Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/29
tarix12.01.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#79026
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Birinchi bosqich 1991-1994 yillarni o‘z ichiga olib, bu 
bosqich soliq tizimining tashkil etilishi va soliqlarning fiskal 
funksiyasi yuqori ahamiyatga ega bo‘lganligi bilan ajralib turadi.
O‘zbekiston soliq tizimini yaratishda 1991 yil 15 fevralda 
qabul qilingan "Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan 
olinadigan soliqlar to‘g‘risida"gi qonun birinchi me’yoriy 
hujjatlardan bo‘ldi. Mazkur qonunda soliq tizimining tuzilishi va 
ishlashining umumiy asoslari ko‘rsatildi hamda amaliyotga joriy 
etilgan soliqlarni hisoblash va undirish tartibi belgilab berildi. 
Shu bilan birga, 1991 yil 15 fevralda "O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. Bu qonunga binoan 
soliq ob’ekti kengaytirildi, ya’ni ilgari daromad solig‘ini jamoa xo‘jaligi orqali 
to‘lab bergan jamoa a’zolari to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z daromadlaridan to‘laydigan 
bo‘ldilar. 
1993 yil 7 mayda O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy soliqlar va 
yig‘imlar to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilindi. Bunday soliqlarga jismoniy 
shaxslarning mol-mulk solig‘i, er solig‘i, kurort zonalarida ishlab chiqarish 
ob’ektlari qurish solig‘i, reklama solig‘i, avtomobil vositalarini qayta sotish solig‘i, 
transport vositalarini egalaridan soliq va 13 ta har xil yig‘imlar kiritildi. 
1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Korxonalar, tashkilotlar va 
birlashmalardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida"gi qonunga 1993 yil 7 mayda 
o‘zgarishlar kiritilib, chet el valyutasida olinadigan tushumdan ajratma joriy etildi. 
Respublika valyuta jamg‘armasiga ajratma dastlab 25%, keyinchalik 10% 
miqdorida belgilandi. Soliq tizimidagi islohotlarning birinchi bosqichida 
 
 
Birinchi 
bosqich



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin