Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi .
467
O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
zimmasidagi soliq yukini kamaytirish quyidagi yo‘nalishlarda olib borildi:
asosiy soliq turlari bo‘yicha soliq stavkalarini pasaytirish;
iqtisodiyotning strategik tarmoq, sohalariga soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlardan imtiyozlar taqdim etish;
ayrim asosiy soliq turlarining soliq solish bazasidan korxonalar tomonidan
qilingan xarajatlarni chegirish.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan Davlat byudjetiga to‘lanadigan
asosiy soliq turlaridan biri hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig‘iga nazar soladigan bo‘lsak, uning stavkasi 1995 yilda 38 foizni tashkil etgani
holda 2000 yilda 31 foizni, 2005 yilda 15 foizni, 2010 yilda 9 foizni, 2014 yilda 8
foizni tashkil qilgan. 2015 yildan boshlab esa, uning asosiy stavkasi 7,5 foiz
miqdorida belgilangan (5-rasm). Demak, O‘zbekistonda korxonalar uchun asosiy
soliq turlaridan biri hisoblangan foyda solig‘i stavkasi mustaqillikning dastlabki
yillaridagiga nisbatan deyarli 6 barobarga kamaytirilgan. YUridik shaxslar
foydasini soliqqa tortish borasidagi xalqaro amaliyotga nazar tashlasak, aytish
mumkinki, hozirgi paytda O‘zbekiston yuridik shaxslar uchun foyda solig‘ining
juda past stavkasi qo‘llaniladigan sanoqli mamlakatlar qatoriga kiradi.
41,2
31,3
27,9
22,6 22 21,7 21,5
20,5 20 20
0
5
10
15
20
25
30
35
40
45
1991 1996 2000 2005 2010 2011 2012 2013 2014 2015
% O‘zbekistonda soliq yuki darajasining o‘zgarishi (YaIM
ga nisbatan
foizda)
1