Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi



Yüklə 265,52 Kb.
səhifə2/20
tarix09.06.2023
ölçüsü265,52 Kb.
#127856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Fiskal siyosat, Asalxon G\'ulomova

Kurs ishining maqsadi. Kurs ishining maqsadi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda davlat fiskal siyosatining ahamiyatini o’rganish va xulosalar berishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
-Pul bozori. Pul bozorida muvozanatning mazmun mohiyati va ahamiyatini o'rganish;
-Pul bozori. Pul bozorida muvozanatning tashkiliy-huquqiy asoslarini o’rganish soliq siyosatini amalga oshirish holatini tahlil qilish;
Kurs ishining predmeti sifatida O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi hamda davlat byudjet daromadlarini shakllantirish jarayonida hamda xarajatlardan samarali foydalanishda jarayonida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi.
Kurs ishining obyekti sifatida O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi hamda davlat byudjetining faoliyati belgilab olindi.
Kurs ishining nazariy-amaliy ahamiyati. Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda davlat fiskal siyosatini ahamiyatini oshirish masalalarini o'rganish natijasida tadqiqot yuzasidan erishilgan yutuqlardan talabalar kelgusi ishlarida foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tarkibi. Kurs ishi kirish, 4 ta asosiy qisim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
1. Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy dastaklari

Fiskal” lotincha “fiscus” so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni bildiradi..
Davlatning fiskal siyosati siklik tebranishlarni bir maromga keltirish va yuqori bandlik hamda past inflyasiya sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliqqa tortish va davlat xarajatlarini tartibga solishga qaratilgan.

Davlat fiskal siyosati - bu davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tarkibiy qismini o‘zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta’sir qilishni anglatadi.
Fiskal siyosat rag‘batlantiruvchi yoki turg‘un tavsifga ega bo‘lishi mumkin. Rag‘batlantiruvchi fiskal siyosati (fiskal ekspansiya) qisqa davrda davlat sarflarini ko‘paytirish, soliqlar stavkalarini pasaytirish yoki bu choralarni o‘zaro uyg‘unlashtirish yo‘li bilan siklik tanazzulni engib o‘tish maqsadida ishchan iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. Uzoq davrda soliq stavkalari pasayishi iqtisodiy o‘sish sur’atining barqaror jadallashuvi va iqtisodiy salohiyatning mustahkamlanishiga olib kelishi mumkin.
Yuqorida aniqlangan fiskal siyosat diskretsion (yoki faol) xisoblanadi. Odatda u prezidentning iqtisodiy maslaxatchilari kengashi tavsiyasi bilan yuritiladi. Bu prezident tomonidan iqtisodiy masalalarda yordam berish va ularni tekshirish uchun tayinlangan uch iqtisodchi guruhning iqtisodiy echimlari taklifidan kelib chiqib belgilanadi. Hokimiyat chiqimlari va soliqlaridagi diskretsion o‘zgarishlar federal hokimiyat qaramog‘ida bo‘lib, ular avtamatik ravishda ro‘y bermaydi. Kongres faoliyatisiz yuzaga keladigan o‘zgarishlar nodiskretsion (yoki “passiv” yoki “avtomatik”), xisoblanadi1.
Davlatning, turg‘un fiskal siyosati (fiskal restriksiya) qisqa davrda iqtisodiyotning “qizib ketish”ni bartaraf etish maqsadiga ega bo‘ladi. U davlat xarajatlarini taqazo etib iqtisodiy o‘sish va talab inflyasiyasi sur’atini pasaytirishga imkon beradi.

Yüklə 265,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin