Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi .
468
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
aholining pul daromadlari darajasiga bevosita ta’sir
qiladi, shu bilan birga, davlat daromadlardan yanada maqsadga muvofiq
foydalanish uchun rag‘batlantiruvchi omil sifatida soliqni ishga soladi. Daromad
solig‘i tufayli daromadlarning, avvalo, yuqori daromadlarning bir qismi aholining
qo‘shimcha mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan toifalari foydasiga, qolaversa, jamiyat
manfaatlari yo‘lida qayta taqsimlanadi. SHu orqali jismoniy shaxslar
daromadlaridagi nomutonosiblik darajasining sezilarli darajada qisqarishi yuz
beradi.
Aholi va davlat o‘rtasidagi soliq munosabatlarining uyg‘unlashuvi soliq
vositasi orqali ta’minlanadi. Davlat bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida soliqqa
tortishning makroiqtisodiy vositasi orqali aholining daromadlarini qayta
taqsimlashda tartibga soluvchilik va rag‘batlantiruvchilik vazifasini bajarar ekan,
avvalo, aholining daromadlaridan kelib chiqqan holda, oqilona tartibga solib
borishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ma’lumki,
O‘zbekistonda
jismoniy
shaxslar
daromad
solig‘ini
takomillashtirishda ularning stavkasini kamaytirib borish siyosati olib borilmoqda.
1998 yilda jismoniy shaxslar daromad solig‘ining yuqori stavkasi 45 foiz bo‘lgani
holda, quyi stavkasi 15 foiz, 2007 yilda ushbu soliqning yuqori stavkasi 25 foiz,
quyi stavkasi 13 foiz, 2015 yilda soliqning yuqori stavkasi 23 foiz, quyi stavkasi
esa 8,5 foiz miqdorida belgilangan. 2016 yildan boshlab, jismoniy shaxslarning
daromadlari 4 pog‘onali stavka orqali soliqqa tortiladigan bo‘ldi, ya’ni 23;17;7,5
va "nol" (6-rasm). Bunda bir minimal ish haqigacha nollik stavkani qo‘llash orqali
kam ish haqi oladigan aholining real daromadlarini oshirish ko‘zda tutilgan.
38
35
33
31
26
24
20
18
15
12
10
9 8
7,5
0
5
10
15
20
25
30
35
40