Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi


Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/29
tarix12.01.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#79026
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi

458 
rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‘lishi, 
turli soliqlar undirib olish va mablag‘ bilan 
ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. 
Davlat moliya vositasida zimmasiga 
yuklatilgan vazifalar doirasida, iqtisodiyot 
subektlar tasarrufiga moliyaviy mablag‘lar 
qanchalik o‘z vaqtida tushayotganligi, 
shuningdek, 
ulardan 
foydalanish 
samaradorligini nazorat qiladi; 
3. Moliyaning taqsimlash vazifasi 
aniq iqtisodiy vaziyatda jamg‘arish va 
iste’molni optimallashtirish maqsadida milliy 
daromadning 
taqsimlanishi 
va 
qayta 
taqsimlanishini ta’minlashda namoyon bo‘ladi. Bu real ishlab chiqarish sohalarida 
yaratilgan yalpi mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadini tashkil qiluvchi 
qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, 
iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari, mamlakat xududlari o‘rtasida 
taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Bunda milliy daromadning bir 
qismi korxona va aholi daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona 
to‘lovlari, aksiz yig‘inlari kabilar orqali davlat byudjetida to‘planadi. Davlat
to‘plangan milliy daromadning katta qismini moliyaviy vositalar orqali aholining 
ijtimoiy madaniy ehtiyojlariga (uy-joy qurilish, tibbiyot xizmati, maorif, nafaqa, 
stipendiya va shu kabilarga), daromadlar darajasini ushlab turishga, milliy 
mudofaga, atrof muhitni muhofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi. 
Shuni aytish lozimki, moliyaviy munosabatlar tizimida davlat moliyasi 
alohida o‘rin tutadi. Bunda nafaqat davlat, balki xususiy sektor korxonalari 
daromadining bir qismini undirish yo‘li bilan davlat pul fondlarini shakllantiradi.
4. Moliya iqtisodiy jarayonlarni, turli tadbirlarni moliyalash va unga xizmat 
ko‘rsatish vazifasini ham bajaradi; 
5. Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan 
maxsulot qiymatini taqsimlash jarayonida, ikkinchidan, foizli daromadlarni tashkil 
qilish va taqdim qilish mexanizmi vositasida amalga oshiriladi. Ikki xolda ham 
moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning pirovard natijasiga, mahsulot 
sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
6. Ijtimoiy ximoyalash ham moliya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ma’lumki, 
axolining muhtoj qatlamlari qariyalar, nogironlar, kam daromadli oilalar o‘z 
tirikchiligini yuritishni minimal darajada ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. 
Ijtimoiy himoyalash esa ularni moliyaviy ta’minlash, boshqacha aytganda, 
moliyaviy kafolatlashni talab etadi. Bu asosan davlat moliyasi yordamida amalga 
oshiriladi. Davlat maxsus fondlar tashkil etib, bunday himoyalashni tizimli amalga 
oshirib boradi. Ishsizlik nafaqalari, bolalar uchun nafaqa, nogironlar pensiyasi 
kabilar shular jumlasiga kiradi. 
Bundan tashqari ijtimoiy iste’mol orqali amalga oshadigan fondlar ham 
mavjud bo‘lib, bularga bepul tibbiy xizmat, maorif, atrof muhitni muhofazalash 
kabilar kiradi. 



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin