Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi .
454
Fiskal siyosat, uning maqsadi va amalga oshirishning iqtisodiy dastaklari Nediskretsion fiskal siyosat deyilganda, soliq tizimining mustaqil barqarorlashtiruvchi bir qator layoqatlari, ya’ni uning mamlakatdagi iqtisodiy faollikni qandaydir boshqaruvchi organlarning bevosita aralashuvlarsiz tartibga solish imkoniyatini beruvchi ayrim xususiyatlari tushuniladi. Ishlab chiqarishning birdaniga va tez o‘sish holatini yumshatish uchun byudjet daromadlar qismining xarajatlar qismiga nisbatan ortiqcha bo‘lishi zarur. Boshqa tomondan yondashilsa, bunday “yumshatish” uchun aksincha, byudjet kamomadi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunday ekan, iqtisodiyotni tartibga solishni faqat avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi vositalar yordamida amalga oshirish mumkin emas, shu sababli davlatning diskretsion siyosati bunga zaruriy to‘ldiruvchi hisoblanadi. Diskretsion fiskal siyosat – bu milliy ishlab chiqarish real hajmini o‘zgartirish, bandlik darajasini ushlab turish va inflyasiya ustidan nazorat o‘rnatish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliqlar bilan birga, davlat xarajatlarini ongli ravishda manipulyasiya qilish tushuniladi. Diskretsion fiskal siyosatning asosiy dastaklari quyidagilar hisoblanadi: - Davlat sarflari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy ishlar va boshqa dasturlari; Namoyon bo’lish Fiskal at - Iqtisodiy tsikl tebranishlarni yumshatish
- Iqtisodiy o’sish sur’atlarini barqarorlashtirish
- Yuqori bandlik darajasiga erishish
Asosiy maqs - Davlat xarajatlari
- Soliqlar