Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi


Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/29
tarix12.01.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#79026
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
 
Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi 
Moliya va moliyaviy munosabatlarning vujudga kelish 
tarixi insoniyat jamiyati rivoji bilan bog‘liq bo‘lib, ming yillar avval paydo 
bo‘lgan. Qadimgi Bobil davlatida amal qilgan Xamurapi qonunlari yoki Qadimgi 
Xindistonning Manu qonunlari, Xitoy, Yunoniston yoki Turon, Rim imperiyasi 
qonunlarining barchasida boj-xiroj, soliqlar to‘plash, davlat xazinasi hisob-kitobi 
kabi masalalar o‘z aksini topgan. Ularda jamiyat hayotida mustahkam o‘rin tutgan 
pul hisob-kitobi bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarga katta ahamiyat berilgan. 
CHunki moliya sohasida, soliq-boj sohasida to‘g‘ri siyosat yuritilishi jamiyat 
taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan. 
Sohibqiron Amir Temur o‘z tuzuklarida: “Amr etdimki, raiyatdan mol-hiroj 
yig‘ishda ularni og‘ir ahvolga solishdan yosh mamlakatni qashshoqlikka tushirib 
5
Economics : principles, problems, and policies / Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue.– 17th ed. P-209 
1 – savol
 


Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi

457 
qo‘yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni 
xonavayron 
qilish 
davlat 
xazinasining 
kambag‘allashishiga 
olib 
keladi” 
deya 
soliqlarning, moliyaning davlat va jamiyat 
hayotida muxim ahamiyatga egaligini ta’kidlab 
o‘tgan. 
Shunday qilib, uzoq o‘tmishda va hozirda 
ham, 
xarqanday 
mamlakatda, 
moliyaviy 
munosabatlar ko‘p qirrali bo‘lib, iqtisodiy 
munosabatlarning muhim tarkibiy qismini tashkil 
qiladi. Chunki iqtisodiy subektlar o‘rtasida 
yuzaga keluvchi pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining zarur tarkibi hisoblanadi. 
Bu munosabatlar tizimida moliya munosabatlari alohida muhim o‘rin egallaydi. 
Moliya – bu turli darajada markazlashgan 
pul fondlari vositasida iqtisodiyot subektlari pul 
daromadlarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan 
foydalanish bo‘yicha vujudga keladigan iqtisodiy 
munosabatlardir. Boshqacha qilib aytganda, moliya 
iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‘laridan 
foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan 
bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimi bo‘lib, uning 
vositasida turli darajada pul fondlari vujudga 
keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish extiyojlari va 
boshqa ijtimoiy extiyojlarni qondirish maqsadida 
taqsimlanadi. 
Korxonalar, uy xo‘jaliklari va davlat moliyaviy 
munosabatlar pul va unga tenglashtirrilgan moliyaviy 
aktivlar uning subektlari hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda – moliyaning boshqa pul 
munosabatlaridan farqlab turuvchi belgilari mavjud 
bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi: 
1. 
Iqtisodiy munosabatlar pulning xarakati 
bilan tavsiflanishi; 
2. 
Moliya munosabatlarining taqsimlovchilik tavsifga egaligi; 
3. 
Moliya munosabatlarning fond tavsifga (YaIM taqsimoti pul fondlari 
orqali amalga oshiriladi) ega bo‘lishi. 
Moliyaning moxiyati uning vazifalarida to‘laroq namoyon bo‘ladi. Bular, 
moliyaviy resurslarni jalb qilish, nazorat qilish, rag‘batlantirish va taqsimlash 
vazifalaridir. 
1. 
Moliyaviy resurslarni jalb qilish vazifasi shunda ko‘rinadiki, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan 
resurslarni markazlashgan tartibda to‘planishiga harakat qiladi. 
2. Davlat moliyaviy dastak va vositalar yordamida ishlab chiqarish, 
iqtisodiyotda yaratilgan mahsulotni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol ustidan 
nazorat o‘rnatadi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larining moliya intizomiga 
1.
Iqtisodiy 
munosabatlar 
pulning xarakati 
bilan tavsiflanishi; 
2.
Moliya 
munosabatlarining 
taqsimlovchilik 
tavsifga egaligi; 
3.
Moliya 
munosabatlarning 
fond 
tavsifga
(YAIM 
taqsimoti 
pul fondlari orqali 
amalga oshiriladi) 
ega bo‘lishi. 



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin