Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi .
463
standartlashtirilgan byudjet defitsiti yildagi 0 dan (soliq darajasi qisqartirilishidan oldin) bir qancha ijobiy foizga 4 yilda [=( $25 billion /GDP 3) x100] ko‘tarildi. Bu ikki yil ichidagi to‘liq bandlik defitsiti nisbiy o‘lchamlari o‘sishi moliyaviy siyosatning rag‘batlantiruvchi siyosat ekanligini ko‘rsatadi. Bunga qarama qarshi agar biz standartlashtirilgan o defitsitni keying yildagi standartlashgan byudjet profitsiti ko‘rsak unda biz fiskal siyosatni cheklovchi turdagi deb xisoblashimiz mumkin. Standartlashtirilgan byudjet soliq kirimlaridagi avtomatik o‘zgarishlarni moslashtirilishi standartlashtirilgan byudjet profitsiti o‘sishi hukumat o‘z chiqimlarini kamaytirgani (G) yoki soliq kirimlarini oshirganini (T) bildiradi. Bu G va T dagi o‘zgarishlar biz cheklangan fiskal siyosat elementi deb aniqlagan yaqqol diskretsion faoliyatdir 6 . Soliqlar, ularning turlari va takomillashtirish vazifalari Soliqlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi:
Daromad (foyda) solig‘i. To‘lovchining yillik daromadidan chegiriladigan
qismi;
Korxonalar foydasiga soliq. Xuquqiy shaxslarning
sof foydasidan olinadi;
Ijtimoiy to‘lovlar - har xil byudjetdan tashqari
fondlarga (ishsizlik, pensiya va h.k) yo‘naltiriladi, qisman
ishlovchilar
va
korxonalar
mablag‘lari
hisobiga
shakllantiriladi;
Mol-mulk soliqlari. Mulkdan, merosdan va hadya
qilingan mablag‘ hamda boyliklardan olinadi;
Tovar va xizmatlarga soliqlar. Bunga boj to‘lovlari
va aksizlar, shuningdek qo‘shilgan qiymat soliqlari kiradi.
Soliq tizimida quyidagi asosiy prinsiplarini ajratib
ko‘rsatish mumkin.
Birinchidan, soliq stavkasi darajasi soliq to‘lovchilarning iqtisodiy
imkoniyatlaridan ya’ni ularning daromadlari darajasidan kelib chiqib belgilanishi
zarur. Chunki turli xuquqiy va jismoniy shaxslarning
iqtisodiy imkoniyatlari bir xil emas, ular uchun soliq
stavkasi tabaqalashtirilgan tartibda belgilanishi kerak,
shuning uchun daromadlardan olinadigan soliqlar
progressiv (o‘sib boruvchi) xarakterga ega bo‘lish
zarur;
Ikkinchidan, soliqqa tortish bir martalik
tavsifga ega bo‘lishi zarur, aks holda bu tovar narxi
asoslanmagan xolda oshirilishiga sabab bo‘lishi bilan
birga, mahsulotning raqobatbardoshligini pasaytiradi.
Boshqa tomondan tadbirkorlarning iqtisodiy faollik
ko‘rsatishidan manfaatdorligini susaytiradi. Bu erda
6
Economics : principles, problems, and policies / Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue.– 17th ed. P-214