Фирменная бланка


Elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarining muhofaza zonalari quyidagicha o‘rnatiladi



Yüklə 321,91 Kb.
səhifə8/26
tarix28.11.2023
ölçüsü321,91 Kb.
#168861
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
DENOV TET TEXNIK XULOSA 2023 yil

Elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarining muhofaza zonalari quyidagicha o‘rnatiladi:
a) elektr uzatish havo liniyalari bo‘ylab - chetdagi simlardan, ularning og‘magan holatida elektr uzatish liniyasining ikkala tomoni bo‘ylab (havo elektr uzatish liniyasi tayanchi balandligiga mos bo‘lgan balandlikdagi) quyidagi masofadagi parallel vertikal tekisliklar bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo makoni qismi ko‘rinishida kuchlanishi:
- bir kilovoltgacha kuchlanishli liniyalar uchun - 2 metr (binolarning devorlari, konstruksiyalar va hokazalar bo‘ylab o‘tkazilgan o‘zini o‘zi tutib turuvchi yoki izolyasiyalangan simli liniyalar uchun muhofaza zonasi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq o‘rnatilgan bunday liniyalardan ruxsat etilgan minimal masofalar bilan aniqlanadi);
- 20 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun - 10 metr (aholi punktlari chegaralarida joylashgan o‘zini o‘zi tutib turuvchi yoki izolyasiyalangan simli liniyalar uchun 5 metr);
- 35 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun - 15 metr etib belgilanganligini e’tiborga olib, “Xavfsizlik texnikasi” qoidalariga rioya qilgan holda, Denov tuman elektr ta’minoti korxonasidan mutaxassis so‘ralishi talab etiladi;
3. Sarflangan elektr energiyasini hisob-kitob qilish uchun “Uzstandart” ning sertifikatiga ega bo‘lgan elektr energiyasi iste’molini hisobga olish ASKUE tizimi va birga mos ishlay oladigan elektron hisobga olish priborlari, maxsus jihozlangan shitlar ichida mansublik chegarasida o‘rnatilsin va elektr energiyasi iste’moli haqidagi ma’lumotlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali bazasiga chiqarilsin. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.06.2009 yildagi 150-sonli qarori asosida).
4. Elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun bajarilgan sxema, “Elektr energiyasi” GOST–13109-97 talabilariga mos ravishda bo‘lishi talab etiladi;
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 05-iyundagi №2343-sonli qaroriga asosan elektr energiyasini tejaydigan svetodiod lampalar va priborlar o‘rnatilishi talab etiladi;
6. Rekonstruksiya qilinayotgan va qo’shimch qurilayotgan 29-sonli MTT binosi elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 10 kVli havo elektr uzatish tarmog‘i qurish, quvvat markazida etarli quvvatda 10/0,4 kVli transformator punkti o‘rnatilsin, TPning turi va transformatorning quvvati loyiha asosida aniqlansin;
7. Elektr ta’minoti mustahkamligini ta’minlash maqsadida iste’mol quvvatiga mos keladigan 0,4 kVli DES o‘rnatilishi tavsiya etiladi. 0,4 kVli DESning quvvati loyiha asosida aniqlansin;
8. Loyihalash, qurilish montaj ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi 256-sonli qarori asosida amalga oshirilsin;
9. Qurilish ishlari boshlanishidan oldin Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinib, elektr energiyasi tarmog‘iga ulanib, ta’mirlash va qurilish ishlari olib borish uchun TEXNIK SHART olinishi talab etiladi.

Yüklə 321,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin