Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi


 – savol  Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/29
tarix12.01.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#79026
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
4 – savol 


Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi

464 
shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqaruvchining sotishdan olingan butun pul 
tushumdan emas, balki ular tomonidan qo‘shilgan qiymatdan soliq undirish alohida 
ahamiyatga ega.
Uchinchidan, soliq to‘lovining majburiyligi. Bunda milliy iqtisodiyotdagi 
soliq tizimi soliq to‘lovchida bunday to‘lovning muqarrarligi to‘g‘risida shubha
uyg‘otmasligi zarur. Jarima tizimi ham shunday bo‘lishi kerakki, bunda soliq 
to‘lovchilarga to‘lanmagan yoki o‘z vaqtida bajarilmagan soliq majburiyatlariga 
qaraganda ana katta miqdorni tashkil qilsin; 
To‘rtinchidan, soliq to‘lov jarayoni soliq to‘lovchilarga oddiy, tushunarli va 
qulay, soliq yig‘uvchi tashkilotlar uchun tejamli bo‘lishi zarur; 
Beshinchidan, soliq tizimi iqtisodiyotda yaratilgan YaMMning samarali 
qayta taqsimlanishini ta’minlashi kerak. 
O‘zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish mamlakatda amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalariga mos kelishi zarur.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida umumiqtisodiy barqarorlikka erishish, 
moliyaviy barqarorlikni ta’minlash shu jumladan davlat byudjeti barqarorligini 
mumkin bo‘lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o‘z ichiga oladi. SHunga 
muvofiq moliya siyosati Respublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo‘l 
qo‘yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham 
moliya siyosatining asosiy vazifasi byudjet taqchilligini cheklash hisobiga 
iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun Respublika 
iqtisodiyotida zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali ishlab 
chiqarishning paspayishiga barham berish va iqtisodiy o‘sishga erishish eng asosiy 
maqsad deb qarab kelindi. 
Bunda soliq tizimi– xazinani to‘ldirish, qayta taqsimlash va rag‘batlantirish 
vazifalarini to‘la darajada bajarishi zarur. Soliqlarning birinchi vazifasi, davlat 
byudjeti daromad qismining eng muhim umumdavlat vazifalarini xal etish uchun 
zarur bo‘lgan miqdorda shakllanishini ta’minlashga qaratilishi lozim. Uning 
ikkinchi vazifasi, YaMMning bir qismini qayta taqsimlash va shu orqali iqtisodiyot 
tuzilishini o‘zgartirish, aholini ijtimoiy ximoyalash kafolatini ta’minlashda 
bevosita ishtirok etishdan iborat. Soliqlarning uchinchi vazifasi ishlab chiqarishni 
rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali 
foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishdir. 
Bu vazifalarni real bajarishi uchun amaldagi soliq tizimi bosqichma - bosqich 
isloh qilish talab qilinadi. 
Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil-korxonalar 
zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o‘z mablag‘larini ishlab 
chiqarishini rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma 
mablag‘larni to‘ldirishga sarflash imkoniyatini beradi 
Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishda daromad solig‘idan 
foydadan undirilgan soliqqa o‘tish ko‘zda tutiladiki, bu ishlab chiqarish va 
tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish imkoniyatini beradi. Foydaning ishlab 
chiqarishni kengaytirishga qaratilgan umumiy miqdori ko‘payishi bilan birga, ayni 
vaqtda ishlovchilar ish xaqini oshirish imkoniyati ham yaratiladi. Natijada faol 
mehnatni rag‘batlantiruvchi iqtisodiy muhit qaror topadi. 



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin