-yilda berilgan yorlig`i,
Umarshayxning marg`ilonlik Mir Sayid Ahmadga 1469-yili taqdim etgan yorlig`i,
Toshkent hokimi Yunusxonning 1797-yil 2-iyunda Rusiya podshosiga yuborgan
yorliqlari va boshqa shu kabi hujjatlarni misol tariqasida keltirish mumkin (2, 3-12-
b., 6, 85-90-b.).
Bizgacha yetib kelgan hujjatlar ichida eng muhimi va butun dunyoga tarqalib,
shohlar va sarkardalar, davlat arboblari uchun dasturilamal vazifasini o`tab kelgan
noyob manba buyuk bobokalonimiz sohibqiron Amir Temurning “Temur
tuzuklari”dir. U o`rta asrlar davlatchiligining asosiy qonuni sifatida mashhur bo`lib,
unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining tutumi va
vazifalari, vazir va qo`shin boshliqlarini saylash, sipohiylarning maoshi, boj va soliq
to`lash tartib-qoidalari, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qo`shin
boshliqlarining burch va vazifalari, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt
oldida ko`rsatgan alohida xizmatlarini qay tarzda taqdirlash tartibi va boshqa shu
kabilar o`z ifodasini topgan.
Bizgacha yetib kelgan manbalar orasida VII asr oxiri va VIII asr boshlarida
Sug`d podsholigi davriga tegishli 80 ga yaqin noyob (Panjakent yaqinidagi Mug`
tog`ida joylashgan qadimgi qasr xarobalaridan topilgan sug`dcha) hujjatlar Sug`d
davlatida ish yuritishning ahvolidan darak bersa (3, 3-57-b.), 800 ga yaqin hujjatlarni
qamrab olgan “Vasiqalar to`plami” 1588-1591-yillarda Samarqanddagi tarixiy
voqelikni, ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzini yaqqol aks ettiradi (4, 5-125-b.).
“Sug`d arxivi”dagi sug`dcha nikoh guvohnomasi 710-yilning 25-martida
yozilgan bo`lib, unda turk zodagoni Uttakinning sug`d ayoli Dug`dgunchaga
uylanishi rasmiylashtirilgan hamda kelin bilan kuyovning vazifa, burch va
majburiyatlari bayon etilgan. Shuningdek, yer xarid qilish, tegirmonni ijaraga olish,
xarajatnoma va o`zaro yozishmalardan iborat bir qator nodir hujjatlar So`g`d
23
podsholigi davrida xalq hayotining qanday bo`lganligini o`rganish uchun muhim
manba bo`ladi.
“Vasiqalar to`plami”dagi hujjatlarda esa meros mulkni taqsimlash, bolalarni
hunar o`rganish uchun shogirdlikka berish, korxonalar, savdo do`konlari, yer-suv
hamda uy-joy, mol-mulkni sotish, sotib olish yoki ijaraga berish, qullar mehnatidan
foydalanish, qullarni ozod etish, taloq, sulh kabi munosabatlar o`sha davr huquqni
nazorat etuvchi mutasaddilari – qozilar tomonidan tasdiqlangan.
Amir Temur tuzgan qudratli davlat o`rta asrlar ilm-fani, adabiyoti va san’ati
rivojiga katta yo`l ochgani barchaga ayon. Amir Temur va uning avlodlari tomonidan
boshqarilgan yurtlarda davlat ishlari turkiy (o`zbek) tilda yuritilgan. Bunga, ayniqsa,
Husayn Boyqaro hukmronligi davrida alohida e’tibor bilan qaralgan. Ularning bu
an’analari keyingi asrlarda Buxoro, Qo`qon, Xiva xonliklari tomonidan
takomillashtirilib, rivojlantira borildi. Afsuski, XIX asrning oxiri XX asrning
boshlaridan e’tiboran ko`p asrlar davomida shakllantirilib, rivojlantirilgan bu
an’analar davom ettirilmay to`xtatib qo`yildi.
Markaziy Osiyo, shu jumladan, O`rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan
bosib olinishi bilan butun mamlakatdagi boshqaruv-nazorat organlarida barcha
hujjatlar rus tilida yuritiladigan bo`ldi. Mustabid tuzumga qarshi qaratilgan 1917-yil
oktabr to`ntarishi ham bu sohada jiddiy o`zgarishlar bo`lishiga olib kelmadi. 1924-
yilga kelib sobiq sho`rolar davlati tarkibida O`zbekiston Respublikasi tashkil topdi.
Shu yilning 31-dekabrida O`zbekiston Respublikasi inqilobiy komiteti “Ishlarni
o`zbek tilida yurgizish hamda O`zbekiston jumhuriyatining inqilobiy komiteti
huzurida markaziy yerlashtirish hay’ati va mahallalarda muzofot yerlashtirish
hay’atlari tuzilishi to`g`risida” 48-raqamli qaror qabul qildi. Unda hukumat,
kooperativ, xo`jalik idoralari, muassasa, tashkilot va korxonalarda butun yozuv
ishlarini faqat o`zbek tilida yurgizishga majbur etish vazifasi qo`yilgan edi.
1928-yilga kelib “Davlat idoralarini o`zbeklashtirish” hamda “O`zbekiston
Respublikasida idora, korxona va tashkilotlari ishchi xodimlarini o`zbek tiliga
majburiy o`rgatish to`g`risida” ikkita tarixiy qaror qabul qilinadi. Ularda davlat
idoralarini o`zbeklashtirish Markaziy Komissiyasiga idoralarda ish yuritish
hujjatlarini mahalliy va rus tiliga o`tkazish, idoralarni asta-sekin ikki tilni biladigan
xodimlar bilan to`ldirish, o`zbek tilini o`rganish uchun bir, ikki, uch yillik to`garaklar
tashkil etish vazifasi yuklatilgan edi. Idora va muassasalarga 1929-yil 1-oktabrdan
boshlab o`zbek tilini bilmaydigan xodimlarni ishga olmaslik, o`zbek tilini
mensimagan yoki unga nisbatan g`ayri munosabatda bo`ladiganlarni o`zbek tilini
biladigan xodimlar bilan almashtirish huquqi berilgan edi.
1931-yili O`zR Markaziy Ijroiya Qo`mitasi va Xalq Komissarlari Soveti
tomonidan idoralarni o`zbeklashtirish to`g`risida yana bir qaror qabul qilinib, unda
1933-yil 1-aprelgacha butun O`zbekiston bo`ylab o`ta muhim bu ishni tugallash
belgilangan edi. Ming afsuski, qisqa muddat ichida ketma-ket qabul qilingan bu
qarorlarning birortasi ham hayotga tatbiq etilmasdan qog`ozlarda qolib ketdi.
Mamlakatda nafaqat ziyolilar, balki ozgina mustaqil fikrlashi mumkin bo`lgan
dehqon-u ishchilarga qarshi qaratilib, takror-takror o`tkazilgan qatag`on qirg`inlari,
mash’um ikkinchi jahon urushi, millionlab begunoh insonlar yostig`ini quritgan
shaxsga sig`inish davri, talon-tarojliklar avjiga chiqqan turg`unlik yillari sobiq
shurolar davlati tarkibida bo`lgan, nomigagina teng huquqli hisoblangan
24
respublikalarning milliy tillariga bo`lgan eskicha – o`gay munosabatlarni
mustahkamlab keldi, xolos. Hujjatlarning “bepoyon yurt”ning barcha nuqtalarida
faqat rus tilida yuritilishi, qariyb 130 yil davomida hukm surgan mustamlakachilik
munosabatlari va tazyiqlar natijasida o`zbeklar yurtida asrlar davomida shakllangan
ish yuritish va hujjatchilik sohasida uzilish yuz berishiga olib keldi. Ish yuritish
borasidagi an’analar davom etmay qoldi. Eng achinarlisi, o`zbek tili o`z nomi bilan
ataladigan respublikada bir chekkaga surib qo`yildi. Rus tilini bilish baynalmilallik
belgisi qilib qo`yilgani holda o`zbek tilini bilish, unda gapirishni talab etish esa
millatchilik deb hisoblanadigan darajaga yetdi. Natijada nafaqat og`zaki nutqimizda,
hatto adabiy tilimizda ham spravka, akt, protokol, instruksiya, dogovor,
avtobiografiya, otchot, raport, xarakteristika, rekomendatsiya, retsenziya kabi ish
yuritish va hujjatchilikka oid ko`plab atamalarning qo`llanishi odatiy holga aylandi.
Xayriyatki, 1989-yil 21-oktabrda istiqlol sari tashlangan dadil qadam sifatida
O`zbekiston Respublikasining 30 moddadan iborat “Davlat tili haqida”gi tarixiy
qonuni qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasining 1991-yil 31-avgustda mustaqil
davlat deb e’lon qilinishi qaddimizni bukib kelgan barcha tahqir va tazyiqlardan ozod
etdi. “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kun – 21-oktabr o`zbek tili bayrami
kuni deb e’lon qilindi va har yili boshqa bayramlar qatori yuqori ko`tarinkilik bilan
nishonlanib kelinmoqda.
Mazkur tarixiy qonun qabul qilingan paytda O`zbekiston Respublikasi hali
sobiq sho`rolar davlati tarkibida bo`lib, birgina qonun qabul qilish bilan o`zbek
tilining mamlakat ichida va undan tashqaridagi obro`-e’tibori, xalqaro mavqeyini
tezdan tiklash qiyin edi. Shuningdek, mazkur qonunda o`zbek tili bilan bir qatorda
rus tiliga ham millatlararo muomala tili sifatida bir talay imtiyozlar ham berilgan
ediki, bu hol ham o`zbek tilining davlat tili sifatida keng miqyosda qo`llanishiga
biroz bo`lsa-da, soya tashlar edi. Shuning uchun ham istiqlolga erishilgach, qonun
qayta ishlanib, davr talabidan ortda qolayotgan moddalar yangilari bilan almashtirildi,
mustaqil davlat hayotiga mos keluvchi yangi tahrirda 1995-yil 21-dekabrda qabul
qilindi. Avvalgi qonun 30 moddadan iborat bo`lgan bo`lsa, yangi tahrirdan so`ng u 24
moddaga keltirildi. Qonunning 1-moddasidayoq “O`zbekiston Respublikasining
davlat tili o`zbek tilidir” deyilgan (1, 8-b.). Mazkur moddaning o`ziyoq
respublikamizda ish yuritish – hujjatlar bilan bog`liq barcha ishlarning davlat tilida
olib borilishi lozimligini talab etadi. Bu esa O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 4-moddasi bilan hamohang bo`lib, unda shunday deyilgan:
“O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir. O`zbekiston Respublikasi o`z
hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari hurmat
qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi” (5, 8-b.).
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-sentabrdagi
311-sonli qarori bilan “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining
amalga oshirilishini ta’minlash Davlat dasturi o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan
yangi tahrirda tasdiqlandi. Davlat dasturiga asoslanib O`zbekiston Respublikasi Oliy
va o`rta maxsus ta’lim vazirligi 1996-yil 14-noyabrda O`zbekiston Respublikasining
“Davlat tili haqida” (yangi tahrirda)gi Qonunini bajarish tadbirlari to`g`risida 267-
sonli buyruq chiqardi. Unda o`quv yurtlarida xodimlar va talabalar uchun “Davlat
tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” kurslarini 1997-yildan e’tiboran
doimiy ravishda tashkil etish qat’iy qilib qo`yildi. Shu yildan boshlab Davlat dasturi
25
hamda vazirlikning tegishli buyruqlari asosida oliy o`quv yurtlari talabalariga mazkur
kursdan amaliy mashg`ulotlar o`tib kelinmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, Davlat dasturi, Oliy
va o`rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug`i asosida o`quv jarayoniga tatbiq etib
kelinayotgan mazkur kurs “Davlat tili haqida”gi qonunning quyidagi moddalariga
tayanadi:
7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o`zbek adabiy tilining
amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi.
Davlat o`zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu
jumladan unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni
joriy etish hisobiga ta’minlaydi.
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy
Majlis tegishli qo`mitasining roziligi bilan o`zbek tiliga joriy etiladi.
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida
yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi.
10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish
yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi,
ishlovchilarning ko`pchiligi o`zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir
qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin (1, 16-22-b.).
Ma’lumki, eng kichik, quyi, boshlang`ich tashkilotlardan tortib, davlatning oliy
organlarigacha hujjatlarga tayanib, ish yuritadi. Yaqin vaqtlargacha hujjatlar asosan
rus tilida rasmiylashtirilar edi. O`zbek tilida esa ayrim hujjatlargina yuritilar, ular
ham rus tilidagi hujjatlar andozasiga asoslangan bo`lib, milliylikdan yiroq edi.
Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalarda
yuritiladigan
hujjatlar
o`zbek
tili
qonun-qoidalariga
mos
ravishda
rasmiylashtirilmoqda. Oliy o`quv yurtlarini bitirib chiqayotgan yosh mutaxassislar
o`zlari ishga boradigan mehnat jamoalarida ish qog`ozlari, hujjatlarning mantiqiy
to`g`ri yozilishi yoki to`g`ri to`ldirilishi, ishoraviy, imloviy, uslubiy xatolarsiz, davr
talabiga javob beradigan tarzda rasmiylashtirilishiga yaqindan ko`maklashishlari
lozim. Buning uchun esa bitiruvchi talabalarimiz nafaqat hujjatlar bo`yicha, balki
yangi alifbo va imlo qoidalari bo`yicha ham yetarlicha tushunchaga ega bo`lishlari
talab etiladi.
TOPSHIRIQLAR
1. O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”, “Lotin yozuviga asoslangan
o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi qonunlarini o`qing.
2. “Davlat tili haqida”gi qonunning moddalari va ularning hayotga tatbiq etilishi
bo`yicha fikrlaringizni yozma bayon eting.
3. O`zingiz yashayotgan hudud, tahsil olayotgan o`quv yurtingizda ish yuritish
qay holatda ekanligi to`g`risidagi fikrlaringizni yozma bayon eting.
ADABIYOTLAR
1. Абдумажидов £. “Ўзбекистон Республикасининг давлaт тили ҳақида”ги
қонунига шарҳлар. – Тошкент: Адолат, 1999.
2. Аминов М., Мадвалиев А., Маҳкамов Н., Маҳмудов Н. Иш юритиш.
Амалий қўлланма. – Тошкент: ЎзМЭ, 2000.
3. Исҳоқов М. Унутилган подшоликдан хатлар. – Тошкент: ФАН, 1992.
26
4. Васиқалар тўплами. XVI асрнинг иккинчи ярми Самарқанд областидаги
юридик документлар. – Тошкент: ФАН, 1982.
5. Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Тошкент: Ўзбекистон,
1999.
6. Содиқов, Уйғур ёзуви тарихи. – Тошкент: Маънавият, 1997.
Dostları ilə paylaş: |