Korxonalar foydasiga soliq. Xuquqiy shaxslarning sof foydasidan olinadi;
Ijtimoiy to‘lovlar - har xil byudjetdan tashqari fondlarga (ishsizlik, pensiya va h.k) yo‘naltiriladi, qisman ishlovchilar va korxonalar mablag‘lari hisobiga shakllantiriladi;
Mol-mulk soliqlari. Mulkdan, merosdan va hadya qilingan mablag‘ hamda boyliklardan olinadi;
Tovar va xizmatlarga soliqlar. Bunga boj to‘lovlari va aksizlar, shuningdek qo‘shilgan qiymat soliqlari kiradi.
Soliq tizimida quyidagi asosiy prinsiplarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchidan, soliq stavkasi darajasi soliq to‘lovchilarning iqtisodiy imkoniyatlaridan ya’ni ularning daromadlari darajasidan kelib chiqib belgilanishi zarur. Chunki turli xuquqiy va jismoniy shaxslarning iqtisodiy imkoniyatlari bir xil emas, ular uchun soliq stavkasi tabaqalashtirilgan tartibda belgilanishi kerak, shuning uchun daromadlardan olinadigan soliqlar progressiv (o‘sib boruvchi) xarakterga ega bo‘lish zarur;
Ikkinchidan, soliqqa tortish bir martalik tavsifga ega bo‘lishi zarur, aks holda bu tovar narxi asoslanmagan xolda oshirilishiga sabab bo‘lishi bilan birga, mahsulotning raqobatbardoshligini pasaytiradi. Boshqa tomondan tadbirkorlarning iqtisodiy faollik ko‘rsatishidan manfaatdorligini susaytiradi. Bu erda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqaruvchining sotishdan olingan butun pul tushumdan emas, balki ular tomonidan qo‘shilgan qiymatdan soliq undirish alohida ahamiyatga ega.
Uchinchidan, soliq to‘lovining majburiyligi. Bunda milliy iqtisodiyotdagi soliq tizimi soliq to‘lovchida bunday to‘lovning muqarrarligi to‘g‘risida shubha uyg‘otmasligi zarur. Jarima tizimi ham shunday bo‘lishi kerakki, bunda soliq to‘lovchilarga to‘lanmagan yoki o‘z vaqtida bajarilmagan soliq majburiyatlariga qaraganda ana katta miqdorni tashkil qilsin;