Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
.
450
munosabatlarni tartibga solishning zaruriy tarkibiy qismi va jamiyat rivojlanishini
taqazo qiladigan talablaridan biri bo‘lib kelgan. Davlatning iqtisodiy siyosatiga
mos ravishda moliyaviy siyosat dastaklari o‘zgarib va to‘xtovsiz
takomillashib
borgan.
Davlat fiskal siyosati – bu davlat
byudjeti daromadlari va
xarajatlari tarkibiy
qismini
o‘zgartirish
orqali
milliy
iqtisodiyotga ta’sir qilishni anglatadi.
“Fiskal” lotincha
“fiscus” so‘zidan
olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni
bildiradi. Bu o‘z navbatida “xazina
siyosati” degan tushunchani ham yuzaga
keltiradi. Fiskal, ya’ni
xazina siyosatiga
insoniyat tarixida o‘tgan yirik davlat
arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk
saltanat barpo
qilgan Amir Temur katta
e’tibor qilgan. U davlatni idora qilish
tizimini yuzaga keltirishda asosan xazinani
to‘ldiruvchi soliqlarga tayangan.
Bu
davrning
moliyasi
iqtisodiy
tizimning
eng muhim unsurlaridan biri
bo‘lib, u davlat boshqaruvida markaziy o‘rinni egallagan. Ammo, moliyaviy
munosabatlar bu davrda o‘z rivojida yuqori darajaga etmagan bo‘lib, u aholi soliq
to‘loviga nisbatan faqat o‘z mohiyatini xazinada topgan. Xazina har qanday
tizimda ham davlatni boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qilgan.
Shu bois “Temur tuzuklari”da “davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina
va lashkar bilan tirikdir. Dono vazir bularning uchalasini yaxshi ahvolda saranjom
tutadi”, - degan fikr ilgari suriladi.
Fiskal siyosatdan iqtisodiyotni tartibga solish
va uning muvozanatligini
ta’minlash dastagi sifatida foydalanish haqidagi fikr ingliz iqtisodchisi
D.M.Keynsga mansubdir
2
. U jamiyat taraqqiyot darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarning 3 guruhini ajratib ko‘rsatib, birinchi guruhga: ishchi kuchining miqdori
va
malaka
darajasi,
mavjud
uskunalar soni va
sifati, tadbiq etiladigan
texnologiya, raqobatning
etuklik
darajasi,
iste’molchining
didi va
odatlari, turli jadallikdagi
mehnatning
og‘irligi,
nazorat
va
ishlab
chiqarishni
tashkil
2
Keyns D.M. “Obshaya teoriya zanyatosti, protsenta i deneg”-M.:Progress. 1978. Str. 449