Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi


Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/29
tarix12.01.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#79026
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi

468 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
aholining pul daromadlari darajasiga bevosita ta’sir 
qiladi, shu bilan birga, davlat daromadlardan yanada maqsadga muvofiq 
foydalanish uchun rag‘batlantiruvchi omil sifatida soliqni ishga soladi. Daromad 
solig‘i tufayli daromadlarning, avvalo, yuqori daromadlarning bir qismi aholining 
qo‘shimcha mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan toifalari foydasiga, qolaversa, jamiyat 
manfaatlari yo‘lida qayta taqsimlanadi. SHu orqali jismoniy shaxslar 
daromadlaridagi nomutonosiblik darajasining sezilarli darajada qisqarishi yuz 
beradi.
Aholi va davlat o‘rtasidagi soliq munosabatlarining uyg‘unlashuvi soliq 
vositasi orqali ta’minlanadi. Davlat bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida soliqqa 
tortishning makroiqtisodiy vositasi orqali aholining daromadlarini qayta 
taqsimlashda tartibga soluvchilik va rag‘batlantiruvchilik vazifasini bajarar ekan, 
avvalo, aholining daromadlaridan kelib chiqqan holda, oqilona tartibga solib 
borishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ma’lumki, 
O‘zbekistonda 
jismoniy 
shaxslar 
daromad 
solig‘ini 
takomillashtirishda ularning stavkasini kamaytirib borish siyosati olib borilmoqda. 
1998 yilda jismoniy shaxslar daromad solig‘ining yuqori stavkasi 45 foiz bo‘lgani 
holda, quyi stavkasi 15 foiz, 2007 yilda ushbu soliqning yuqori stavkasi 25 foiz, 
quyi stavkasi 13 foiz, 2015 yilda soliqning yuqori stavkasi 23 foiz, quyi stavkasi 
esa 8,5 foiz miqdorida belgilangan. 2016 yildan boshlab, jismoniy shaxslarning 
daromadlari 4 pog‘onali stavka orqali soliqqa tortiladigan bo‘ldi, ya’ni 23;17;7,5 
va "nol" (6-rasm). Bunda bir minimal ish haqigacha nollik stavkani qo‘llash orqali 
kam ish haqi oladigan aholining real daromadlarini oshirish ko‘zda tutilgan.
38 
35 
33 
31 
26 
24 
20 
18 
15 
12 
10 
9 8 
7,5 
0
5
10
15
20
25
30
35
40

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin